Tarbiyaviy: O`quvchilarni bilimini oshirib boorish. Mustaqil o`qishga qiziqtirish.
Rivojlantiruvchi: O`quvchilarda hikoya qilib berish sifatlarini oshirib borish.
O`quv jarayoniga oid kompetensiya: TK4 - maktabda, oilada bo‘layotgan jarayonlarda ishtirok etish; odobli bo‘lish, kattalarni hurmat qilish. TK5 - milliy bayramlar va urf-odatlarni tushuna olish. FK2- o‘qilgan asar mazmuniga doir savol va topshiriqlarga javob bera oladi;
Dars shakli: Yangi bilim beruvchi.
Dars metodi: Suhbat, mashq.
Dars jihozi: Mavzuga oid plakatlar, Alisher Navoiy portreti, hikmatli so'zlari yozilgan plakatlar.
Darsning borishi.I.Tashkiliy qism : Salomlashish, davomotni aniqlash, sinf tozaligini tekshirish, navbatchi ishini baholash.
II.O`tgan mavzu yuzasidan savol javob o`tkazish va o`tilgan mavzuni mustahkamlash:
— Bo'lalar, sizga ertak qahramonlaridan kirn yoqdi? Nima uchun?
— Qaysi qahramonni yoqtirmadingiz? Nima uchun?
III . Yangi mavzuning bayoni.
O'qituvchi:
— Bo'lalar, biz o'tgan darslarda ajdodlarimizdan kimni o'rgandik?
— Amir Temur bobomizni.
— U kishi kim bo'lgan ekanlar?
— Buyuk sarkarda bo'lganlar.
— Amir Temur haqida qaysi rivoyatni o'rgandik?
— Kabutarlarni asraganlari haqidagi rivoyatni.
— Safarga jo'nash oldidan Amir Temur nima qildi?
— To'rt navkarini qoldirdi.
— Amir Temur nega bunday qildi?
— Jonivorlarga hech kim xalal yetkazmasligi uchun shunday qildi.
O'qituvchi bolalar javoblarini umumlashtirib, Jonivorlarga xalal yetkazmaslik, tabiatni asrab avaylash insonlarga foydali ekanligini tushuntirib, bolalarda tabiatga mehr uyg'otadi.
Amir Temur o'gitlaridan qaysilarni bilishlari so'raladi.
Amir Temur do'stlik haqida nima degan ekanlar?
Aql va adolat haqidagi hikmatli so'zlarini yoddan ayting.
Hikmatlarning mazmuni so'raladi.
— Bugun biz ajdodlarimizdan yana bir kishi bilan tanishamiz.
2. Xattaxtaga Alisher Navoiyning rasmi ilinadi. Bolalardan o'qituvchi so'raydi:
— Bu kishi kim bo'ladilar? Bilgan o'quvchilar aytadi, bilmagan o'quvchilarga o'qituvchi yordam beradi.
3. O'qituvchi Alisher Navoiy haqida, uning tug'ilgan yili, oyi, oilasi haqida ma'lumot beradi. U kishining dovrug'i olamga ketganligi, u o'zining g'azallari va bir qancha kitoblari bilan mashhurligini aytadi. (Imkoni bo'lsa Alisher Navoiy haqidagi kinofilmdan foydalaniladi.)
4. Alisher Navoiy haqidagi matnni o'qib beradi, o'quvchilar diqqat bilan tinglaydilar. Savol-javob asosida matn mazmuni tushuntiriladi. Alisher Navoiyning yoshligi haqida qiziqarli qilib gapirib beradi.
5. O'qituvchi: Bolalar, Alisher Navoiy bizga juda ko'plab she'rlar yozib qoldirish bilan birga bir qancha hikmatli so'zlarni ham yozib qoldirgan. Biz bugun ularni o'rganamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |