Paxta tolasini ajratish, bu jinlarda tolani chigitdan ajratish jarayoni



Download 2,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/16
Sana01.06.2022
Hajmi2,37 Mb.
#628451
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
15-маъруза (пахта)



Paxta tolasini ajratish, bu — jinlarda tolani chigitdan ajratish jarayoni 
xisoblanadi.
Jinlar ishchi organning konstruktsiyasiga ko’ra, arrali va 
valiklilarga bo’linadi. Tola ajratishdan maqsad talab etilgan unumdorlikda 
maqbul sifatli va eng ko’p tola chiqarishga erishishdir.
CHigitli paxta quritish-tozalash va tozalash tsexlarida konditsion 
namlikkacha quritilib, xas-cho’plardan tozalangandan keyin zavodning bosh 
korpusiga jinlash uchun yuboriladi. Jinlash paxtani dastlabki ishlash texnologik 
protsessining asosiy operatsiyasi hisoblanib, bunda paxta tolasi chigitidan 
ajratiladi. Jinlash protsessi chigitli paxtaning tolasini chigitdan mexanik kuch 
bilan ajratishdan iborat. Tolaning chigit bilan bog’lanish kuchi yakka tolaning 
uzilish kuchiga qaraganda 2...3 marta kam bo’lgani uchun jinlash protsessida 
o’zining tabiiy xususiyatlarini (uzunlik, ingichkalik, pishganlik darajasi,
uzilish kuchlari va h.k.) saqlagan holda tubidan uzilib, chigitdan ajralib chiqadi. 
Ingichka tolali paxta tolalarining chigit bilan bog’lanish kuchi o’rta tolanikidan 
ancha kam va ularni tukli sirtlarga ishqalanish kuchi hisobiga ham chigitdan 
ajratib olish mumkin. SHuning uchun ingichka tolali paxtalar tolasi chigitidan 
valikli jinlarda va o’rta tolali paxtalarning tolasi esa arrali jinlarda ajratiladi. 
Valikli jinlarning asosiy ish organi valik bo’lib, uning tukli sorti ingichka tolali 
paxta tolasining sifatiga zarar yetkazmaydi. Arrali jinlarda ish organi sifatida arrali 
disklardan terilgan tsilindr xizmat qiladi, bu jinda tolani chigitdan ajratish uchun 
arrali disklar bilan kolosnikli panjara birgalikda ishlaydi. Bularning paxtaga 
birgalikda ta’siri tola bilan chigitning sifatiga salbiy ta’sir qilishi ham mumkin. 
Arrali jin kamerasida chigitli paxta valigi hosil bo’ladi. Ingichka tolali paxta
arrali jinda ishlansa tolalar valikda kuchli gajaklanib, ularda nuqsonlar paydo 
bo’ladi.
CHigitli paxtani jinlashda quyidagi texnologik talablar bajarilishi 
lozim: chigitlardan yigirishga yaroqli tolalarning hammasini ajratish, jin ish 
organlarining tolaga ta’siri natijasida tola va chigitda nuqsonlar paydo bo’lmasligi; 
chigitli paxta bo’lakchalari jindan chiqayotgan tola yoki chigitga qo’shilib 
ketmasligi; o’luk va iflos aralashmalardan tozalash effekti yuqori bo’lishi; 
chiqayotgan chigitning tukliligini va o’lukdagi tola
miqdorini rostlash 
imkoniyati bo’lishi kerak.
Jinlash protsessida tolani iflosliklardan qisman tozalash va toladan o’lukni 
ajratish
bilan birga quyidagi nuqsonlar paydo bo’lishi mumkin: chigit 
po’chog’ining bo’lakchasi yopishgan tolalar, uzilgan va shikastlangan tolalar
tugunchalar, buralib qolgan tolalar, gajaklar, puch chigitlar. Jinlash nuqsonlarini 
paydo qilmaslik uchun jinlarni va boshqa mashinalarni texnologik talablarga 
muvofiq ishlatish va ularni doim durust holda saqlash kerak.



Download 2,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish