Zaruriyat hashamatga qarshi.
Zaruriyatga bo`lgan talab odatda noelastik
bo`ladi, lekin hashamat elastik talabga ega. Shifokorlarga tashrif buyurish narxi
oshgan vaqtda, odamlar ular bilan uchrashish sonini keskin kamaytirmaydi. Lekin
yelkanli qayiq narxi oshsa, unga bo`lgan talab sezilarli darajada pasayadi. Chunki
odamlar shifokorga zaruriyat uchun borishadi, yelkanli qayiq esa hashamat
hisoblanadi. Albatta, tovarlarning zaruriyat yoki hashamat ekanligi ularning ichki
xususiyatlariga bog`liq emas, balki xaridorlarning xohishiga bog`liq. Sog`lig`iga
kamroq munosabatda bo`lgan dengizchi uchun yelkanli qayiq talab elastikligiga
ega bo`lgan zaruriyat bo`lishi
mumkin va shifokorga borish elastik talabga ega bo`lgan hashamat bo`lishi
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |