p
bilan sanoq ko`rsatishdagi qiymatni ifodalab, X
ph
bilan haqiqiy
qiymatni belgilasak, quyidagi formuladan ∆X absolyut xatolikni topamiz:
∆𝑋 = 𝑋
𝑛
− 𝑋
𝑛h
,
(1.4)
O`lchov asbobining absolyut xatoligi deb, shu asbobning ko`rsatishi bilan
o`lchanayotgan kattalikning haqiqiy qiymati orasidagi farqqa aytiladi. Bunda
xatolar plyus yoki minus ishorasi bilan kattalikning birliklarida ifodalanadi.
Absolyut xatolikning kattalik haqiqiy qiymatiga nisbati nisbiy xatolik deb ataladi.
Nisbiy xatolik orqali o`lchashning aniqlik darajasini xarakterlash juda qulay:
𝑏 = ±
∆𝑋
𝑋
𝑛h
∗ 100% = ±
𝑋
𝑛
– 𝑋
𝑛h
𝑋
𝑛h
∗ 100%.
(1.5)
Odatda, X
nh
– haqiqiy qiymat va X
n
topilgan qiymatlarga nisbatan "∆X"
juda kichik bo`ladi, ya`ni ∆X ≤ X
ph
,
va
∆X ≤ X
p
SHuning uchun quyidagi formulani yozish mumkin:
𝑏 = ±
∆𝑋
𝑋
𝑛h
∗ 100% ≈ ±
∆𝑋
𝑋
𝑛
∗ 100%
(1.6)
SHunday qilib, nisbiy xatolikni hisoblashda absolyut xatolikning
asbobning ko`rsatishiga nisbatini olish mumkin. Nisbiy xatolik % larda
ifodalanadi.
Kattalikning asl qiymatini aniqlash uchun o`lchov asbobining ko`rsatishiga
tuzatish kiritiladi. Uning son qiymati teskari ishora bilan olingan absolyut
qiymatga teng:
𝑑 = 𝑋
𝑛h
– 𝑋
𝑛
yoki
d = -∆X ,
(1.7)
bu erda d – tuzatma.
Asbobning xatoligi shkala diapazonining procentlarida ifodalanadi.
Bunday xatoliklar keltirilgan xatolik deyiladi va absolyut xatolikning diapazoniga
bo`lgan nisbatiga teng bo`ladi, ya`ni
𝑗 =
∆X
𝑁
∗ 100%, (1.8)
bu erda
𝑁 – asbobning o`lchash chegarasi (diapazoni).
Misol. Yuqorigi o`lchash chegarasi 300°C bo`lgan potensiometrning
ko`rsatishi X
p
= 240°C va o`lchanayotgan temperaturaning haqiqiy qiymati X
ph
=241,2°C bo`lganidagi absolyut, nisbiy, keltirilgan xatoliklari topilsin.
Absolyut xatolik (2.2) formula bo`yicha: ∆X = - 1.2°C, nisbiy xatolik (1.6)
formula bo`yicha b = -0,5%, keltirilgan xato (1.8) formula bo`yicha j = -
0,4%.
Xatolik qiymati o`lchash asbobi aniqligini, demak, o`lchash natijasini ham
xarakterlaydi. O`lchash aniq bo`lishi uchun xatosi kichik bo`lgan asboblardan
foydalanish lozim. Ammo xatosiz asboblar tayyorlash mumkin emas. Xatosi
kichik bo`lgan asboblar bilan ishlashda katta ehtiyotkorlik talab etiladi. Texnik
o`lchashlar uchun belgilangan qiymatdan oshmaydigan yul qo`yiladigan xatosi
bor asboblardan foydalaniladi.
Asbob ko`rsatishining standartlar yo`l qo`yadigan eng katta xatoligi yul
qo`yiladigan xatolik deyiladi. Xatolik mikdori o`lchashlar olib borilayotgan
tashqi muhitga (atrof-muhit temperaturasi, atmosfera bosimi, tebranish va
boshqalarga) bog`liq bo`lgaii sababli asosiy va qo`shimcha xatoliklar
tushunchalari kiritiladi.
O`lchash asbobi uchun texnik sharoitlar imkon bergan, maxsus yaratilgan
normal ish sharoitida yul qo`yilgan xato asosiy xatolik deyiladi. Atrof-muhitning
normal holati deb 2°C temperatura va 101325 N/m
2
(760 mm sim.ust.) atmosfera
bosimi qabul qilingan. Tashqi sharoit o`zgarishining asboblarga bo`lgan ta`siridan
kelib chiqqan xato qo`shimcha xatolikdir. O`lchov asboblarining sifati ularning
xatoliklaridan tashqari asboblar variasiyasi, sezgirligi va sezgirlik chegarasi bilan
xarakterlanadi.
Bir kattalikni ko`p marta takroriy o`lchashlar natijasida asbob ko`rsatishlari
orasidagi eng katta farq o`lchov asbobining variasiyasi deyiladi. Variasiya
o`lchanayotgan kattalikni ma`lum bir mikdorgacha asta-sekin oshirib va
kamaytirib aniqlaydi. Variasiya o`lchov asbobining mexanizmi, oraliqlari,
gisterezisi va boshqa qismlardagi ishqalanishi sababli kelib chiqadi. Variasiya (E)
o`lchov asbobi shkalasi maksimal qiymatining procenti hisobida ifodalanib,
asosiy yo`l qo`yiladigan xatolik qiymatidan oshib ketmasligi lozim:
𝜀 =
∆𝑁
𝑁
𝑚𝑎𝑥
−𝑁
𝑚𝑖𝑛
∗ 100% ,
(1.9)
bu erda ∆ N – asbob ko`rsatishidagi eng katta farq; N
Do'stlaringiz bilan baham: |