256
qutulishga harakat qiladi. Monopoliya bilan shug`ullanish uchun hukumat
tomonidan ishlatiladigan uchinchi siyosat davlat mulk siyosati hisoblanadi.
Qisqacha xulosalar
Sof monopoliya raqobatlashgan bozorning aksi bo`lib, bu erda bitta sotuvchi
va ko`plab xaridorlar qatnashadi. Sof monopolistning raqobatchisi yo`q.
Monopolist o`zining bozorida yagona sotuvchi firma hisoblanadi. Hukumat bitta
firmaga ishlab chiqarishda yagonalik huquqini beradi. Va u faqat o`zi ishlab
chiqargan mahsulot yordamida bozorda yagona bo`lish imkonini qo`lga kiritib
butun bozorni to`yintiradi.
Sof monopoliya mahsulot o`rnini bosadigan boshqa mahsulot bo`lmagan
hududlarda vujudga keladi. Umuman olganda jahon va milliy bozorlarda bitta
mahsulotni bitta sotuvchi tomonidan sotilishi kamdan-kam uchraydi. Sof
monopoliya ko`proq mahalliy bozorlarga xos bo`ladi. Masalan, tumandagi yagona
kitob magazini, yagona telefon stantsiyasi, yagona tish doktori, yagona jarrox yoki
bo`lmasa mahalliy kommunal xo`jaligi xizmati. Yuqorida keltirilgan sub’ektlar
bozor sharoitida narxga ta’sir qilish uchun real hokimiyatga ega.
Monopolist bozorda yagona ishlab chiqaruvchi hisoblanib, o`z mahsuloti
uchun biror narx belgilashdan avval talab egri chizig`iga yuzlanadi. Monopolist
tomonidan ishlab chiqarish oshiriladi, u ishlab chiqarilgan barcha bir birlik
mahsulotlaridan daromadlar miqdorini kamaytirmaslikka harakat qiladi. Natijada,
monopolistning chekli daromadi har doim uning o`rnatadigan narxidan past
bo`ladi.
Raqobatli firma va monopol firma o`rtasidagi asosiy farq mahsulotining
narxini tushirish yoki oshirish monopolistning ixtiyorida bo`lib qoladi. Raqobatli
firma faoliyatida mahsulotining ishlab chiqarish narxini belgilashda bozor unsuri
kichik nisbiy ahamiyatga ega bo`ladi. Bozor sharoitida berilgan talab kabi narxni
talabdan kelib chiqib ham belgilaydi.
Sof monopoliyaning vujudga kelishiga ta’sir qiluvchi omil bu - tarmoqqa
kirish to`siqlarining kuchliligidir. Tarmoqga kirish to`siqlari - bu monopol firma
257
bozoriga boshqa sotuvchilarni kirib kelishini to`xtatuvchi cheklanishlar.
Tarmoqga kirish to`siqlaridan quyidagilarni ko`rsatish mumkin: davlat
tomonidan berilgan maxsus huquq, patentlar va mualliflik huquqi, biror bir ishlab
chiqarish resursi taklifiga egalik qilish. Masalan, Amerikaning «De Birs»
kompaniyasi jahonda sotiladigan, qayta ishlanmagan olmosning 85 foizini nazorat
qilgani uchun, olmos bozorida monopol hokimiyatga ega. Yuqoridagilardan
tashqari insonning noyob qobiliyati va bilimi ham manopoliyani vujudga keltiradi.
Ishlab chiqarish ko`lami kengayishining musbat samarasi ham tarmoqqa kirish
uchun to`siq bo`lishi mumkin. Masalan, avtomobil zavodi ma’lum miqdorda
avtomobil ishlab chiqarishga erishgandagina, uning umumiy xarajatlari minimal
bo`ladi.
Bozordagi talab egri chizig`i monopolist uchun uning bozordagi kuchiga va
foyda olish imkoniyatiga ta’sir etishi mumkin. Narx o`rtacha xarajatlardan yuqori
qilib belgilanishi, tovar uchun shu narx bilan sotilganda iqtisodiy foyda olinishi
kerakligi kompaniya tomonidan hisobga olinadi. Firma o`z tovariga narx
qo`yganda foydani maksimallashtirishni ko`zlaydi. Foydani maksimallashtiruvchi
narx, odatda, monopollashgan bozorda amal qiladi.
Monopolist ko`pincha xaridorning belgilangan narxni to`lash uchun
tayyorligiga asoslangan holda mahsulot ishlab chiqarish hajmini belgilaydi. Shu
orqali jamiyat farovonligi uchun turli narxlar qo`llanilsada daromadlarini oshirish
mumkin. Narxni disrkiminatsiyalashda ba'zi iste'molchilar uchun ijobiy tomoni
bor, biroq iqtisodiy farovon jamiyatdagina mahsulot sotish hajmini oshirish
mumkin, aks holda ishlab chiqarilgan mahsulotni sotib bo`lmaydi. Optimal narx
o`rnatishda, monopolist samarasizlik nuqtasini bartaraf qiladi va bozorda barcha
ortiqcha bo`lmagan tovarlargina sotuvga chiqadi. Narxni deskriminatsiyalash
nomukammal bo`lsa, monopolist o`sha belgilagan narxi bilan ko`zlagan natijasiga
erisha olmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: