Bozorga asoslangan siyosat 2: sotiladigan ifloslanishga ruxsatlar
Qog`oz zavodi va po`lat zavodi misoliga qaytadigan bo`lsak, keling tasavvur
qilaylik, iqtisodchilar maslahatiga qaramay, EPA tartibga solishni joriy qiladi va
har bir zavoddan yiliga 300 tonna chiqindi miqdorida ifloslanishni kamaytirishni
talab qiladi. Keyin bir kuni, tartibga solish amalda va har ikki zavod unga rioya
qilgan paytda, ikkala firma EPAga taklif bilan murojaat qiladi. Po`lat zavod 100
tonna chiqindi miqdorida chiqindi chiqarishni oshirishni istaydi. Qog`oz zavodi
po`lat zavodi unga 5 million dollar to`lasa, o`sha miqdorda o`z chiqindi
chiqarishini kamaytirishga rozi bo`ladi. EPA bu ikki fabrikalar ushbu shartnomani
amalga oshirishiga ruxsat berishi kerakmi?
Iqtisodiy samaradorlik nuqtai nazaridan, shartnomaga ruxsat berish yaxshi
siyosat. Ular ixtiyoriy ravishda rozi bo`layotgani bois, shartnoma ikkala zavod
egalariga foydali bo`lishi kerak. Bundan tashqari, shartnoma hech qanday tashqi
ta'sirga ega emas, chunki ifloslanish umumiy miqdori bir xil bo`lib qolmoqda.
Shunday qilib, qog`oz zavodining po`lat zavodiga ifloslantirish huquqini sotish
uchun ruxsat berish orqali ijtimoiy farovonlik kelib chiqadi.
Ushbu mantiq bir firma tomonidan ifloslantirish huquqini boshqa firmaga har
qanday ixtiyoriy o`tkazish uchun amal qiladi. Agar EPA firmalarga bunday
shartnomalar qilish imkonini beradigan bo`lsa, u, o`z mohiyatiga ko`ra, yangi
390
noyob resurs, ya’ni ifloslantirishga ruxsatnoma, yaratadigan bo`ldi. Bu
ruxsatnomalar savdosini oxir-oqibat amalga oshiradigan bozor paydo bo`ladi va bu
bozor talab va taklif kuchlari tomonidan boshqariladigan bo`ladi. Ko`rinmas qo`l
bu yangi bozor ifloslantirish huquqini samarali taqsimlashiga ishonch hosil qiladi.
Ya'ni, to`lashga o`z tayyorligi bilan aniqlanadigan ruxsatni eng yuksak
baholaydigan firma qo`lga kiritadi.
Firmaning to`lash uchun xohishi, o`z navbatida, ifloslanishni kamaytirish
harajatiga bog`liq bo`ladi: Ifloslanishni kamaytirish firma uchun qanchalik ko`p
harajatli bo`lsa, ruxsatnoma uchun to`lashga shunchalik ko`p tayyor bo`ladi.
Bozorlar uchun ifloslantirish ruxsatnomalariga yo`l qo`yish afzalligi
shundaki, firmalar o`rtasida ifloslantirish ruxsatnomalari boshlang`ich taqsimoti
iqtisodiy samaradorlik nuqtai nazaridan muhim emas deb hisoblanadi. Faqat
ifloslanishni arzon harajatlar bilan kamaytirishi mumkin firmalar ruxsatnomalarni
sotadi va yuqori harajat bilan ifloslanishni kamaytirishi mumkin firmalar o`zlariga
kerak miqdorda ruxsat sotib oladi. Ifloslantirish huquqlari uchun erkin bozor bor
bo`lgani tufayli, boshlang`ich taqsimotdan qat'iy nazar so`nggi taqsimot samarali
bo`ladi.
Ifloslantirish ruxsati yordamida ifloslanishni kamaytirish tuzatuvchi
soliqlardan farqli ko`rinsa-da, ikki siyosat ko`p umumiy jihatlarga ega. Har ikki
holatda ham, firmalar ifloslanish uchun to`laydi. Tuzatuvchi soliqlar bilan atrof-
muhitni ifloslantiruvchi firmalar hukumatga soliq to`lashi kerak. Ifloslantirish
ruxsati bilan atrof-muhitni ifloslantiruvchi firmalar ruxsat sotib olish uchun to`lashi
kerak. (Hatto allaqachon o`z ruxsatnomasiga ega firmalar ham ifloslanish uchun
to`lashi shart: ular ochiq bozorda o`z ruxsatnomalarini sotishdan olgan miqdor
ifloslantirish imkoniyati harajatidir.) Tuzatuvchi soliqlar va ifloslantirish
ruxsatnomalari ikkalasi ham firma uchun ifloslantirishni harajatli qilish orqali
tashqi ta'sirni o`zlashtiradi.
Ikki siyosat o`xshashligini ifloslantirish bozorini tahlil qilish orqali kor’rish
mumkin. 4-rasmdagi ikkala chizmalar ifloslantirish huquqi uchun talab chizig`ini
ko`rsatadi. Bu chiziq ifloslantish narxlari qanchalik past bo`lsa, firmalar
391
ifloslantirishni shunchalik ko`proq tanlashini ko`rsatadi. (a) chizmada EPA
ifloslantirish uchun narx belgilash uchun tuzatuvchi soliqdan foydalanadi. Bu
holda, ifloslantirish huquqlari uchun taklif egri chizig`i mukammal elastik (chunki
firma soliq to`lash orqali ular istaganicha ko`p ifloslantirishi mumkin) va talab
chizig`i vaziyati ifloslanish miqdorini belgilaydi. (b) chizmada, EPK ifloslantirish
ruxsatini joriy etish orqali ifloslanish miqdorini belgilab beradi. Bu holda,
ifloslantirish huquqlari uchun taklif egri chizig`i mukammal noelastik (chunki
ifloslantirish miqdori ruxsatnomalar soni bilan belgilanadi), va talab egri chizig`i
vaziyati ifloslanish narxini belgilaydi. Demak, EPA tuzatuvchi soliq bilan narx
belgilash orqali, yoki ifloslantirish ruxsatnomalari bilan miqdorni o`rnatish orqali
berilgan talab egri chizig`ining har qanday qismiga erishishi mumkin.
Ba'zi hollarda esa, ifloslantirish ruxsatini sotish tuzatuvchi soliq undirishdan
ko`ra yaxshiroq bo`lishi mumkin. EPA daryoga 600 tonna dan kam chiqindi
tashlanishini istaydi. Lekin EPK ifloslanish talab chizig`ini bilmasligi tufayli, bu
maqsadga erishish uchun qanday hajmda soliq joriy etishni bilmaydi. Bu holda, u
shunchaki 600 ifloslantirish ruxsatini kim oshdi savdosiga qo`yishi mumkin. Kim
oshdi savdosi narxi tuzatuvchi soliq tegishli hajmini hosil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |