1.3.Mikroiqtisodiyotning ahamiyati
Mikroiqtisodiyotning ahamiyati alohida tadbirkorlar, korxonalar, uy
xo`jaliklari, oddiy fuqarolar faoliyatida zarur.
Amalda bizning asosiy mahsadlarimizdan biri xo`jalikka oid qarorlarga
kelinganda qanday qilib mikroiqtisodiyot tamoyillari qo`llanishini ko`rsatishdan
iboratdir.
Mikroiqtisodiyotning
amalda
qo`llanishini
ko`rsatuvchi
jahon
amaliyotida yuz bergan misolni keltiramiz.
Korporatsiya darajasida bir qarorga kelish. 1985 yilning oxirida «Ford»
oldingi g’ildiraklari tortadigan va samarali aerodinamik shaklga ega bo`lgan
«Tauras» nomli yangi avtomobil modelini bozorga taqdim etdi. Mashina katta
muvaffaqiyatga ega bo`ldi va 1987 yilga kelib «Ford» foydasini deyarli 2 marta
ko`paytirdi. Bu mashinaning dizayni va samarali ishlab chiqarilishi muhandislik
tafakkurining eng yangi yutuqlarini qo`llash bilan bog’liq edi, u ancha-muncha
iqtisodiy masalalarga ham daxldor bo`ldi. Firma menejerlari yangi dizayn
xaridorlar tomonidan naqadar ma’qullanishini tushunib yetishlari kerak edi.
Iste’molchilarni mashinaning texnik tavsiflari va tashqi ko`rinishi qoniqtiradimi?
Dastlabki talab qancha bo`ladi, u vaqt o`tishi bilan qanday o`zgaradi va bunga
avtomobilning narxi qanday ta’sir etadi? Iste’molchilarning talab-ehgiyojini
o`rganish, yangi mashinaga bo`lgan talabni prognozlash, mashina narxi
o`zgarganda unga talabning o`zgarishi «Tauras» dasturining muhim qismini tashkil
etdi. So`ng «Ford» model qiymatini belgilashi kerak edi: ishlab chiqarish
xarajatlari va ularning yiliga qancha mashina chiqarilishiga qarab o`zgarishini
aniqlash zarur edi. Shuningdek, kasaba uyushmasi bilan ish haqining miqdori
to`g’risidagi muzokaralar natijasi, po`lat va boshqa xom ashyolar narxi ham
hisobga olinishi kerak edi. Ishlab chiqarishda tajriba ko`paygan sari ishlab
chiqarish xarajatlarining pasayish miqdori va tezligini ham tahlil etishga to`g’ri
keldi. Bu ma’lumotlar maksimal foydani qanday olish mumkin, buning uchun
yiliga qanday miqdorda mashina chiqarishni rejalashtirish kerak, degan savollarga
11
javob topish uchun talab qilinar edi. «Ford» narx shakllantirish strategiyasini ishlab
chiqishi kerak edi, bundan tashqari raqobatchilarning bu strategiyaga qanday javob
berishini ham chamalab ko`rishiga to`g’ri kelar edi. Masalan, mashinaning
dastlabki «yengillashtirilgan» modeliga past narx, lekin uning gidravlik boshqarish
tizimi bor, havo konditsioneri mavjud individual modelga esa yuqori narx qo`yish
kerakmi? Yoki mashinalarni «standart» qilib ishlab chiqarish va ularning jamiga
ancha yuqori narx belgilash yanada qulay bo`ladimi? Bunga GM («General
motors) va «Kraysler» kabi raqobatchilar «Ford» qo`ygan narxdan qatiy nazar,
qanday javob qaytaradilar? GM va «Kraysler» o`z mashinalari narxini tushirish
orqali «Ford»ni ham narxni tushirishga majbur etadimi? «Ford»ning ham narxni
pasaytirishga harakat qilishi xavfi GM va «Kraysler»ning narxlarni pasaytirishdan
tiyib tura oladimi? «Tauras» dasturi yangi ishlab chiqarish uskunalariga katta
kapital qo`yishni talab qilgan, kompaniya esa bu bilan bog’liq riskka va uning
kutilayotgan oqibatlariga baho berishi zarur edi. Riskning bir qismi benzinning
bo`lg’usi narxi aniq bo`lmasligi bilan (benzinning yuqori narxi kam litrajli
mashinalarga talabni oshirib yuboradi), riskning boshqa qismi esa firma
ishchilariga beriladigan ish haqi miqdorining aniq bo`lmasligi bilan bog’liq edi.
Agar neftning jahon bozoridagi narxi 2—3 marta oshsa yoki hukumat benzinga
yangi soliq joriy etsa nima bo`ladi? Kasaba uyushmalari ish haqi to`g’risidagi
muzokaralarda naqadar kuchlilik qiladi va bu ish haqi miqdoriga qanday ta’sir
etadi?
Kapital qo`yish haqida qarorga kelinganda bu savollarga javoblarning
noaniqligini qanday hisobga olish kerak? «Ford» birlashgan firma bo`lib ma’lum
tashkiliy muammolarni ham hal etishi kerak edi, chunki uning bir bo`linmasi
mashina ayrim qismlarini ishlab chiqaradi, boshqalari esa yig’ish bilan
shug’ullanadi. Turli bo`linmalar menejerlariga mukofot puli ajratilishi ham kerak.
Avtomobilni yig’uvchi bo`linmalar boshqa bo`linmalardan oladigan dvigatellarga
qanday narx qo`yishi lozim. Hamma detal va qismlarni o`z zavodlaridan olish
kerakmi yoki ulardan ba’zilarini tashqaridan olish ma’qulmi? Nihoyat, «Ford» o`z
faoliyatida hukumat va qonun chiqaruvchi idoralarning talablarini hisobga olishi
12
kerak. Masalan, avtomobilning yangi modeli tashqi muhitga chiqaradigan gazlar
federal me’yor, eng ko`p deganda, yo`l qo`yilgan darajadagi kontsentratsiya
talabiga javob berishi zarur bo`ladi, mashinalarni uzluksiz yig’ib borish esa
xavfsizlik texnikasi va mehnatni muhofaza qilish qonunlariga mos kelishi kerak
edi. Mazkur qoida va me’yorlar vaqt o`tishi bilan o`zgarishining eng ko`p ehgimoli
qanday? Bular kompaniyaning xarajatlari va daromadlariga qanday ta’sir eta
oladi?
3
Do'stlaringiz bilan baham: |