Qon quydirsa-chi?
Savol: Qon quydirganda yoki sanchqi orqali ukol qilinganda ro‘za ochiladimi?
Javob: Ha. Kimki qon quydirsa, huqna (klizma) qildirsa, burniga dori quysa yoki
qulog‘iga dori tomizsa, ukol olsa, ro‘zasi ochiladi. Bu Payg‘ambarning (s.a.v.) «Ro‘za
ichkariga kirgan narsadan buziladi», degan so‘zlariga binoandir. Zero, unda ro‘zaning
ochilishi ma’nosi bor. Ya’ni, badanga manfaati bor narsa qoringa yetib boradi. Ammo
mazkur hollarda kafforat vojib emas. Chunki kafforat faqat yeganda, ichganda va jinsiy
aloqa qilganda vojib bo‘ladi («Hidoya»).
Do'stlaringiz bilan baham: |