O`rin bosuvchi tovarlarning mavjudligi. O`rin bosuvchi tovarlar ko`proq
elastik bo`ladi, chunki xaridor uchun bu tovardan boshqa tovarga o`tish ancha
oson. Masalan, saryog’ va margarin oson o`rin almasha oladi. Saryog’ narxining
kichik miqdorda o`sishi margarin narxiga e’tiborimizni qaratadi va sotib olinadigan
saryog’ miqdorining kamayishiga sababchi bo`ladi.
Teskari ravishda, tuxumning o`rin bosuvchisi bo`lmaganligi sababli tuxum
uchun talab saryog’nikiga qaraganda deyarli elastik emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |