T. N. Xojiyev 0 ‘zMUo'qituvchisi


  0 ‘zbekistonda ijtimoiy sheriklikning fuqarolik jamiyatiga



Download 11,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet208/236
Sana30.12.2021
Hajmi11,46 Mb.
#98176
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   236
Bog'liq
Fuqarolik jamiyati A. O`tamurodov 2018

3.  0 ‘zbekistonda ijtimoiy sheriklikning fuqarolik jamiyatiga 
xos amaliyoti huquqiy asoslarining rivojlalanishi
2014-yil  25-sentabrda qabul  qilingan O'zbekiston  Respublikasining 
“Ijtimoiy  sheriklik  to‘g‘risida”gi  Qonuni  5  bob,  30  moddadan  tashkil 
topib,  unda  ijtimoiy  sheriklik  va  uning  subyektlari,  uning  asosiy 
prinsiplari  va  sohalari,  ijtimoiy  sheriklikning  asosiy  shakllari  va  ulami 
amalga  oshirish  tartibi,  ijtimoiy  sheriklikni  davlat  tomonidan  qo‘llab- 
quvvatlash,  mazkur munosabat subyektlarining huquq  va majburiyatlari 
kabi  eng muhim masalalar mujassamlashgan.
Qonunning 
3-moddasida 
“ijtimoiy 
sheriklik” 
tushunchasiga 
quyidagicha  ta’rif  beriladi:  “Ijtimoiy  sheriklik  davlat  organlarining 
nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari 
bilan  mamlakatni  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlantirish  dasturlarini,  shu 
jumladan,  tarmoq,  hududiy  dasturlami,  shuningdek,  normativ-huquqiy 
hujjatlarni  hamda  fuqarolaming  huquqlari  va  qonuniy  manfaatlariga 
daxldor  bo‘lgan  boshqa  qarorlami  ishlab  chiqish  hamda  amalga  oshirish 
borasidagi  hamkorligidir”.  Shuningdek,  mazkur  moddada  ijtimoiy 
sheriklik  subyektlari  sifatida  quyidagilar  belgilandi:  “Davlat  organlari, 
nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari 
ijtimoiy sheriklik subyektlaridir.  Davlat organlarining fuqarolaming o‘zini 
o‘zi  boshqarish  organlari,  siyosiy  partiyalar  va  diniy  tashkilotlar  bilan 
hamkorligi alohida qonunlar bilan tartibga solinadi”.
Mazkur  qonun  ijtimoiy  sheriklikning  ijtimoiy-iqtisodiy  hayotdagi 
o ‘mi,  uning  asosiy  shakllari  va  ulami  amalga  oshirish  tartibi,  insonlar 
turmush  tarizida  ro‘y  berib  turadigan  muammolami  hal  etishda,  aholi 
turli  qatlamlarining  huquqlari,  erkinliklari  va  manfaatlarini  himoya 
qilishda,  davlat,  ish  beruvchi  va  mehnatkashlar  o ‘zaro  munosabatlarini 
adolat  prinsiplari  asosida  muvofiqlashtirishda,  fuqarolik  jamiyati 
institutlarining davlat tuzilmalari  bilan  o‘zaro  hamkorligining tashkiliy- 
huquqiy  mexanizmlarini,  ijtimoiy  sheriklikni  davlat tomonidan  qo'llab- 
quw atlash,  moliyalashtirish  manbalari,  aholini  ijtimoiy muhofaza qilish 
hamda  qo'llab-quw atlash,  kichik  biznes  va  xususiy  tadbirkorlikni 
rivojlantirish,  aholining huquqiy bilimlarini,  huquqiy ongini  va huquqiy 
madaniyatini oshirishning huquqiy asosi sifatida namoyon bo‘ldi.
Qonunning  demokratik  qadriyatlar  asosida  ishlab  chiqilganligi


“Ijtimoiy  sheriklikning  asosiy  prinsiplari”  deb  nomlangan  4-moddasida 
o‘z 
isbotini 
topgan: 
“Ijtimoiy 
sheriklikning 
asosiy 
prinsiplari 
quyidagilardan  iborat:  qonunga  bo‘ysunish;  teng  huquqlilik;  ochiqlik  va 
shaffoflik; 
hammaboplik; 
mustaqillik; 
xolislik; 
o'zaro 
hurmat, 
manfaatlaming  inobatga  olinishi  va  mas’uliyat;  majburiyatlar qabul 
qilishning ixtiyoriyligi”.
Qonunda 
ijtimoiy  sheriklik  sohalari 
sifatida  quyidagilaming 
belgilanishi 
uning, 
asosan, 
aholi 
turmush 
darajasini 
oshirishga 
qaratilganini ifodalaydi:
-  aholini  ijtimoiy  muhofaza  qilish,  qo'llab-quwatlash  va  uning 
ijtimoiy faolligini oshirish;
-  aholining  bandligini  ta’minlash,  kicnik  biznes  va  xususiy 
tadbirkorlikni,  fermerlikni rivojlantirish;
-  atrof-muhitni,  aholining  sog'lig'ini  muhofaza  qilish  va  sog'lom 
turmush tarzini qaror toptirish;
-  har  tomonlama  barkamol  va  sog'lom  yosh  avlodni  shakllantirish, 
yoshlarga  bilim  berish,  ulami  ma’naviy-axloqiy  jihatdan  tarbiyalash  va 
kasbga yo'naltirish;
-  onalik  va  bolalikni,  shuningdek,  xotin-qizlaming  huquqlarini 
himoya  qilish,  ulaming  mamlakat  ijtimoiy-siyosiy,  sotsial-iqtisodiy, 
madaniy  hayotida  to'laqonli  ishtirok  etishini  ta’minlash,  sog'lom  oilani 
shakllantirish;
- fan, ta’lim, axborotlashtirish, madaniyat vasportni rivojlantirish;
- aholining huquqiy  bilimlari,  huquqiy ongi  va huquqiy  madaniyatini 
yuksaltirish,  fuqarolik  jamiyati  va  demokratik  huquqiy  davlat  asoslarini 
mustahkamlash;
-  millatlararo,  madaniyatlararo  totuvlik  va  fuqarolar  totuvligi 
g'oyalarini  mustahkamlash,  ko'p  asrlik,  an’anaviy  ma’naviy-axloqiy 
hamda tarixiy-madaniy qadriyatlami tiklash va saqlash;
- iste’molchilaming huquqlarini himoya qilish.
Qonunning  6-moddasida  ijtimoiy  sheriklikning  asosiy  shakllari 
XMTning  konvensiyalari,  rivojlangan  mamlakatlar  tajribasi  va  milliy 
an’analar uyg'unligi asosida shakllantirilib, ular quyidagicha ifodalandi:
-  nodavlat  notijorat  tashkilotlarining  va  fuqarolik  jamiyati  boshqa 
institutlarining  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlantirish  dasturlarini  ishlab  chiqish 
hamda amalga oshirishda ishtirok etishi;
-  nodavlat  notijorat  tashkilotlarining  va  fuqarolik  jamiyati  boshqa 
institutlarining normativ-huquqiy hujjatlami  ishlab chiqish  hamda amalga 
oshirishda ishtirok etishi;


-  nodavlat  notijorat  tashkilotlari  va  fuqarolik  jamiyati  boshqa 
institutlari  vakillarining  davlat  organlari  huzuridagi  ishchi  guruhlar, 
komissiyalar va jamoatchilik-maslahat organlari  faoliyatida ishtirok etishi;
-  ijtimoiy  sheriklik  subyektlari  tomonidan  birgalikda  tadbirlar, 
maslahatlashuvlar va muzokaralar o'tkazish;
-  ijtimoiy  sheriklik  subyektlari  tomonidan  ijtimoiy  sheriklik 
to‘G‘risida  bitimlar  va  shartnomalar  (bundan  buyon  matnda  bitimlar  va 
shartnomalar  deb  yuritiladi)  tuzish,  birgalikdagi  loyihalar  va  rejalami 
ishlab chiqish hamda amalga oshirish;
-  ijtimoiy  sheriklik  subyektlari  o'rtasida  o'zaro  qo'llab-quwatlash, 
axborot almashish.
Qonunda  O'zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisi  huzuridagi 
Nodavlat  notijorat  tashkilotlarini  va  fuqarolik  jamiyatining  boshqa 
institutlarini  qo'llab-quw atlash  jamoat  fondi,  uning  mablaG'larini 
boshqarish  bo'yicha parlament  komissiyasi  va  ulaming vazifalariga oid 
normalar ham o 'z  aksini topdi.
Qonunning  yana  bir  o 'ta   muhim  yangiligi  -   bu  Qoraqalpog'iston 
Respublikasi  Jo'qorg'i  Kengesi,  xalq  deputatlari  viloyatlar va Toshkent 
shahar  Kengashlari  huzurida  jamoat  fondlari  hamda  ijtimoiy  sheriklik 
bo'yicha  jamoat  komissiyalari  tuzilishi  hisoblanadi.  Albatta,  bu 
joylardagi  nodavlat  notijorat  tashkilotlarining  va  fuqarolik  jamiyati 
boshqa  institutlarining  tashabbuslarini  rivojlantirish  hamda  rolini 
kuchaytirish,  shuningdek,  ulaming  joylarda  sotsial  va  ijtimoiy 
ahamiyatga  molik  masalalami  hal  etishdagi  ishtirokini  rag'batlantirish, 
mahalliy  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlantirish  dasturlarini  ishlab  chiqish 
hamda  amalga  oshirishga, 
gumanitar  masalalami 
hal  etishga, 
fuqarolaming  huquqlari,  erkinliklari  va  qonuniy  manfaatlarini  himoya 
qilishda kuchli turtki bo'lib xizmat qiladi.
Qonun  hayotda  to'laqonli  va  samarali  ishlashi  uchun  ijtimoiy 
sheriklik  sohasidagi  tadbirlami  moliyalashtirish  asoslari  ham  aniq  va 
tiniq  mustahkamlab  qo'yildi.  Unga asosan  ijtimoiy sheriklik  sohasidagi 
tadbirlami  moliyalashtirish:  O'zbekiston  Respublikasining  Davlat 
byudjeti  va  davlat  maqsadli  jamg'armalari  mablag'lari;  ijtimoiy 
sheriklik  subyektlarining  o 'z   mablag'lari;  yuridik  va  jismoniy 
shaxslaming  homiylik  xayriyalari  hisobidan  amalga  oshiriladi.  Ijtimoiy 
sheriklik  sohasidagi  tadbirlami  moliyalashtirish  qonun  hujjatlarida 
ta’qiqlanmagan  boshqa  manbalar  hisobidan  ham  amalga  oshirilishi 
mumkin.
Masalaning  yana  bir  muhim  tomoni  -   bu 
qonunda  davlat


organlarining 
ijtimoiy 
sheriklik 
sohasidagi 
huquqlari 
va 
majburiyatlarining aniq belgilab qo‘yilganidir.  Davlat organlari  ijtimoiy 
sheriklik  sohasida  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlantirish  dasturlarini  va 
normativ-huquqiy  hujjatlarni  ishlab  chiqish  hamda  amalga  oshirishga 
nodavlat  notijorat  tashkilotlarini  va  fuqarolik  jamiyatining  boshqa 
institutlarini  jalb  etishga,  ular  bilan  birgalikda  ishchi  guruhlar  hamda 
komissiyalar  tuzishga,  ulami  davlat  organlari  huzuridagi  jamoatchilik- 
maslahat  organlari  ishida  ishtirok etishini  ta’minlashga;  bitimlar hamda 
shartnomalar  tuzishga,  ijtimoiy  sheriklik  doirasida  berilgan  davlat  pul 
mablag'laridan  va boshqa mol-mulkdan  maqsadli  foydalanilishi  ustidan 
qonun  hujjatlariga  muvofiq  nazoratni  amalga  oshirish  kabilarga 
haqlidirlar.
Davlat organlariga mazkur qonunda faoliyatining nodavlat notijorat 
tashkilotlari  va  fuqarolik  jamiyati  boshqa  institutlarini  qo'llab- 
quvvatlashni  talab  qiladigan  ustuvor  yo'nalishlarini  aniqlashi,  ularga 
ijtimoiy  sheriklikda  ishtirok  etishi  uchun  shart-sharoitlar  yaratishi, 
mazkur  institutlaming  tashabbuslari  hamda  takliflarini  ко‘rib  chiqishi, 
zarur  hollarda  jamoatchilik  muhokamasini  tashkil  etishi,  ijtimoiy 
sheriklik sohasidagi  bitimlar  va shartnomalar,  dasturlar hamda  loyihalar 
bo‘yicha  majburiyatlaming  bajarilishini  ta’minlashi  shartligi  kabi 
majburiyatlar yuklatilgan.
Qonunning  qabul  qilinganligi  ijtimoiy  sheriklik  asosiy  shakllarini 
amalga  oshirishning  va  davlat  tomonidan  qoMlab-quwatlashning 
ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlantirish 
dasturlarini  va  normativ-huquqiy 
hujjatlarni  ishlab  chiqish  hamda  amalga  oshirishga  nodavlat  notijorat 
tashkilotlarini  va  fuqarolik  jamiyatining  boshqa  institutlarini  jalb 
etishni,  birgalikda  ishchi  guruhlar  hamda  komissiyalar  tuzish  tartibini 
belgilab  beruvchi  tashkiliy-huquqiy  mexanizmlarini  mustahkamlovchi 
qonunosti  hujjatlarini  ishlab  chiqishni,  joylardagi  mahalliy  Kengashlar 
huzurida  jamoat  fondlari  hamda  ijtimoiy  sheriklik  bo'yicha  jamoat 
komissiyalarini  tuzishni,  davlat organlaridan  ijtimoiy  sheriklik sohasida 
faoliyatning nodavlat notijorat tashkilotlari  va  fuqarolik jamiyati  boshqa 
institutlarini  qo‘llab-quwatlashni  talab qiladigan ustuvor yo‘nalishlarini 
aniqlashni,  davlat  organlari  huzurida jamoatchilik-maslahat  organlarini 
tashkil  qilishni,  o ‘zlariga  yuklatilgan  vazifalami  samarali  tashkil  qilish 
bo‘yicha  qonunosti  hujjatlarini  qabul  qilishni  hamda  tezkorlik  bilan 
qonunda  belgilangan  majburiyatlarini  ijro  etish  mexanizmlarini  yo‘lga 
qo‘yishga,  o ‘z  idoraviy  ichki  hujjatlarini  Qonunga  moslashtirishni 
taqozo etadi.


Xulosa  qilib  aytganda,  qonun  ijtimoiy  sheriklikni  rivojlantirish 
uchun 
qulay 
huquqiy 
maydon 
yaratishga, 
fuqarolik  jamiyati 
institutlarini  yanada  rivojlantirish,  ulaming  jamiyatimizdagi  o‘mi  va 
nufuzini  yuksaltirish,  mamlakatimizni  modemizatsiya  qilish  va  isloh 
etish jarayonida  nodavlat  notijorat  tashkilotlarini  yanada  faollashtirish, 
amalga  oshirilayotgan  islohotlaming  ochiq-oshkoraligini  ta’minlashda 
mazkur  institutlar  rolini  kuchaytirish,  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlanishga 
doir  dasturlami  hayotga  tatbiq  etish,  ijtimoiy  muammolarni  hal  etish, 
aholi  turli  qatlamlarining  huquqlari,  erkinligi  hamda  manfaatlarini 
himoya  qilishda  nodavlat  notijorat  tashkilotlari  va  fuqarolik  jamiyati 
boshqa institutlarining davlat organlari  bilan o'zaro hamkorligi  bo'yicha 
tashkiliy-huquqiy mexanizmlami takomillashtirishga xizmat qiladi.
“Ijtimoiy  sheriklik  to‘g‘risida”gi  Qonunning  muhim  jihati  uning 
fuqarolik  jamiyati  institutlari  -   NNTga  jamiyatda  ijtimoiy  sheriklikni 
amalga  oshirish,  unga  hissa  qo'shish,  jamiyatda  adolat  prinsiplarini 
o'm atish  kabi  demokratik  qadriyatlaming  rivojlanishi  uchun  shart- 
sharoitlar  yaratishidir.  Uning  15-moddasida  O'zbekiston  Respublikasi 
Oliy  Majlisi  huzuridagi  Nodavlat  notijorat  tashkilotlarini  va  fuqarolik 
jamiyatining  boshqa  institutlarini  qo'llab-quwatlash  jamoat  fondining 
asosiy vazifalari sifatida quyidagilar ifodalandi:

O'zbekiston 
Respublikasining 
Davlat 
byudjetidan, 
qonun 
hujjatlarida  ta’qiqlanmagan  boshqa  manbalardan  olinadigan  mablag'lami 
jamlaydi,  bu  mablag'lar  nodavlat  notijorat  tashkilotlari  va  fuqarolik 
jamiyatining  boshqa  institutlari  faoliyatini  rivojlantirishni  rag'batlantirish 
hamda qo'llab-quvvatlashga,  ijtimoiy,  iqtisodiy, gumanitar masalalami hal 
etishda  ulaming  ishtirok  etishiga  qaratilgan  dasturlami  amalga  oshirish 
uchun taqsimlanishini tashkil etadi;
-  mablag'lami  keyinchalik  nodavlat  notijorat  tashkilotlarini  va 
fuqarolik 
jamiyatining 
boshqa 
institutlarini 
qo'llab-quvvatlashga 
taqsimlash  uchun  Qoraqalpog'iston  Respublikasi  Jo'qorg'i  Kengesi,  xalq 
deputatlari  viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari  huzuridagi  nodavlat 
notijorat  tashkilotlarini  va  fuqarolik  jamiyatining  boshqa  institutlarini 
qo'llab-quwatlash jamoat fondlariga yo'naltiradi;
-  nodavlat  notijorat  tashkilotlarining  va  fuqarolik  jamiyati  boshqa 
institutlarining  moddiy-texnika  bazasini  mustahkamlash,  ularga  huquqiy, 
maslahat,  tashkiliy,  texnik jihatdan  va boshqa xil  yordam ko'rsatish bilan 
bog'liq dasturlar hamda loyihalami amalga oshirishda ko'maklashadi.
“Ijtimoiy  sheriklik to 'g ‘risida”gi  qonunning  ijrosi  sifatida fuqarolik 
jamiyati  institutlari  faoliyatini  rag'batlantirish  maqsadida  O'zbekiston


Respublikasi 
Oliy 
Majlisi 
Qonunchilik 
palatasi 
va 
Senati 
Kengashlarining “Nodavlat-notijorat 
tashkilotlarini, 
fuqarolik 
jamiyatining  boshqa  institutlarini  qo'llab-quwatlashni  kuchaytirish 
chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qo‘shma qarori  qabul qilinib,  unga binoan 
0 ‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisi  Jamoat  fondi  va  Parlament 
komissiyasi  tashkil  etildi.  Parlament  komissiyasi  tarkibiga  0 ‘zbekiston 
Respublikasi  Oliy  Majlisi  Qonunchilik  palatasi  deputatlari,  Senat 
a’zolari, O ‘zbekiston Respublikasi  Adliya va Moliya vazirliklari tegishli 
tuzilmalari,  nufuzli  nodavlat notijorat tashkilotlari  va fuqarolik jamiyati 
boshqa  institutlari  vakillari  kiradigan  bo'ldi.  Shuningdek,  Jamoat  fondi 
tomonidan  ijtimoiy  ahamiyatga  molik  loyihalar  quyidagi  yo'nalishlar 
bo'yicha moliyalashtirilishi belgilab qo'yildi:
Birinchi  yo‘nalish,  nodavlat  notijorat  tashkilotlaming  aholini  ish 
bilan ta’minlashning muhim yo'nalishi  sifatida kichik va oilaviy biznes, 
xususiy  tadbirkorlik  va  kasanachilik  hamda  xalq  hunarmandchiligini 
rivojlantirish 
bo‘yicha 
mamlakatimizda 
amalga 
oshirilayotgan 
kompleks chora-tadbirlardagi  ishtirokini  faollashtirish.
Ikkinchi yo‘nalish,  yoshlar o ‘rtasida sog‘lom turmush tarzi tamoyil- 
larini  qaror  toptirish,  yoshlarda  sog‘lom  va  mustahkam  oila  qurishga 
intilishni  shakllantirish,  ulami  giyohvandlik,  axloqsizlik  hamda 
tashqaridan kirib keluvchi  “ommaviy madaniyat” tahdidlari va ta’sirlari- 
dan asrab qolishga doir kompleks chora-tadbirlami amalga oshirish.
Uchinchi  yo'nalish,  aholining  ekologik  savodxonligini  oshirish, 
ekologik  noqulay  hududlarda,  shu  jumladan,  Orolbo‘yida  aholini  toza 
ichimlik  suvi  bilan  ta’minlash.  Bunda  suv,  yer  resurslaridan  oqilona 
foydalanish,  suv  obyektlari  va  havoning  ifloslanishi  darajasini 
kamaytirish bo‘yicha targ'ibot ishlarini tashkil etish.
To‘rtinchi  yo‘nalish,  nogironlarga  ta’lim  berish  va  tarbiyalash 
uchun  qulay  sharoitlar  yaratish,  ulami  har  xil  kasblarga  o‘qitish, 
huquqiy  bilimini  oshirish,  ulaming  jamiyatlari  va  uyushmalarini 
moddiy-texnik  jihatdan  mustahkamlash,  aholining  ijtimoiy  himoyaga 
muhtoj qatlamini qoMlab-quwatlash.
2017-yilning  o'zida  parlament  huzuridagi  jamoat  fondi  “uchinchi 
sektor”  subyektlarining 264  dan ortiq  dastur  va  loyihalariga  davlat 
byudjeti  mablag'lari  hisobidan  12,7  mlrd.  so‘m miqdoridagi  mablag'lar 
ajratdi. 
NNTlar 
va 
fuqarolik  jamiyati 
institutlari 
Harakatlar 
strategiyasini,  “Xalq  bilan  muloqot  va  inson  manfaatlari  yili”  Davlat 
dasturini  amalga  oshirish,  aholining  ehtiyojmand  qatlamlarini  qo‘llab- 
quw atlash,  barkamol  yosh  avlodni  tarbiyalash,  sog'lom  turmush tarzini


qaror  toptirish,  atrof-muhitni  muhofaza  qilish  va  jamiyatda  huquqiy 
madaniyatini  yuksaltirishga  qaratilgan 5700 dan  ortiq  turli  tadbirlami 
tashkil  etdi.  2017  yilning  o ‘tgan  davrida  hududlardagi  dolzarb  ijtimoiy 
va  iqtisodiy  vazifalarni  amalga  oshirish  maqsadida 248  ta NNT  va 
fuqarolik  jamiyatining  boshqa  institutlari  loyiha  va  dasturlari  davlat 
granti shaklida 6 030 mln so‘mga qo‘llab-quvvatlandi.
Ajratilgan  davlat  grantlari  natijasida hududlarda  112  ta o‘quv  kursi 
va markazlar tashkil  etilgan.  Mazkur markazlarda  5145  kishi  o ‘z kasbiy 
malakalarini  oshirgan.  Turli  xildagi  3003  ta  tadbirlar  o‘tkazilib,  ularda 
128 431  kishi ishtirok etgan. Moddiy-texnik bazasi  776 dona zamonaviy 
axborot-kommunikastiya  texnikasi  hamda  o‘quv  ishlab  chiqarish 
jihozlari  bilan  mustahkamlandi.  439  ta  yangi  ish  o ‘rinlari  yaratilgan. 
Davlat  ijtimoiy  buyurtmasi  doirasida  148  ta  tadbirlar  o‘tkazilgan  va 
ularda 10 mingdan ortiq kishi ishtirok etgan.
Ayollar  tadbirkorligini  rivojlantirish  maqsadida  amalga  oshirilgan 
loyihalar  natijasida  kasbiy  ko‘nikmalarga  ega  boMgan  tinglovchilardan
-  655  qiz  va  ayollar  ishga joylashtirildi, 72  ta  ayol xususiy tadbirkorlik 
yo'nalishida  faoliyatini  boshladi.  Ekologiya  va  atrof-muhitni  asrash 
borasida 800  dan ortiq  ijtimoiy  targ'ibot  bannerlarining  shahar  va 
tuman,  qishloq  va  ovullar  markazlariga,  istirohat  bog'lari,  ta’lim 
muassasalariga o‘matilib, atrof-muhitni, o ‘simlik va hayvonot dunyosini 
asrab-avaylash  borasida  ekologik  madaniyatni  yanada  yuksaltirishda 
samarali  xizmat  qilmoqda.  Atrof-muhit  holatining  inson  salomatligi 
bilan  o'zaro  munosabati,  jamoatchilik  ekologik  nazoratini  amalga 
oshirish bo'yicha 4 ta uslubiy qo'llanm a tayyorlangan.
Loyihalami  amalga  oshirish  jarayonida  jamiyatda  ijtimoiy- 
m a’naviy  barqarorlikni,  tinchlik  xotirjamlikni,  millatlararo  va  dinlararo 
bag'rikenglikni 
mustahkamlash, 
ertangi 
kunga 
ishonch 
va 
yaratuvchanlik  muhitini  ta’minlash  masalalarida  do'stlik jamiyatlari  va 
milliy madaniy markazlar bilan ijtimoiy sheriklik kuchaytirildi.
Jamiyatda  ijtimoiy  sheriklikni  rivojlantirish,  shu  asosda  fuqarolik 
jamiyatiga  xos  mehnat  munosabatlarini  rivojlantirishda  O'zbekiston 
Respublikasi Prezidentining 2017-yil mayda qabul qilgan “Bandlik sohasida 
davlat  siyosatini  yanada  takomillashtirish  va  mehnat  organlari  faoliyati 
samaradorligini  tubdan  oshirish  chora-tadbirlari  to‘g ‘risida”gi  farmoni 
muhim  ahamiyat  kasb  etdi.  Farmonda  hozirgi  davrdagi  bandlik 
sohasidagi  holat  quyidagicha  baholandi:  “Bandlik  sohasidagi  mavjud 
muammolarni  hal  etishda  haligacha  eskirgan  ish  shakllari  va 
uslublaridan  foydalanilmoqda,  mehnat  bozoridagi  haqiqiy  vaziyatni
354


buzib  ko‘rsatish  hollari  saqlanib  qolmoqda,  muhim  ijtimoiy  masala 
hisoblangan  oliy  va  o‘rta  maxsus,  kasb-hunar  ta’limi  muassasalarining 
bitiruvchilarini  ishga  joylashtirishga  yuzaki  yondashuv  holatlari 
uchramoqda.  Aholi  bandligini  ta’minlash  masalalarida  joylarda 
mahalliy  ijro  hokimiyati  organlari,  davlat  va  xo'jalik  boshqaruvi 
organlari,  ta’lim  muassasalari,  fuqarolaming  o'zini  o‘zi  boshqarish 
organlari  va  keng  jamoatchilik  o‘rtasida  o ‘zaro  hamkorlik  va 
javobgarlik  mexanizmlaridan  yaxshi  foydalanilmayapti.  Yangi  tashkil 
etilgan  barqaror  ish  o'rinlari  sonining  mehnat  bozori  talablariga  mos 
kelmasligi 
mehnat 
bozorida 
muvozanatlilikning 
buzilishiga, 
respublikamizning  ayrim  mintaqalarida  ishsizlik  darajasining  oshib 
ketishiga,  noqonuniy  mehnat  migratsiyasi  va  norasmiy  bandlikning 
o'sishiga olib kelmoqda”.
Farmonga  muvofiq,  0 ‘zbekiston  Respublikasi  Mehnat  vazirligi 
O ‘zbekiston  Respublikasi  Bandlik  va  mehnat  munosabatlari  vazirligi 
etib  qayta  tashkil  qilindi.  Farmonda  0 ‘zbekiston  Respublikasi  Bandlik 
va  mehnat  munosabatlari  vazirligining  asosiy  vazifalari  va  faoliyat 
yo‘nalishlari  etib,  jumladan,  yangi  ish  o‘rinlari  yaratilishiga  davlat 
buyurtmalarini  ishlab chiqish,  hududiy va tarmoqlar bandlik dasturlarini 
amalga  oshirishni  muvofiqlashtirish,  oliy  va  o‘rta  maxsus,  kasb-hunar 
ta’limi  muassasalari  bitiruvchilarining  bandligini  ta’minlash,  kam 
ta’minlangan  oilalarga  nafaqa  va  moddiy  yordam  o‘z  vaqtida  to‘lanishi 
monitoringini amalga oshirish va boshqalar belgilandi.
Farmonda 2018-yilning  1-yanvaridan boshlab kasb-hunar kollejlari, 
akademik  litseylar  va  oliy  ta’lim  muassasalarining  birinchi  marotaba 
ishga  joylashgan 
bitiruvchilari, 
agar  ular  ta’lim 
muassasasini 
tamomlagan  kundan  boshlab  uch  yildan  ortiq  vaqt  o‘tmagan  bo‘lsa, 
ishga joylashganidan keyin birinchi yil davomida ish haqidan olinadigan 
daromadlari  bo‘yicha  yagona  ijtimoiy  to‘lovning  o ‘matilgan  stavkasini 
50  foizga,  ulaming  ikkinchi  va  uchinchi  yil  davridagi  ish  faoliyati 
bo‘yicha 25  foizga kamaytirish belgilandi.
Shuningdek, 
mazkur  farmon  ijrosini  ta’minlash  maqsadida 
0 ‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  “0 ‘zbekiston  Respublikasi 
Bandlik  va  mehnat  munosabatlari  vazirligi  faoliyatini  tashkil  etishga 
doir chora-tadbirlar to‘g‘risida” qarori qabul qilindi.
Fuqarolami 
ishga  joylashtirishda 
sifatli 
va 
qulay 
xizmat 
ko‘rsatishni 
ta’minlash 
maqsadida 
0 ‘zbekiston 
Respublikasi 
Prezidentining ushbu qarori bilan quyidagilar ko‘zda tutilgan:
-mehnat  organlari  tomonidan  “yagona  darcha”  tamoyilida  davlat


xizmatlari  ko'rsatishning  prinsipial  yangi  tizimini  joriy  etish,  bunda 
ishga  joylashtirish  va  bandlikni  ta’minlash  bo'yicha  kompleks 
xizmatlarni  aholi  uchun  qulay  bo'lgan  joylarda,  shu  jumladan, 
fuqarolaming  o'zini  o'zi  boshqarish  organlarida  ko'rsatish  va  bunda 
internet imkoniyatlaridan keng foydalanish;
-Tashqi 
mehnat 
migratsiyasi 
agentligining 
fuqarolami 
tashkillashgan  holda  xorijda  ishga joylashtirishni  ta’minlovchi  filiallari 
tarmoG'ini kengaytirish masalasini ko'rib chiqish.
Qarorda 
bandlikka 
ko'maklashish 
davlat 
jamg'armasini 
moliyalashtirish  manbalari  va  ulami  sarflashning  asosiy  yo'nalishlari 
belgilandi.  Ular jumlasiga  ishsizlami,  oliy  va  o'rta  maxsus,  kasb-hunar 
ta’limi  muassasalari  bitiruvchilarini  ishga joylashtirish va ulami moddiy 
qo'llab-quwatlash  bo'yicha  qonunchilik  bilan  o'm atilgan  kafolatlami 
amalga  oshirish,  band  bo'lmagan  aholini  kasb-hunarga  o'qitish,  qayta 
tayyorlash  va  ijtimoiy  himoyalashga  doir  sifatli  xizmatlar  ko'rsatish, 
mehnat  organlarining  moddiy-texnika  ta’minotini  mustahkamlash 
bo'yicha xarajatlami  moliyalashtirish kiradi.
Qarorga  binoan  mehnat  resurslari  ko'p  bo'lgan  tumanlarda  band 
bo'lmagan  aholini 
kasb-hunarga  o'qitish,  qayta  tayyorlash  va 
malakasini  oshirish  ishlarini  amalga  oshiradigan  tayanch  kollejlarining 
ro'yxati  tasdiqlandi.  Mazkur  kollejlar  band  bo'lmagan  aholini 
o'zlarining  asosiy  ta’lim  berishdan  bo'sh  vaqtlarida,  hududlaming 
ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlantirish  talablaridan kelib chiqqan  holda mehnat 
bozorida  talab  yuqori  bo'lgan  mutaxassislik  va  yo'nalishlar  bo'yicha 
o'qitishi belgilab qo'yildi.
Albatta,  mazkur  Prezident  farmoni  va  qarori  mamlakat  ijtimoiy 
hayotidagi  qator  muammolami  hal  etish,  davlat  organlari  bilan  aholi 
o'rtasidagi  ijtimoiy  sheriklikni  rivojlantirishning  huquqiy  asosi  sifatida 
fuqarolik jamiyatiga xos bo'lgan mehnat munosabatlarini  shakllantiradi, 
davlat  siyosatining  aw alam bor  insonga,  uning  ijtimoiy  ahvolini 
yaxshilashga  qaratilayotganligini  ifodalaydi.  Shu  bilan  birga,  qabul 
qilingan  mazkur  huquqiy  asoslar  bandlik  sohasida  davlat  siyosatini 
yanada  takomillashtirish,  band  bo'lmagan  aholini,  ayniqsa,  yoshlami 
ishga  joylashtirish  bo'yicha  chora-tadbirlar  samaradorligini  oshirish, 
mehnat huquqlarini himoya qilish va mehnat muhofazasini  kuchaytirish, 
aholi  bandligini  ta’minlash  bo'yicha  muvofiqlashtirilgan  samarali 
ishlami  amalga  oshirishda  davlat  va  xo'jalik  boshqaruvi  organlari, 
mahalliy ijro hokimiyati  organlarining mas’uliyatini tubdan  kuchaytirish 
omili  bo'lishi muqarrardir.



Download 11,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish