I. A. Bakieva, X. S. Xadjaev, M. Z. Muhitdinova., Sh. Sh. Fayziyev. Mikroiqtisodiyot



Download 3,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet340/384
Sana30.12.2021
Hajmi3,77 Mb.
#98806
1   ...   336   337   338   339   340   341   342   343   ...   384
Bog'liq
Mikroiqtisodiyot oquv qolanma 2017 8db24-1-427

Kouz teoremasi 

Tashqi  ta’sirlarni  hal  qilishda  xususiy  bozor  qanchalik  samarali?  Mashhur 

natija,  iqtisodchi  Ronald  Kouz  nomi  bilan  ataluvchi  Kouz  teoremasi,  uning  ba'zi 

hollarda juda samarali bo`lishi mumkinligini aytadi. Kouz teoremasiga ko`ra, agar 




 

395 


xususiy  partiyalar  hech  qanday  harajatsiz  resurslarni  taqsimlash  ustida 

savdolashishi  mumkin  bo`lsa,  unda  xususiy  bozor  har  doim  tashqi  ta’sir 

muammosini hal qiladi va resurslarini samarali taqsimlaydi. 

Kouz teoremasi qanday ishlashini ko`rish uchun, bir misolni ko`rib chiqaylik. 

Dikning Spot nomli iti bor deylik. Spot huradi va Dikning qo`shnisi Jeynni bezovta 

qiladi.  Dik  itga  egalik  qilishdan  manfaatdor,  lekin  it  Jeynga  salbiy  tashqi  ta'sir 

ko`rsatadi.  Dik  Spotni  umumiy  itlar  joyiga  yuborishga  majbur  qilinishi  kerakmi, 

yoki Jeyn Spotning hurishi sabab uyqusiz tunlardan qiynalishi kerakmi? 

Avvaliga  qaysi  natija  ijtimoiy  samarali  ekanligini  ko`rib  chiqaylik.  Ikki 

muqobil variantni hisobga olib, ijtimoiy planner, Dikning itdan oladigan foydasini 

Jeynga  it  hurishidan  ketadigan  harajatni  solishtiradi.  Foyda  harajatlardan  ko`proq 

bo`lsa,  Dik  itni  olib  qolishi  va  Jeynning  it  hurishiga  chidab  yashashi  samarali 

bo`ladi.  Lekin  agar  harajat  foydadan  yuqori  bo`lsa,  unda  Dik  itdan  xalos  bo`lishi 

kerak. 


Kouz teoremasiga ko`ra, xususiy bozor samarali natijani o`zi topadi. Qanday? 

Lola  shunchaki  itdan  qutilish  uchun  Dilshodga  to`lash  taklifini  qilishi  mumkin. 

Lola  taklifidagi  pul  miqdori  itni  tutib  turish  manfaatidan  yuqori  bo`lsa,  Dilshod 

shartnomani qabul qiladi. 

Narx  ustida  savdolashish  orqali,  Dilshod  va  Lola  har  doim  samarali  natijaga 

erishishi  mumkin. Misol  uchun,  Dilshod  itdan 500  so`mlik  foyda oladi va  Lola it 

hurishidan  800  so`mlik  harajat  sarflaydi  deb  tasavvur  qilaylik.  Bu  holatda,  Lola 

itdan  qutilish  uchun  Dilshodga  600  so`m  taklif  qilishi  mumkinva  Dilshod  buni 

mamnuniyat bilan qabul qiladi. Har ikkala tomonham oldinga qaraganda yaxshiroq 

va samarali natijaga erishildi. 

Albatta Dilshod qabul qiladigan har qanday narxni Lola taklif qilishga tayyor 

bo`lmasligi mumkin. Misol uchun, Dilshod itdan 1000 so`mlik foyda oladi va Lola 

it hurishidan 800 so`mlik harajat sarflaydi, deb tasavvur qilaylik. Bu holatda, Lola 

800  so`mdan  yuqori  miqdorda  hech  qanday  taklif  qilmaydi,  Dilshod  esa  1000 

so`mdan  kam  har  qanday  taklifni  rad  etadi.  Shuning  uchun,  Dilshod  itni  olib 

qoladi.  Shunday  bo`lsada,  harajat  va  foydani  hisobga  olsak,  bu  natija  samarali 




 

396 


hisoblanadi. 

Hozircha,  biz  Dilshod  huradigan  it  saqlash  uchun  qonuniy  huquqia  ega  deb 

tasavvur  qildik.  Boshqa  so`zlar  bilan  aytganda,  biz  Lola  Dilshodni  ixtiyoriy 

ravishda  itdan  voz  kechishga  undash  uchun  yetarlicha  to`lamasa,  Dilshod  Spotni 

olib qoladi deb tasavvur qildik. Lekin, agar Lola tinchlik uchun haqli bo`lsa, natija 

qanday qilib har xil bo`ladi? 

Kouz  teoremasiga  ko`ra,  huquqlarning  boshlang`ich  taqsimoti  bozorning 

samarali natija erishish qobiliyati uchun muhim emas. Misol uchun,  Lola qonuniy 

Dilshodni itdan qutilishga majbur qilishi mumkin deylik. Bu huquqga ega bo`lish 

Lola foydasiga ishlasa-da,u ehtimol, natijani o`zgartirmaydi. Bu holda, Dilshod itni 

saqlashga ruxsat berish uchun Lolaga to`lov taklif qilishi mumkin. Dilshod uchun 

itning  foydasi  Lola  uchun  it  hurishi  harajatidan  ortiq  bo`lsa,  u  holda  Dilshod  va 

Lola Dilshod itni saqlashi uchun savdolashishga kirishishadi. 

Huquqlarning  dastlabki  taqsimlanishidan  qat'iy  nazar,  Dilshod  va  Lola 

samarali natijaga erishishsa-da, huquqlar taqsimlanishi o`rinsiz emas: Bu iqtisodiy 

farovonlik  taqsimlanishini  aniqlaydi.  Dilshodning  huradigan  itga  yoki  Lolaning 

tinchlik  huquqiga  ega  yoki  ega  emasligi  oxirida  savdolashishdan  kim  kimga 

to`lashi  kerakligi  aniqlanadi.  Lekin  har  ikki  holda  ham,  ikki  tomon  bir-biri  bilan 

savdolashishi va tashqi ta’sir muammosini hal qilishi mumkin. Foyda harajatlardan 

yuqori bo`lsagina Dilshod it saqlay oladi. 

Xulosa uchun: Kouz teoremasi xususiy iqtisodiy aktyorlar o`zaro tashqi ta’sir 

muammosini  hal  qilishi  mumkin  deydi.  Huquqlarning  dastlabki  taqsimlanishidan 

qat'iy  nazar,  manfaatdor  tomonlar  savdolashib  har  doim  har  bir  kishi  uchun 

yaxshi va samarali natijaga erishishi mumkin. 


Download 3,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   336   337   338   339   340   341   342   343   ...   384




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish