Ilk qadam
* * *
Qorong‘u tunda yotibman yolg‘iz,
Yelkamni berib nam, zaxli bir yerga.
Xayollar chalkash ketadi g‘arib,
O‘zimni o‘ylamay ketar qayerga?
Zo‘r dardlardan bo‘lsamda xolos,
Dunyo menga sukutni ko‘mdi.
Butun borliq chiqarmay ovoz,
Butun borliq uyquga cho‘mdi.
Shunday jimlik, shunday sukunat,
Eshitilmas itlarning hurishi.
Sukunatni buzib turardi,
Yuragimning to‘xtovsiz urishi.
* * *
Simirib tashladim quyosh nurini,
Yuzi qizardi bo‘ldi labi qontalash.
Endi yengib bo‘lmas dil huzurini,
Endi o‘lim bilan bo‘ldik jontalash.
Jimlik! Go‘yo bari bo‘lgandek barbod,
G‘avg‘o tushar ko‘ngil shu’riga.
Sekin qo‘llarimdan o‘sganda qanot,
Singib ketar edim quyosh nuriga
114
Do'stlaringiz bilan baham: |