Asbob ko`rsatishining aniqligiga uning sezgirligi ham katta ta`sir qiladi.
Asbob strelkasi chiziqli yoki burchak siljishining shu siljishni hosil qilgan kattalik
o`zgargan vaqtdan asbob ko`rsatishining siljishigacha o`tgan vaqtni xarakterlaydi.
Asbob ko`rsatishining kechikishi qancha kam bo`lsa, asbobning sifati shuncha
yukori bo`ladi.
O`lchash vositalarining umumlashgan xarakteristikasi asosiy va
qo`shimcha xatoliklarning chegaraviy qiymatlari bilan, shuningdek, o`lchash
vositalari aniqligiga ta`sir etuvchi boshqa parametrlar bilan ifodalanadigan aniqlik
sinfidan iborat; parametrlarning qiymati o`lchash vositalarining ayrim turlari
uchun standartlarda belgilangan. O`lchash vositalarining aniklik sinfi ularning
aniqlik xossalarini xarakterlaydi. ammo ular shu vositalar yordamida olib borilgan
o`lchashlarning bevosita ko`rsatkichi bo`la olmaydi. CHunki aniqlik o`lchash
usullariga hamda ularni bajarish sharoitlariga ham bog`liq. Yo`l qo`yiladigan
asosiy xatoliklar chegaralari keltirilgan (nisbiy) xatoliklar ko`rinishida berilgan
o`lchash asboblari uchun quyidagi sonlar qatoridan olingan aniqlik sinfi beriladi:
(1; 1,5; 2,0; 2,5; 3; 4; 5; 6) • 10
n
, bunda n = 1,0; -1; - 2 va h.
O`lchash asbobining aniqlik sinfi procentlarda )hisoblangan eng katta
keltirilgan xatolikka teng:
𝐾
𝑛
= 𝑗
𝑚𝑎𝑥
=
∆𝑋
𝑚𝑎𝑥
𝑁
∗ 100% =
∆𝑋
𝑚𝑎𝑥
𝑁
𝑚𝑎𝑥
−𝑁
𝑚𝑖𝑛
∗ 100% .
(1.13)
Turli o`lchov asboblari uchun Davlat standartida turli aniklik sinflari qabul
qilingan. Ular asbobning siferblatida ko`rsatiladi. Masalan, shkalasi 0 – 100°C
dan iborat bo`lgan logometrni darajalash natijasida absolyut xatolikning quyidagi
qiymatlari olingan;
SHkalasi belgisi: °C...
0 20 40 60 80 100
Absolyut xatolik:
∆𝑋, °C... 0,4 1,6 1,0 0,4 0 -0,6
Bunda logomegrning keltirilgan xatosi
𝑗
𝑚𝑎𝑥
=
∆𝑋
𝑚𝑎𝑥
𝑁
∗ 100% =
1.6
100
∗ 100% = 1,6% .
Yuqorida keltirilgan ma`lumotlarga ko`ra aniklik sinfini 2,0 ga teng deb
olamiz (yaxlitlash kattalashtirish hisobiga olib boriladi).
Yo`l qo`yiladigan xatoliklari chegaralari procentlarda ifodalanadigan
nisbiy xatoliklardan iborat asboblarning aniqlik sinflari qavs ichida yozilgan
sonlar bilan belgilanadi (masalan, 5%), bu sonlar yul qo`yiladigan asosiy nisbiy
xatoliklar qiymati bilan ustma-ust tushadi. Masalan, 2,5 aniqlik sinfidagi shkalasi
0 – 100 mV bo`lgan millivoltlar uchun shkalaning ixtiyoriy belgisida asosiy nisbiy
xatolik ±2,5% dan oshmaydi, ya`ni shkalaning ixtiyoriy belgisida absolyut
xagolik (mB larda)
∆𝑋 ≤ ±
25
100
∗ 𝑋
𝑛
,
bunda
X
p
– asbobning ko`rsatishi.
Yo`l qo`yiladigan xatoliklari shkala uzunligi bilan aniklanadigan
normalovchi qiymatlarga bog`liq procentlarda ifodalanadigan asboblarning
aniqlik sinflari burchakcha bilan ajratib qo`yilgan sonlar bilan belgilanadi
(masalan, 0,5, 1,5), bu sonlar yo`l qo`yiladigan asosiy keltirilgan xatoliklar
qiymati bilan ustma-ust tushadi
Masalan, shkalasi 5 – 50 tV va aniqlik sinfi 2,5 bo`lgan millivoltmetr uchun
yo`l qo`yiladigan asosiy absolyut xatolik quyidagi formula bo`yicha (mV larda)
hisoblanadi:
𝑋
𝑛
= ±
2,5 ∗ 𝑁
n
100
= ±
2,5 ∗ 45
100
= ±1,1
Bunda
𝑁
n
= 𝑁
𝑚𝑎𝑥
− 𝑁
𝑚𝑖𝑛
; 𝑁
𝑚𝑎𝑥
va 𝑁
𝑚𝑖𝑛
– asbob shkalasining oxirgi va
boshlang`ich qiymatlari.
O`lchash uchun asbob tanlashda uning aniqlik sinfi asosiy chegaraviy
absolyut xatolik bilan aniqlanishi e`tiborga olish lozim, bu xatolik shkalaning turli
belgilarida nisbiy xatolikning turli qiymatlariga mos keladi.
Masalan, shkalasi 0– 150mB va aniqlik sinfi 1,5 bo`lgan millivoltmetr
uchun asosiy chegaraviy absolyut xatolik 2,25 tV ga teng bo`lib, shkalaning 25 va
100 tV belgilarida nisbiy xatolik tegishlicha quyidagiga teng bo`ladi(% larda):
𝑏
25
=
∆𝑋
𝑋
𝑛
∗ 100 = ±
2,25
25
∗ 100 = ±9 ,
𝑏
100
= ±
2,25
25
∗ 100 = ±2,25
Nisbiy xatolikni kamaytirish maqsadlarida o`lchash asbobi shkalasining
yuqorigi chegarasini shunday tanlash lozimki, o`lchanayotgan kattalikning
kutiladigan qiymati (ko`rsatishi) uning oxirgi uchinchi qismida (yoki oxirgi
yarmida) joylashgai bo`lsin.
O`lchash vositalarining xatoliklari statistik va dinamik xatoliklarga
bo`linadi. Statistik xatolik o`zgarmas kattalikni o`lchash uchun foydalaniladigan
o`lchash vositasi xatoligidir. Agar o`lchanayotgan kattalik vaqtning funksiyasi
bo`lsa, unda o`lchash vositalarining inersionligi oqibatida o`lchash vositalarining
dinamik xatoligi deb ataladigan umumiy xatolikning tashkil etuvchisi hosil
bo`ladi. Dinamik rejimda umumiy xatolik statistik va dinamik xatoliklar
yig`indisiga teng.
Do'stlaringiz bilan baham: