Saqich chaynasa, ro‘za ochiladimi?
Savol: Ramazon paytida bir qarindoshimiz bemalol saqich chaynab yurdi.
So‘rasam, ro‘zam ochilmaydi, dedi. Shu to‘g‘rimi?
Javob: Avval chaynalgan oq saqich chaynash ro‘zani buzmasa-da, makruhdir. Agar u
saqich avval chaynalmagan yoki qora bo‘lsa, ro‘za buziladi.
Chunki uning ba’zi bo‘laklari qoringa kiradi.
Ro‘zador bo‘lmagan ayollarga tabiiy saqich chaynash makruh emas. Chunki saqich
ayollar uchun tish tozalash vositasi o‘rnidadir. Erlarga saqich chaynash makruhdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |