XIII BOB. MONOPOLISTIK RAQOBATLASHGAN BOZOR
Monopol hokimiyati bor firmalar foydani maksimumlashtirish maqsadida,
narx va ishlab chiqarish hajmini qanday qilib belgilaydi. Shuningdek, Monopol
hokimiyat sohibi bo`lish uchun firmalar sof Monopolistlar bo`lishi shart emasligini
ham ko`rib chiqdik. Ko`pchilik sanoat tarmoqlarida bir necha firmalar raqo
batlashadilar, ulardan har biri hech bo`lmaganda bir oz Monopol hokimiyatga ega
bo`ladi, ya’ni narx darajasini nazorat qiladi va chegarali harajatlardan yuqori
bo`lgan narxni o`rnatadi.
Bir qarashda, kitob bozori mukammal raqobatlashgan ko`rinadi. Kitob
do`konidagi javonlarga qarasangiz, ko`plab mualliflar va ko`plab nashriyotlarning
sizning e’tiboringizni tortish uchun raqobatlashayotganini korasiz. Xaridor
minglab raqobatlashayotgan adabiyotlardan tanlab olisi mumkin . Bu tarmoqga
har kim kirib kela olishi mumkinligi tufayli, kitobni yozgan va chop ettira olgan
individ kitob biznesi bilan shug`ullanishi mumkin, ammo bu uncha foydali emas.
Har bir yuqori daromad oladigan yozuvchi uchun yuzlab raqobatchilar to`gri
keladi.
Boshqa bir tomondan, kitob bozori aniq Monopollashgan. Har bir kitob ajoyib
bo`lib, chop etuvchilar narx qo`yishga erkinlikka egadirlar. Sotuvchilar bu
bozorda uni qabul qilmasdan turib tezroq narx belgilaydilar. Haqiqatdan ham
kitoblar narxi chekli harajatlardan sezilarli darajada baland. Qalin Bahromdli
oddiy asar narxi, masalan, 30000 so`m atrofiga, shu vaqtning o`zida qo`shimcha
kitobni nushasini chop etish qiymati 10000 so`m atrofida.
Asarlar uchun bozor na raqobatbardosh, na Monopoliya modeliga to`g`ri
keladi. Aksincha u Monopolistik raqobat modeli orqali tasvirlanib, bu bo`limning
mavzusidir. Biroq keyinchalik biz ko`ramizki, u Monopolistik raqobatdoshdir.
Korxonalar ba’zi hollarda Monopolistik, boshqa horllarda esa raqobatdosh bo`ladi.
Model nafaqat nashriyot korhonalari munosabatini, balki boshqa tovar va xismatlar
bozorini ham tasvirlaydi.
Bu bobda biz sof Monopoliyadan farqlanuvchi, lekin Monopol hokimiyatga
zamin yaratuvchi bozor tuzilmalarini o`rganib chiqamiz. Biz o`rganishni Monopol
Bob
260
hokimiyatdan boshlaymiz. Monopol raqobatli bozor mukammal raqobatli bozorga
shu ma’noda o`xshaydiki, bu erda ham firmalar ko`p, yangi firmalarni bozorga
kirib kelishi chegaralanmagan. Ammo u mukammal raqo batli bozordan
mahsulotning tabaqalashgani bilan ajralib turadi: har bir firma alohida toifadagi
yoki boshqa xildagi tovarni sotadi, u o`eining sifati, ko`rinishi, nufuzi bilan ajralib
turadi, har bir firma o`z markasidagi tovarni mono Ahmad ishlab chiqaruvchisi
hisoblanadi. Firma qo`lidagi Monopol hokimiyatning miqyosi uning mahsuloti
boshqalarnikidan naqa dar yaxshi farqlanishiga bog`liq bo`ladi.
20
Monopolistik raqobat uchun misollar ko`p. Tish pastasi, kir yuvish poroshogi,
alkogolsiz ichimliklar va boshqalarni ishlab chiqarishni misol qilib ko`rsatsa
bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |