Ishlash sohasining havosi –bu ishlash sohasi joylashgan balandligi yerdan 2 metrgacha balandlikdagi muhitdagi havo fazoviy bo`shlig`i tushiniladi.
Mikroiqlim parametrlarini bir tekisda ushlab turishda kollektiv muxofaza vositalari bo`lgan:issiqlik ajralmalarini bir yerga jamlansh xonalarni umumiy ventillyasiyalash va kondisionerlash muhim rol o`ynaydi.
Konveksiya –makroskopik hajmdagi gazlar yoki suyqliklarning harakatlanishi yoki aralashishlari natijasida issiqlikning tarqalish hisoblanadi.
Issiqlikning nurlanishi –bu turli xil tolqin uzunliklariga ega bo`lgan atom va malekulalarning issiqlik harakatlanishlari natijasida yuzaga keluvchi elektromagnit tebranishlar tarzida tarqalishidan iborat. Malum bir sharoitda issiqlik ko`rsatib o`tilgan usullardan biri bo`yicha tarqalishi yoki majmuaviy holatida tarqalishi kuzatildi. Ishlab chiqarish inshooti ichki qismida turli xil manbalardan tarqaluvchi issiqlik inshootning ichki qismida mavjud bo`lgan havoning harorati o`garishiga olib keladi. Yuqori darajada issiqlik ajraluvchi issiqlik inshootlarida taxminan 2/3 qism issiqlik miqdori nurlanish tarzida tarqaladi, deyarli qolgan qismi esa konveksiya hisobiga amalgaa oshadi.
Atrof-muhit bilan insonlarninrg o`zaro issiqlik almashinuvi mikroiqlim parametrlariga bog`liq bo`lib ,harorat tabiiy sharoitda -80dan +60 °С gacha havo harakati 0 dan 100m/c gacha , atmosfera bosimi 680 dan 810 mm s.u o`zgaradi.
Termoboshqaruv deb,inson tanasining harortining o`zgarmas miqdorda ushlab turishini boshqarish jarayoniga aytiladi. Bu jarayon asosan uch xil yol bilan amalga oshadi: biokimyoviy, yani inson tanasidagi oksidlanish jarayoning intensivligini o`zgarishi natijasida ,qon aylanishi va ter chiqish intensivligini o`zgarishi natijasida ro`y beradi. тос=18 °С, φ = 60 %, w = О d inson o`z tanasidagi namlikni 18 % ter orqali yoqotsa, +27 °С bu korsatgich 30 % ni tashkil etadi .
Mikroiqlim arametrlari organizmdagi moddalar almashinuviga salbiy ta`sir qilmasa va termoboshqaruv tizimida kuchayganlik sezilmasa , bunday sharoit komfort yoki optimal sharoit deyiladi.
Ishlab chiqarishda mikriqlim meyorlari mehnat xavfsizligi standartlari bo`lgan
DST 12.1.005 88 “ishchi zona havosidagi umumiy sanitar-gigienik meyorlar”da qayd qilingan bo`lib, mikroiqlim ko`rsatgichlarining har qaysi yil fasliga , sovuq +10 °Сdan past va iliq +10 °С yuqori bo`lgan ,qiyinish xarakteiga ,ishlab chiqarishintensivligiga, yani organizimning energiya sarfiga qarab, yengil (I kategoriya) 174vt energiya sarflanadigan ishlar,o`rtacha o`rta og`irlikdagi ishlar (2kategoriya )175…232vt ,10 kg gacha yuk tashuvchi ishlar ,og`ir (3 kategoirya) 290 vt dan korxonalari ortiq energiya sarfi bolgan ishlar issiqlik ajralishiga ko`ra meyorlanadi. Issiqlik ajrlish intensivligiga ko`ra sanoat korxonalarining xonalari aniq ajraluvchi issiqlik bo`yicha guruhlanadi. Agar ajralib chiqayotgan issiqlik xonaning ichki hajmida 1 м3 maydonga 23 vt bo`lsa ,normal holat hisoblanadi. Texnologik uskunalarning yuzalarining isishi natijasida ishlovchilarning issiqlik nurlanish miqdorining intensivligi 35 Вт/м2 dan oshmasligi kerak.
Agar ishlab chiqarish korxonalari binolarida 1 м3hajimda 20kkal dan ortiq issiqlik ajralib chiqadigan bolsa bunday binolar issiq deyiladi. Undagi meyorlar albatta namlik va harakati oshishi natijasida amalga oshadi.
Ochiq issiqlik manbaida (metallning qizishi, shisha eritishda alangada) intensivligi 140 vt/m2 dan oshmasligi kerak.
12.1.005.- DSTko`ra ishlab chiqrish korxonalarining ish zonasida optimal va yo`l qoyilgan mikroiqlim sharoitlari ornatilishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |