23
Mahsulotni ko‘p miqdorli suyuqlikda (asosiy usulda),
yuqori bosim ostida,
pasaytirilgan issiqlik darajasida, bug‘ yordamida, oz miqdordagi suyuqlikda
qaynatib pishirish mumkin.
Asosiy usulda qaynatish.
Mahsulot idishga solinib, yuzasini qoplaguncha
suyuqlik qo‘yiladi. Bu usul qaynatma sho‘rva, suyuq oshlarni tayyorlash va
boshqalar uchun ishlatiladi. Qaynatib pishirishning ikki usuli bor. Birinchisida
baland issiqlik ta‘sirida suyuqlik qaynash
darajasiga yetkazilgach, issiqlik past
darajaga tushirilib, idish qopqoq bilan berkitilgan holda qaynatib tayyorlanadi.
Ikkinchisi suyuqlik qaynash darajasiga yetkaziladi va issiqlik energiyasini berish
to‘xtatilib, mahsulot suyuqlik tarkibidagi tushgan issiqlik hisobiga iste‘molga
tayyor holiga keltiriladi.
Yuqori bosim yoki past bosim yordamida qaynatish.
Yuqori bosim ostida
qaynatish natijasida qiyin pishuvchi mahsulotlarning tayyor bo‘lish jarayoni
tezlashadi (masalan, suyaklarni qaynatish). Lekin shuni unutmaslik kerakki, agar
taom yuqori darajada 115
- 130 S dan qattiq qaynatilsa, mahsulot tez tayyor holga
kelishi bilan birga uning sifati va ozuqali qiymati ma‘lum darajada pasayadi.
Taom
tayyorlanayotgan mahsulotni past bosimli vakuum apparatlarda qaynatish darajasi
100 S dan past bo‘lishi, uning sifatini va ozuqali qiymatini oshiradi.
Bug‘da qaynatish. Mahsulot maxsus bug‘ga pishiruvchi shkaf idishiga yoki
maxsus teshikli patnisga terilib, suvli idishga yoki bug‘ shkafiga shunday
joylashtiriladiki suv mahsulotga tegmasligi kerak. Idish qopqog‘i
yaxshilab
berkitiladi, mahsulot pishirila boshlaydi. Suv qaynashi natijasida hosil bo‘lgan
bug‘ mahsulotga tegishli natijasida suvga aylanib, o‘z issiqligini mahsulotga beradi
va suvga aylanadi. Bug‘da pishirilgan mahsulot o‘z shaklini saqlashi bilan birga
ozuqali qimmatini kamroq yuqotadi. Shu sababli parhez taomlarida bu usul
ko‘proq ishlatiladi.
Oz suyuqlikda qaynatish deb taomni mahsulotga nisbatan kam bo‘lgan
suyuqlikda (suvda, sutda, qaynatma sho‘rvada, mahsulot qaynatilgan suyuqlikda)
yoki o‘z selida qaynatib pishirishga aytiladi. Bu usul, asosan suyuqlik miqdori
24
ko‘p bo‘lgan mahsulotlarni pishirishda qo‘llaniladi.
Mahsulotga miqdoriga
nisbatan suyuqlik 1/3 miqdorda quyilib idish qopqog‘i yopiq holda pishiriladi.
Mahsulotning pastki qismi suvda pishsa, qolgan yarmi idish ichidagi bug‘
ta‘sirida maromiga yetadi. Ba‘zi bir mahsulot issiqlik ta‘sirida ajralgan o‘z
suyuqligida qaynatib pishirilishi mumkin.
Qovurish jarayoni o‘z ichiga mahsulot bilan yog‘ yordamida yoki yog‘siz
issiqlik ta‘sirida mahsulot yuzida maxsus qobiq hosil bo‘lishini oladi. Bunda
yuqori darajadagi issiqlik ta‘sirida mahsulot tarkibidagi organik moddalarda
o‘zgarishlar
hosil qilib, yangi moddalar paydo bolishida olib keladi. Mahsulotni
qovurish jarayonida uning tarkibidagi suyuqlik ma‘lum miqdorda bug‘ ko‘rinishida
yo‘qolib, uning ozuqali salmog‘i pishirilgan mahsulotga nisbatan ko‘proq
saqlanadi.
Asosiy
Do'stlaringiz bilan baham: