Tahorat qanday olinadi?
Savol: Yaqinda namoz boshladim. Har gal masjidda tahorat olayotganimda
boshqalarning amalini ko‘rib, meniki komil bo‘lmayotganga o‘xshab
tuyulaveradi. «Dinda savolim bor...» kitobi orqali tahoratning barcha tartib-
qoidalarini batafsil tushuntirib berolmaysizlarmi?
Javob: Bajonidil. Eng avvalo, tahorat olish uchun suv yerdan kiyim-boshga
sachramaydigan joy tanlash lozim. Zero, poklanish uchun tahorat qila turib kiyim-boshni
bulg‘ab olish mantiqqa zid. Xalo va suv bilan tozalanadigan joyda tahorat qilish
yaramaydi. Yuzni qiblaga qilib tahorat olish odobdandir.
Tahorat olishni boshlashdan avval ikki qo‘l yenglarini tirsakdan o‘tkazib shimarib olish
lozim. Niyat qilish va tasmiya («Bismillahir rohmanir rohim») aytish tahoratning
sunnatlaridandir. Obdastadan tahorat qilinsa, obdasta chap qo‘l bilan ushlanadi.
Avval qo‘llar oshig‘i bilan qo‘shib uch bor yuviladi va xilol qilinadi (ya’ni, barmoqlarni
ort tomonlaridan bir-biriga kirgiziladi). So‘ngra og‘iz chayiladi. Bunda o‘ng qo‘l hovuchi
bilan og‘izga suv olinadi va g‘arg‘ara qilib, tomoqqa yetkazilib og‘iz chayqaladi.
Og‘izdagi suv tashlangach, tishlar misvok bilan tozalanadi. Misvok o‘ng qo‘l bilan
ushlanadi. Boshbarmoq va jimjiloq uning ostidan, qolgan uch barmoq yuqorisidan tutadi.
Avvalo o‘ng yuqori tishlarga uch bor, so‘ng o‘ng pastki tishlarga uch bor misvok
ishqalanadi. Chap tomon tishlari ham shu tartibda misvok bilan tozalangach, til ustiga
ham bir marta misvok
tekkizib qo‘yiladi. Misvok bo‘lmasa, o‘ng qo‘lning bosh va ko‘rsatkich barmoqlari bilan
tishlar aytilgan tartibda tozalanadi va til ustiga ko‘rsatkich barmoq tekkiziladi. Misvokdan
so‘ng og‘iz yana g‘arg‘ara qilinib, tomoqqa yetkazilib ikki bor chayiladi.
Keyin burun uch bor chayiladi. Bunda ham o‘ng qo‘l hovuchiga suv olinib, burunga,
dimoqqa yetguncha tortiladi va chap qo‘l bilan qoqiladi.
So‘ng yuz yuviladi. Co‘ng qo‘l hovuchi bilan peshonaning o‘ng tarafiga ohista suv
quyilib (bunda ko‘zlarni yummaslik kerak), peshonaning soch ungan joyi, iyak osti va
ikki quloq yumshoqlari oralig‘ida biror joyni qoldirmay, yuz uch bor yuviladi. Yuz
yuvishda siyrak soqolli kishilar soqollarining ostiga suv yetkazishlari lozim.
Yuz uch bor yuvilgach, qo‘llar yangidan namlanib, soqoli borlar soqoliga ikki qo‘l bilan
mash tortadilar va xilol qiladilar. Ya’ni, soqol ikki qo‘l bilan quloqlar oldidan boshlab
uchigacha siypalanadi va chap qo‘l bilan tutamlab, o‘ng qo‘l barmoqlari bilan, kafti
soqolga qilinib, tagidan bir bor taraladi.
So‘ng qo‘llarni tirsak bilan yuvishga o‘tiladi. Avval o‘ng qo‘l tirsagigacha yaxshilab
ishqalanadi. Bundan o‘ng hovuchga suv to‘ldirilib tirsakka oqiziladi va chap kaft bilan
ishqalanadi. Chap qo‘l ham bilagu tirsaklari bilan shu ravishda uch bora yuviladi.
Keyin boshga bir marta mash tortiladi. Boshga mash tortish uchun bosh kiyim
olingach, ikki qo‘l kaft va barmoqlari yangidan namlanadi, ikki qo‘lning bosh va
ko‘rsatkich barmoqlaridan o‘zga barmoqlari jipslashtirilib, o‘rta barmoqlaridan keyingi
ikki kichik barmoqlari yonlari bilan bir-biriga tekkiziladi va boshning tepa qismi old
tomonidan orqasiga qarab (kaftlarning jimjiloq tomonidan yarmi boshga tegib)
bo‘yingacha siypalanadi. So‘ng kaftning boshga tegmagan qismi bilan boshning ikki yoni
Dinda savolim bor. 3-kitob
Do'stlaringiz bilan baham: |