244
1-jadvalning oxirgi ustunida firmaning chekli daromadi, firma mahsulotining
har bir qo`shimcha birlik uchun ko`radigan daromadining miqdori hisoblangan.
Firmaga 1 birlik suv hajmi uchun jami tushumlarning o`zgarishi olinib chekli
daromad hisoblanadi. Firma 3 litr suv ishlab chiqarishi uchun masalan, 24$
umumiy daromad oladi. Suv ishlab chiqarishni 4 litrga oshirgani tufayli umumiy
daromad 28$ yetadi. Shunday qilib, to`rtinchi litr suvni sotishdan chekli daromad $
4, ya`ni 28$ dan 24$ni chegirish natijasiga teng.
Monopoliyalarda chekli daromad raqobatli firmalarning chekli daromadidan
farq qiladi. Monopolist sotish hajmini oshiradi, bu harakat umumiy daromadi (P x
Q) bo`yicha ikki xil ta'sirga ega:
- Ishlab chiqarishga ta'siri: Ko`proq ishlab chiqilgan mahsulot ko`proq sotilgan
bo`ladi, shuning uchun Q umumiy daromadni oshirish istagi yuqori bo`ladi.
-Narx ta'siri: Narxni tushiradi, shuning uchun P umumiy daromad kutilganidan
past bo`ladi.
3-rasmda talab egri chizig`i va monopolist firmasi uchun chekli daromad egri
chizig`i qanday joylashishini ko`rishingiz mumkin. (Firmaning narx o`rnatishi,
uning o`rtacha daromadiga teng, chunki, talab egri chizig`i ham o`rtacha daromad
egri chizig`iga teng bo`ladi.) Sotilgan birinchi birlik mahsulot chekli daromadi
yaxshi narxda bo`ladi, chunki bu ikki chiziq har doim vertikal o`q orqali shu
nuqtadan boshlanadi . Lekin Shuning uchun biz faqat birinchi birliklar ustida
taqdiqotni olib boramiz, so`ng monopolistning chekli daromadi optimal narxdan
kam bo`lsagina uning talab egri chizig`i ostida yotadi. Biz bu chekli daromadni
ham salbiy bo`lishi mumkinligini 3-rasmda (shuningdek 1-jadvalda) ko`rishimiz
mumkin. Daromadga narxning ta'siri katta bo`lsa, ishlab chiqarish ham ortib,
chekli daromadi salbiy bo`ladi. Firma mahsulotining qo`shimcha 1 birligidan
ishlab chiqargan mahsulotiga dona hisobida foyda yoki zarar ko`rishi mumkin.
245
Talab egri chizig`i ishlab chiqarish hajmiga qay darajada ta`sir etishini
ko'rsatmoqda. Chekli daromad egri chizig’i firmaning daromadi 1 birlik
mahsulotga nisbatan qanday o`zgarishini ko'rsatmoqda. Chunki chekli daromad har
doim narxdan kam bo`lmasligi uchun monopolist har doim har bir birlik mahsulot
narxini oshiradi.
Buning sababi, monopol bozorda narxning chekli xarajatga nisbati talabning
elastikligiga bog`liq.
17
D
p
E
MC
P
1
1
1
,
E
P
P
MC
Monopol
hokimiyatni
o`lchashninhg
tabiiy
yo`li
bu
foydani
maksimallashtirishga olib keluvchi narxning chekli xarajatlardan qanchalik ortiq
bo`lish darajasini aniqlashdir. Xususan, biz narx ustamasini (chekli xarajatlar
chegirilgan narx) narxga nisbati ko`rsatkichidan foydalanishimiz mumkin.
Monopol hokimiyatning bu o`lchovi 1934 yilda 1934 yilda iqtisodchi Abba Lerner
tomonidan kiritildi va Lernerning monopol hokimiyat indeksi deb ataladi (Lerner
Index of Monopoly Power). U narx va chekli xarajatlar o`rtasidagi farqni narxga
nisbatiga teng. Matematik ko`rinishda:
L= (P-MC) / P
Lerner indeksi har doim 0dan 1 gacha qiymatga ega bo`ladi. Mukammal
17
B. Salimov va boshqalar. Mikroiqtisodiyot. O`quv-uslubiy majmua. TDIU
Do'stlaringiz bilan baham: