Uzoq muddatli oraliqdagi investitsiya. Asosiy kapitalga qo`yilgan
investitsiyalar asosan uzoq muddatli bo`ladi. Asosiy kapitalning xizmat qilish,
ya’ni undan foydalanish muddati mavjud bo`lib, u chegaralangan bo`ladi. Asosiy
kapital xizmat ko`rsatish muddati davomida firma uchun daromad keltiradi.
Uzoq muddatli oraliqdagi kapital qo`yilmadan olinadigan foydani hisoblash
uchun asosiy kapitalning xizmat ko`rsatish muddatini va undan foydalanish
davomida har yilda olinadigan daromadni bilish kerak bo`ladi.
i, r
Do'stlaringiz bilan baham: |