Yer rentasi - cheklangan yer resurslaridan (boshqa tabiiy resurslardan)
foydalanganlik uchun to`lov.
Iqtisodiy renta yer rentasiga ko`ra kengroq ma’noga ega, buni yuqorida
ko`rgan edik.
Absolyut renta - bu barcha yer egalari tomonidan yerning sifatiga bog`liq
bo`lmagan holda oladigan rentadir (absolyut renta K.Marks tomonidan kiritilgan).
Yer rentasini tahlil qilish uchun quyidagi shartlar bajarilgan deb faraz
qilinadi:
*
ishlab chiqarilgan barcha mahsulot bozor uchun ishlab chiqariladi;
*
barcha yerlar mukammallashgan bozor sharoitida ijaraga beriladi;
*
barcha yerlardan asosiy oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun
foydalaniladi;
*
barcha yerlarning unumdorligi bir xil.
Yer taklifi absolyut elastik bo`lmagani uchun, yer taklif chizig`i vertikal
ko`rinishda bo`ladi (27-rasm).
371
Do'stlaringiz bilan baham: |