Paxtaobod pedagogika kolleji


Uloqtirish va muozanat saqlash mashqlarining otkazish uslubi 2



Download 19,92 Mb.
bet205/298
Sana29.05.2022
Hajmi19,92 Mb.
#615573
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   298
Bog'liq
bol jismoniy tarbiyasi 2021

3. Uloqtirish va muozanat saqlash mashqlarining otkazish uslubi 2. To’pni yoki boshqa buyumni dumalatish, g’ildiratish, otish uloqtirishning tayyorlov formasidir. Otish ko’nikmasining rivojlanishi ikkinchi yarim yillikda, bolada o’yinchoqni tashlab yuborish va o’qinchoqni itarish malakasi paydo bo’lgan paytda boshlanadi. 9-10 oylikdagi bola endi to’pni tik turgan, karavot yoki manej gardishini tutgan holda pastga ota oladi. Otish ikkala qo’lda yoki o’ng va chap qo’l bilan alohida tarzda bajariladi. Otish yo’nalishi yuqoriga, yon tomonlarga, oldinga, gorizontal va vertikal nishonga tomon burilishi mumkin. Ikki yoshga to’lish oldida bolalarda otish paytida siltash elementlari paydo bo’ladi. Agar bolalarni chap qo’lda otishga maxsus, o’rgatilmasa, ularning ko’pchiligi asosan o’ng qo’l bilan otadilar. Bola 2,5 va undan katta yoshda harakatning to’g’ri texnikasini asta-sekin o’zlashtira boradi.
Kichik to’pni nishonga uloqtirish qiyinroq. Harakatning bu turida kuchni, nishonga bo’lgan uloqtirish masofasini va nishonni muvofiqlashtirish lozim. Bunday muvofiqlik uchun bola markaziy asab tizimini rivojlantirish, “muskul hissi”ning mavjudligi, ko’rish idrokining aniqligi, harakatlarni eslab qolish va qayta bajara olish talab etiladi.
3-4 yoshli bolalar uchun uzoqqa va nishonga otishda o’z holatiga befarqlik xosdir. 3-4 yoshdagi bolalarning juda kamchiligi to’g’ri dastlabki holatni egallay oladilar. Bu yoshdagi bolalar hali gavdalarini otadigan o’ng qo’l tomonga bura olmaydilar. Nishonni ko’zlab otishda bola nigohi faqat kerakli tomonga qaratiladi, holos. Nishonni ko’zlash vaqti 1 dan 3-4 sekundgacha bo’ladi. Bola kuchsiz siltaydi, otish kuchi va masofani o’lchash qiyin, shuning uchun ham bolalar faqat 1-1,5 m dangina nishonga tekkizadilar.
3-4 yoshli bolalar uchun to’pni yuqoriga otib ilish ham qiyinlik qiladi. Yuqoriga otishda 3 yoshga qadam qo’ygan bolalarning faqat 20 foizi, 4 yoshga qadam qo’yganlarning 37 foizi, 5 yoshga qadam qo’yganlarning 62 foizi, 6 yoshga qadam qo’yganlarning 94 foizi, 7 yoshga qadam qo’yganlarning 97 foizigina yo’nalishga rioya qila oladilar.
Bolalarning yoshi o’sishi bilan to’pni ilib olish malakasi takomillashib boradi: 3 yoshli bola to’pni biroz yuqoriga otib (20-25 sm) qo’lidan deyarli uzmay ilib oladi, 4 yoshdagi bolalarning 30 foizi ilib oladilar, bunda ularning 25 foizigina to’pni panjasi bilan ilib oladi. Besh yoshda bu ko’rsatgich 52 foizni, 6 yoshda 95 foizni va 7 yoshda 95,5 foizni tashkil etadi.
O’rta va katta guruhlarda uloqtirishga oid turli mashqlar (dumalatish, otish, ilib olish, uzoqqa va nishonga uloqtirish, to’rdan oshib otish) har kuni o’tkazilishi, to’p esa bolalarga erkin foydalanish uchun berib qo’yilishi lozim. Turlicha mashqlar qancha ko’p qo’llanilsa, bu murakkab harakat metodlarini shuncha yaxshi o’zlashtiradilar.
To’p bilan turli variantlarda o’tkaziladigan tizimli mashqlar asta-sekin bolalarga mos uloqtirish texnikasini hosil qiladi. Bolalar bog’chaga qatnash davrida dumalatish, g’ildiratish, to’pni otish va ilib olish, to’pni uloqtirish, uzatish, olib yurish, qaytarishning barcha turlarini, “to’p maktabi”ni o’zlashtirishlari lozim. Bolalar imkoniyatini kengaytirgan holda ularga ijodiy yo’sindagi topshiriq – to’p o’yinining yangi kombinatstiyalarini o’ylab topish tavsiya etiladi.
Xonada va maydonchada valeybol, basketbol, hokkey o’yinining ba’zi ko’nikmalarini egallash uchun halqa, to’p tashlagich, kegli, badminton, to’rlar, savatlarni bolalar ixtiyoriga berilishi kerak.


Download 19,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   298




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish