Yarim diametral marshrutlar shahardagi ikki tuman markazlarini o'zaro bog'laydi.
Halqasimon marshrutlar aylana yoki berk siniq chiziqdan iborat bo'lib, shaharning o'zaro aloqaga muhtoj tarqoq nuqtalarini birlashtiruvchi marshrutdir.
Tangentsial marshrutlar shaharning ayrim tumanlarini markazga kirmay o'zaro bog'laydi.
Aralash marshrutlar yuqorida keltirilgan marshrutlarning bir necha elementlarini o'zx ichiga oladi.
Diametrial marshrutlar davomida avtobuslar iloji boricha bir xil miqdorda passajirlar bilan to'lishi maqsadga muvofiqdir. Agar ular passajirlar bilan tekis yuklanmasalar transport vositalaridan notekis foydalaniladi. Bunday kamchiliklarni oldini olishlik maqsadida diametrial marshrutlarini boshqa marshrutlarlarga qo'shib boriladi. Masalan, passajirlar ko'p bo'laklarga yordamchi radial marshrut tashkil etish bilan notekis yuklanishini oldini olish mumkin.
Ishlash vaqtlariga ko'ra marshrutlar doimiy va vaqtinchalik bo'lishi mumkin. Doimiy marshrutlarda yil davomida va haftaning barcha kunlarida transport vositalari bir xil miqdorda qatnaydi. Vaqtinchalik marshrutlar esa muayyan mavsumda yoki zaruratga ko'ra tashkil qilinishi mumkin.
Odatda, har bir avtobus marshrutiga tartib raqami beriladi. SHahar marshrutlariga 1 dan 99 (yirik shaharlarda 199) gacha, shahar atrofi marshrutlariga 101 dan 199 gacha (201 dan 299 gacha) va shaharlararo marshrutlarga keyingi sonlar tartib raqami beriladi. Marshrutdagi harakatlarga ko'ra ularni oddiy tezlashtirilgan yoki ekspress rejim bilan harakatlanuvchilarga bo'lishi mumkin.
Avtobus marshrutlari sifat ko'rsatkichlari. Avtobus marshrutlari harakatini tashkil etishdagi passajirlarga xizmat ko'rsatish darajasi va transport vositalaridan foydalanish samaradorligini belgilovchi asosiy sifat ko'rsatkichlariga qo'yidagilar kiradi: harakat intervali, salon sig'imining to'lganlik koeffitsienti, passajirlar almashish koeffitsienti va ularning o'rtacha qatnov masofasi.
Marshrutning bog'lanish punktidan to so'nggi to'xtov punktigacha avtobus yurishi qatnov (reys) deb ataladi. Avtobus marshruti bo'yicha ikkala yo'nalishidagi qatnovi, ya'ni avtobusning boshlang'ich punktidan so'nggi punktigacha borib, yana boshlang'ich punktgacha qatnovi aylanma qatnovi (reys) deb ataladi. Odatda avtobuslar yo'nalish davomida o'z sig'imlariga nisbatan 1,3-1,6 marta ko'proq passajirlar tashiydilar.