Paxtaobod tumani xalq ta’limi tasarrufidagi 10-umumiy o’rta ta’lim maktabida Ona tili va adabiyoti uslubiy birlashmasi a’zolari tomonidan 2021-2022 o’quv yilining 3- choragida olib borilgan ishlar
X I S O B O T I.
Xalq ta’limi vazirligining 2022 yil 10.01 dagi 06/02/1-68 sonli xatiga binoan umumiy o’rta ta’lim maktablarida qishki ta’til 11.01 da 24.01 ga uzaytirildi handa 2022 yil 21.01 dagi 03/03/1-111 sonli xatiga binoan 24.01.2022 dan 24.02.2022 gacha ta’lim olish onlayn shaklga o’tkazildi. Shu munosabati bilan ta’til kunlari ona tili uslubiy birlashmasi tomonidan o’qituvchilarning bilim , ko’nikma, malakalarini oshirish, sog’lomlashtirish, xorijiy tillar savodxonligini, AKT savodxonligini oshirish maqsadida reja va jadvallar asosida tizimli qo’shimcha mashg’ulotlar, mahorat darslari tashkil qilindi.
Fan uslubiy birlashmalarining yig’ilishlari tashkil qilinib unda ta’lim sifati va samaradorligini oshirishga qaratilgan mavzularda 18.01.2022 26.01.2022 4.02.2022 kunlari mahorat darslari o’tildi, nazorat test, ta’limiy o’yinlar banklari boyitildi. Uslubiy birlashma rahbari- Soliyeva Shaxloxon, ilg’or o’qituvchilar-Qosimova Gulbahorlar tomonidan Xalqaro baholash dasturlari- PIRLS, PISA larga tayyorgarlik yuzasidan trening mashg’ulotlari tashkil qilindi.O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 6 noyabrdagi ,, O’zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim – tarbiya va ilm fan sohalarini rivojlantirish chora- tadbirlari to’g’risida’’gi PQ-6108 – sonli qarorini ijrosi va taqg’iboti yuzasidan siyosiy o’qish o’tkazildi.Bu tadbirlar ijtimoiy tarmoqlarda yoritib borildi.
11-sinf o’quvchilarini OTMlarga tayyorlash maqsadida repititorlik mashg’ulotlari onlayn otib borildi.
Pedagoglarni navbatdagi va navbatdan tashqari attestatsiyadan o’tishlari uchun Ta’lim inspeksiyasinig tegichli saytlaridan ro’xatda o’tish va arizalarni topshirish ishlari tashkil qilindi.
Ta’limning onlayn shaklga o’tishi munosabati bilan har bir sinfning telegramm guruhlarining faoliyati kuchaytirildi. Ona tili va adabiyoti fani o’qituvchilarining onlayn darslarni o’quvchilarga yetkazishi, darslarning sifati, samaradorligi nazorat qilib borildi.
O’quvchilar va o’qituvchilarning Xalq ta’limi vazirligi, viloyat xalq ta’limi boshqarmasi tomonida tashkil qilingan o’layn fan olimpiadalari, tanlovlardagi ishtiroki va natijalari muntazam tahlill va monitoring qilib borildi.
7.02.2022 kundan maktabda karantin qoidalarga amal qilgan holda o'quv mashg'ulotlarimiz boshlandi. Maktab ona tili va adabiyot o'qituvchilari boshchiligida buyuk siymolar Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud sanalariga bag’ishlangan tadbirlar, ochiq darslar, tanlovlar tashkil qilindi. Chelenjlar tayyorlanib ijtimoiy tarmoqlarda yoriyib borildi. Jumladan, 9.02 kuni 8-9-sinf o'quvchilari ishtirokida ,,Buyuk ikki siymo" ,,So’z mulkining sultoni’’ mavzusida bayram tadbirlari, g’azalxonlik kechasi o'tkazildi. Tadbirga ona tili va adabiyot fan o'qituvchilari ham puxta tayyorgarlik ko'rishdi.
14.02 kuni shoh va shoir Z.M Bobur tavalludi kuni ham ko'tarinki kayfiyatda o'tkazildi. Bobomizning ijodiga bag’ishlangan mushoira kechasi, ,,Yurt sog’inchi’’ ,,Anda jonim qoldi mening’’ mavzularida bayram tadbirlari, ,,Bilimdonlar bellashuvi’’ o’tkazildi.
Xalq ta'limi tamonidan berib borilgan turli xil mavzularga- 5-6-sinflar o'rtasida diktant, 7-8-sinflar o'rtasida ijodiy bayon, 9-11-sinflar o'rtasida insholar tanlovlari tashkil qilindi. G’oliblar aniqlanib, rag’batlantirildi.
5-7, 8-11 – sinf o'quvchilari o'rtasida “Yosh kitobxon” tanlov ham o'tkazildi.
18-19.03.2022 kunlari ,,Yosh qalamkash" ,,Yosh tilshunos’’ to'garak a'zolari tomonidan ,, Yurtimga Navro’z muborak!",,Milliy qadriyatlarimiz’’ nomli tadbirlar
bo'lib o'tdi. Tadbirni ona tili va adabiyot uslubiy birlashma rahbari va a’zolari tomonidan qiziqarli va sermazmun tashkil qilindi.
3-chorak davomida ikki nafar ona tili va adabiyoti o’qituvchilari malaka oshirish o’quv kurslarida o’qish kelishdi. O’rgangan yangiliklarini ustozlar bilan o’rtoqlashdi, mahorat darslari o’tib berishdi.
Chorak oxirida 6-7-sinf o'quvchilaridan ona tili va adabiyot fanidan fanlarni
o’zlashtirish monitoring olinib o'quvchilarning bilim samaradorligi aniqlanib uslubiy birlashma yig’ilishida tahlil qilindi.3-chorakda amalga oshirildgan ishlar, otkazilgan ochiq darslar,yutuq va kamchiliklar tahlil qilinib 4-chorakda qilinadigan ishlar belgilab olindi.
10-maktab ,,Ona tili va adabiyoti fanlari
uslubiy birlashmasi rahbari: Sh. Soliyeva.
Do'stlaringiz bilan baham: |