13-rasm. 5 DP-130 rusumli paxtani jinlash mashinasi.
Xom ashyo
valigining aylanish tezligi, arrali tsilindrning
aylanish tezligiga
qaraganda bir necha marta kam bo’ladi.
Agarda xom ashyo valigining bosimi faqat arrali tsilindrning
tishlariga tushgan
holdagina, uning tezligi arralar tezligiga teng bo’lar edi.
Haqiqatda esa,
uning bosimi
kameraning ichki devorlariga ham tushganligi uchun bu yerda
ishqalanish kuchlari hosil
bo’lib, ular paxtaning aylanishiga qarshilik ko’rsatganligidan
xom ashyo valigining
aylanishiga qarshilik ko’rsatganligidan xom ashyo valigining
aylanish tezligi arrali
tsilindrning aylanish tezligidan ancha kam bo’ladi. Ish kamerasining devorlariga bo’lgan
bosim xom ashyo valigining zichligiga bog’liq. Xom ashyo valigi qancha zich bo’lsa,
normal bosim ham shuncha katta bo’ladi.
Xom ashyo valigining zichligi esa ta’minlagichdan tushayotgan chigitli paxtaning
va xom ashyo kamerasidan chiqayotgan chigitlarning miqdoriga bog’liq.
Xom ashyo
valigining aylanish tezligi ish kamerasining ko’ndalang qirqimidagi har xil zonalarida har
xil bo’ladi.