Ona tarbiyasi: roman va hikoyalar / Aziz Nesin



Download 1,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/69
Sana30.12.2021
Hajmi1,29 Mb.
#98255
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   69
Bog'liq
2 5328110383288813878

XALOSKOR IT
Moskvada Ajdar Ibrohim degan bir kinorejis­
syor bilan do‘stlashib qolgan edik. Ikkinchi marta 
Moskvaga borishimda uning xotini vafot qilganini 
eshitdim. Bir tanishimizni yonimga olib, ko‘ngil 
so‘ragani dala hovlisiga bordim. Kinorejissyorning 
dala hovlisi katta yo‘ldan chetroqda, o‘rmon yoqa­
sida ekan. Xotini qazo qilganiga bir hafta bo‘libdi.
Ajdar Ibrohim gap orasida marhumaning bir iti 
bo‘lganini, janozadan so‘ng u mutlaqo ko‘rinmay 
qolganini aytdi. Ilgarilari bunday odati yo‘q ekan. 
Hatto o‘rmonning ichiga kirib ketsa ham, bir soat­
ga qolmay uyga qaytarkan.
– It egasi o‘lganini sezgan bo‘lsa kerak, demoq­
chimisan? – deb so‘radi hamrohim.
– Qaydam, – deb javob berdi Ajdar Ibrohim. – Aniq 
bir narsa deyolmayman­u, lekin Ashxabodda bo‘lgan 
bir voqeani eshitganimdan keyin jonivorlarda favqu­
lodda sezish qobiliyati bo‘lishiga ishondim.
– Ashxabodda nima bo‘lgan ekan?– deb so‘radim 
undan.


201
«Ona tarbiyasi»
Bo‘lgan voqeani gapirib berdi.
– O‘zim asli ashxabodlikman. Qaysi bir yili ta’til 
paytida borsam, ikki qo‘shnim bir­biri bilan sud­
lashib yurgan ekan. Ikkovi yoqalashib qolib, biri 
ikkinchisini belkurak bilan urmoqchi bo‘libdi. 
Zo‘rg‘a ajratib qo‘yishibdi. Janjal nimadan chiqqa­
nini hech kim bilmaydi. Men o‘sha yerda ekanim­
da ularni sud majlisiga chaqirib qolishdi. Azbaroyi 
qiziqqanimdan men ham sudga bordim.
– Siz nima uchun qo‘shningizga belkurak ko‘tar­
dingiz? – deb so‘radi sudya ayblanuvchidan.
– Itimni urib mayib qilgani uchun, – deb javob 
berdi ayblanuvchi.
Sudyaning jahli chiqdi.
– Hech zamonda odam bolasi bir itni deb 
qo‘shnisiga qo‘l ko‘taradimi, bu qanaqa gap axir?
– Mening itim bo‘lakcha, boshqa itlarga o‘xsha­
maydi, – deb qoldi da’vogar.
– Iya, nimasi bo‘lakcha ekan?
Shundan keyin itning egasi bir boshdan gapirib 
berdi.
– Ikkinchi farzandimiz ikki oylik chaqaloq edi 
o‘shanda. Chaqaloq beshikda uxlab yotgan payt­
larda itimiz hecham uning yonidan jilmasdi. Bir 
kuni ertalab o‘rnimda gazeta o‘qib yotsam, xoti­
nim yig‘i­sig‘i qilib qoldi. Bola beshigi bilan yo‘qolib­
di. Darhol izlashga tushdik, uy ichidan topilmadi. 
Yugurib hovliga chiqsak, beshik o‘sha yerda ekan
yonida esa it. Chaqalog‘imiz pishillab uxlab yotibdi.
Beshikni uyga olib kirdik. Lekin o‘sha kuni ke­
chasi it yana uni tashqariga olib chiqib ketibdi. 
Itni do‘pposlab, eshikni yopib qo‘ydik. Havo dim 
bo‘lgani uchun derazalar ochiq edi. Yarim kecha­
da er­xotin shovqindan uyg‘onib ketdik. Bunday 


202
Aziz Nesin
qarasak, it derazadan uyga kirib, beshikni tash­
qariga sudrab chiqmoqchi bo‘lib turgan ekan. Uni 
yana quvib chiqardik.
Tongga yaqin dahshatli falokat yuz berdi. Yer 
chir aylanib ketganday bo‘ldi. Ustimga bir nima­
lar bosib tushdi. Hushdan ketibman. Shu ahvolda 
qan cha yotganimni bilmayman. Bir payt o‘zimga 
kelib qarasam, xarobalar tagida ko‘milib yotib­
man. Qattiq shikastlanibman. Shu orada tepam­
dan qitirlagan ovoz eshitildi. Birov meni kavlab 
chiqarmoqchi bo‘layotganga o‘xshardi. Keyin iti­
mizni ingillagan tovushidan tanidim. Sal o‘tmay 
kichkinagina teshik ochilib, ichkariga havo kirdi, 
yorug‘lik tushdi. So‘ng itimning oyog‘i ko‘rindi. 
 Uning yordami bilan bir amallab tashqariga chiqib 
oldim. It meni o‘z holimga qo‘ymay hadeb pocham­
dan tortqilayverdi. Bir joyga kelganimizda nuqul 
gir aylanib ingillayverdi. Darhol qazishga tushdim
katta qizimni qutqarib oldim. Bu dahshatli zilzila 
paytida hamma o‘zi bilan o‘zi ovora edi. Onam bi­
lan xotinimning tirik qolishiga ham shu it sabab­
chi. U joyni ko‘rsatdi, men qazib oldim. Keyin ham­
mamiz chaqaloqni izlay boshladik. It ham g‘oyib 
bo‘ldi negadir. Qazib ko‘rmagan joyimiz qolmadi. 
Oxiri hovliga chiqib qarasak, beshik bir chekkada 
turibdi. Yonida esa itimiz. Beshikning ichida bola. 
Bildikki, yer qimirlashidan sal oldinroq it beshikni 
uydan olib chiqib ketgan ekan. Zilzila paytida biz­
ni butun uy ichimiz bilan o‘limdan qutqarib qol­
gan shu it bo‘ladi. O‘sha voqeadan keyin it bizga 
juda qadrdon bo‘lib qoldi. Qo‘shnim bo‘lsa shun­
day itning joniga qasd qilib o‘tiribdi. Chidab turol­
madim, itimni qutqarib qolish uchun belkurak bi­
lan qo‘shnimga tashlandim. Lekin ulgurolmadim, 
itimga jarohat yetkazibdi u.


203
«Ona tarbiyasi»
Kinorejissyor Ajdar Ibrohim hikoyasini tugat­
gach, shunday dedi:
– Sudda shu gapni eshitganimdan keyin jonivor­
larda favqulodda sezish qobiliyati borligiga ishon­
dim. Xotinim itimizni ko‘p erkalab, mehribonchilik 
ko‘rsatardi. Men unchalik ro‘yxushlik bermasdim. 
It uning o‘lganini sezgan bo‘lishi ehtimoldan xoli 
emas. Xullas, o‘sha kundan keyin u uydan chiqib 
ketdi­yu, qaytib kelmadi.
Miad Hakimov tarjimasi

Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish