Pasttekislik hududlarida yillik yog`ingarchilik miqdori 120 200 mm, cho`l hududlarida 1000 mm gacha yetadi.[7]



Download 446,39 Kb.
bet1/2
Sana23.07.2022
Hajmi446,39 Kb.
#844837
  1   2
Bog'liq
Kurs ishi na`muna


Kirish.
O`zbekiston iqlim sharoitlari juda yaxshi taqsimlangan o`lka.O`zbekiston iqlimi issiq, quruq, keskin kontinental. Respublika shimoli mo`tadil, eng janubi subtropik mintaqalarga kiradi. Quruq ob-havo,issiq va yorug`likning ko`pligi yil davomida quyosh tepada turishi bilan harakterlanadi. Kunning uzunligi yozda -15soat,qishda kamida 9 soat. Mintaqadagi kunduzgi va tungi, yozgi va qishki havo harorati keskin farqlidir. Yillik havo harorati sezilarli darajada yuqori. Bahor va kuz fasillarida yog`ingarchilik ko`p bo`lganligi sababli o`rtacha nisbiy namlik miqdori 30 – 40 % gacha ko`tariladi.
Pasttekislik hududlarida yillik yog`ingarchilik miqdori 120 – 200 mm, cho`l hududlarida 1000 mm gacha yetadi.[7]
Loyihalanayotgan ob’yekt paketini tanlayotganda mavsum albatta inobatga olinishi shart. O`zbekiston uchun iliq qish va uzoq davom etdigan jazirama yoz xos. Eng sovuq oy-yanvar. Dekabrda o`rtaacha harorat shimolda 8 daraja va noyabrda 0 daraja,lekin ayrim kunlari mamlakat shimolida sovuq - 25 darajaga yetadi va undan oshadi. Eng issiq oy –iyul.Yozda o`rtacha +25 darajadan oshadi,ayrim kunlari 45 darajaga yetishi va undan oshishi mumkin.Yubka-shimni kiyish uchun eng maqbul oylar bahorning aprel,may oylari yoz faslida kiyish uchun tavsiya etiladi.O’smir qizlar yubka shimini yoz fasliga tavsiya etiladi.Shim uchun tanlangan mos kelishi kerak.Yoz fasliga ko`proq yupqa materiallardan foydalanish maqsadga muvofiq.
O`smir qizlar yubka shimi uchun tanlab oingan gazlama shtapel materiallarni tanlab oldim.Shtapel gazlamalari sun’iy va sintetik shtapel tolalardan to`qilishi mumkin.Shtapel gazlamalarining ko`pchiligi vizkoza tolalardan to`qiladi.Atsetat triatsetat va sintetik shapel tola vizkoza shtapel tolalarga yoki paxtaga aralashtiriladi.Sintetik shtapel tolalar qo`shish natijasida gazlamalarning qayishqoqligi, to`zishga chidamliligi ,jundorligi oshadi va shaklini yaxshi saqlaydigan bo`ladi.
Shtapel gazlamalarning tandasi arqog`iga shtapel kalava ip yoki sistemalardan biriga kompleks iplar ishlatiladi.Shimlik shtapel gazlama eni 150 sm, tarkibi 100% viskoza . 1 m2 gazlamaning massasi 100 gramm.
Konfeksiyalashuv deganda, nafaqat aniq bir buyum uchun materiallar paketini o`zaro tanlash jarayoni, balki uning sifatini aniqlaydigan xususiyatlarni oldindan aytib berish imkoniyati ham tushuniladi. Ushbu jarayon «inson - kiyim - atrof- muhit» ko`p funksiyali tizimida masalaning aniq muqobil echimini izlashdagi maksimal miqdordagi omillarni hisobga olishni nazarda tutadi.
Materiallarni tikuv buyumlari paketiga olish konfeksiyalashuvning asosiy tamoyili - kiyimlarga bo`lgan umumiy talablar bilan aniqlanadi. Kiyim va uning asosiy xususiyatlariga bo`lgan talablar mahsulotning turiga (pal’to, kostyum, ko`ylak v.b.), va uning maqsadiga ko`ra belgilanadi (erkak, ayol va bolalar pal’tosi, qishki va yozgi ayol va bolalar ko`ylagi v.b.) [7]
Insonning kiyimi uning tana yuzasi bilan doimo o`zaro ta‘sirda bo`ladi. Biror bir kiyimni kiygan vaqtida odamda issiqlik, salqinlik, sovuqlik, qulaylik va h.k. kabi hissiyotlar paydo bo`ladi. Bunday hollarda kiyim iqlim ta‘siridan inson uchun nafaqat himoya vositasi bo`ladi, balki tana atrofida sun‘iy mikroiqlimni ham yaratadi. Ushbu mikroiqlimning asosiy xususiyatlari bu - harorat, havoning nisbiy namligi va tarkibida karbonat kislota bo`lishidir (terini normal nafas olishi). Bu xususiyatlarlar asosan kiyimga bo`lgan tabiiy-gigienik talablarni o`zida aks ettiradi.
Kiyingan odam tanasining yuzasidagi muqobil havo harorati uning tabiiy faoliyatigabog`liq bo`ladi. Mutaxassislarning hisoblashicha, tinch holatida (o`tirgan holatda) kiyingan odam uchun tana yuzasi haroratining 30-33°C bo`lishi nafaqat qulaylik balki yaxshi kayfiyatni ham paydo qiladi (og`ir jismoniy mehnat qiladigan inson uchun 15°C).
Bunday tana harorati inson organizmi va atrof-muhit orasidagi issiqlik muvozanati natijasida o`rnatiladi, u esa inson organizmidagi issiqlik chiqarish miqdorining - issiqlik chiqarish - issiqlik qaytarilishiga muvofiq bo`ladi.
Issiqlik qaytarishning har xil turi - o`zaro nisbati doimiy emas, u harorat, tashqi muhit havosining harakatlanishi, inson faoliyati turi va h.k.larga qarab o`zgarib turadi. Shunday qilib, libos matosi orqali issiqlik uzatib turiladi, ayniqsa, issiq o`tkazuvchanlik, havo qatlamlarida hamda libosning tashqi yuzasida issiqlikning tarqalishi va konvektsiya yo`li bilan amalga oshiriladi. Yuqori tashqi harorat hamda og`ir jismoniy mehnat bajarish natijasida issiqlik qaytarilishi bug`lanish orqali ortib boradi.[7]
Libos ostida havoning nisbiy namligi (inson tanasi yuzasi va materiallar paketining pastki qatlami orasida) 35-60%ni tashkil etadi. Namlik teri yuzasidan atrof-muhitga doimiy ravishda o`tib turadi. Normal sharoitda inson mehnat qilayotganda hamda xotirjam holatda, tashqi havo harorati va libosga muvofiq holda teridan chiqadigan namlik libos matosi orqali shimilib ketadi, keyin esa atrof-muhitga bug`lanadi va tana quruq bo`lib qoladi. Libosning matosi va tuzilishi shunday tanlanishi kerakki, turli haroratda libos tagida ko`rsatilgan namlikni saqlash, tashqi muhit havosi namligi hamda teridan ter chiqarish darajasini ta‘minlab turishi zarur.
Uzluksiz ravishda teri uglekislota chiqaradi va kislorod qabul qiladi (bu terining nafas olishi deb ataladi). Inson terisi nafas olishining normal darajasi, insonning normal hayot faoliyati sharoitida zarur hisoblanadi.
Libos osti qatlamidagi havoda ugleksilota tarkibi 0,8%dan oshmasligi lozim, chunki bu inson salomatligiga salbiy ta’sir etishi mumkin.
Tashqi havoning yuqori haroratida, qizg`in mehnat, yugurish yoki juda tez yurish, shuningdek juda issiq libos kiyish natijasida tanada qizish holati yuz beradi va teri yuzasidan nafaqat bug`, balki ter ko`rinishidagi suyuqlik tarzidagi tomchi - namlik ajralib chiqadi. Ushbu namlikni tana yuzasidan shimib olish uchun libos yuqori gigroskopik holatda bo`lishi lozim. Libosni loyihalashtirishda ko`pter chiqarishning oldini olishda turli sharoitlar uchun yaxshi ko`rsatkichdagi mikroiqlimli libos yaratish uslublarini bilish zarur.

Download 446,39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish