1-rasm. CHigitni yumshoq uruvchi urish qismli valikli jinlash sektsiyasi.
XDV-2M va DV valikli jinlar shu printsipda ishlaydi. Aylanuvchi urish organli
valikli jinlarning ish unumi XDG markali jinlarnikidan ancha yuqori. Yumshoq uradigan
urish organli jinlarning asosiy kamchiligi shundaki, amortizatorning ish muddati qisqa
bo’lib, tolasi chigitga qattiqroq yopishgan yangi paxta navlarini jinlashda
bolg’achalarning urish kuchi oshirilganda chigit ortiqcha shikastlanadi.
Valikli jinning qattiq urish organining yumshoq urish organidan farqi shundaki (2-
rasm), bu organ tsilindr shaklida bo’lib, uning sirtiga po’latdan yasalgan urish plankalari
qattiq o’rnatilgan.
Qattiq o’rnatilgan urish organi valigining aylanish chastotasi urish organi yumshoq
urish valigining chastotasidan deyarli uch marta kam. Aylanish chastotasining ancha kam
bo’lishiga sabab shuki, bir urishda chigitdagi tolalarning hammasi uzilmay faqat tarang
tortilganlari uzilgani uchun chigitga ta’sir qiladigan kuch ham kichik bo’ladi. Qattiq
urish organining foydali tomoni ham shundadir.
2-rasm. CHigitni qattiq uruvchi urish qismli valikli jinlash sektsiyasi:
1 — ish valigi;
2
— plankali urish qismi; 3
— qo’zg’almas pichoq.
XDVM valikli jinning printsipial sxemasi va ish qismlarining o’zaro bog’lanish
sxemasi 3- rasmda keltirilgan.
Bu jinda aylanma harakat qiladigan yumshoq urish organi o’rnatilgan bo’lib,
chigitlar qo’zg’almas pichoq qirrasi oldida urib tushiriladi. Jinlash protsessi quyidagicha
bajariladi; jinlar batareyasiga beriladigan chigitli paxta shaxta
1
larga taqsimlanadi.
SHaxtani to’ldirib turgan chigitli paxta bir-biriga qarshi aylanib turgan ta’minlovchi
valiklar
2
qoziqchalari bilan chigitli paxta bo’lakchalarini bir tekisda olib, qoziqchali
titkilash barabani
3
ga uzatadi, bu baraban chigitli paxtani yaxshilab titkilab, to’rli sirt 4
ustidan sudrab olib o’tganda chigitli paxtadan mayda xas-cho’plar ajralib chiqadi. Keyin
chigitli paxta qiya o’rnatilgan to’rli sirt
5
ga tashlanib, undan ignali baraban
6
ga
uzatiladi. Ignali baraban o’zining ignalari bilan chigitli paxta bo’lakchalarini ilib olib
tezlatuvchi baraban
8
ga yetkazib, undan ish valigi
9
bilan unga qarshi aylanuvchi urish
valigi
10
zonasiga otib beradi. CHigitli paxtani tekislab turuvchi valik
7
ortiqcha
kelayotgan paxta bo’lakchalarini ignali barabandan qaytarib tushiradi. Ish valigi sirtida
tuklari va spiralsimon ariqchalar bo’lgani uchun tolalarni o’ziga kuchli yopishtirib oladi
va ularni qo’zg’almas pichoq
11
ostiga tortib kiritadi. CHigitli paxtadan to’rli sirtlar
4
va
5
orqali ajratilgan mayda xas-cho’plar maxsus konveyer bilan mashinadan tashqariga
chiqariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |