T. N. Xojiyev 0 ‘zMUo'qituvchisi



Download 11,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet206/236
Sana30.12.2021
Hajmi11,46 Mb.
#98176
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   236
Bog'liq
Fuqarolik jamiyati A. O`tamurodov 2018

Tayanch  so ‘ziar:  ijtimoiy  sheriklik,  mehnat,  mehnat  munosabatlari, 
jamoaviy  mehnat  muzokaralari,  kasaba  uyushmalari,  ish  bilan  bandlik, 
davlat  ijtimoiy  siyosati,  ish  beruvchi,  ishlovchi,  nodavlat  notijorat 
tashkilotlar,  ijtimoiy mehnat shartnomalari, Xalqaro mehnat tashkiloti.
1.  Ijtimoiy sheriklik institutining shakllanishi va  uning 
xalqaro huquqiy asoslari
Ijtimoiy  sheriklik  masalasi  bir  necha  asrlardan  buyon  jamiyatda 
adolatni  ta’minlash,  korxona,  tashkilot,  mulk egalari  bilan  ishlovchilar-  
ishchilar,  xodimlar,  xizmatchilar  o'rtasidagi  munosabatlami  inson 
huquq  va  erkinliklari  prinsiplari  asosida  rivojlanib  va  takomillashib 
kelmoqda.  Bu  sohadagi  muammolar  va  masalalar  yechimi,  adolatga 
erishish  prinsiplari,  mehnat  munosabatlarini  demokratik  qadriyatlar 
talablari  asosida  yo'lga  qo‘yish  kabilarning  huquqiy  jihatlarini 
BMTning 
Xalqaro 
mehnat 
tashkiloti 
(XMT) 
muvofiqlashtirib 
kelmoqda.  U  1919-yilda  tuzilgan  bo'lib,  1946-yildan  buyon  BMT 
tarkibida  faoliyat  yuritmoqda.  XMT  qabul  qilgan  konvensiyalar  va 
tavsiyalar  aksariyat  mamlakatlar  qonunchiligi  va  amaliyotiga  qoMlanib 
kelinmoqda.
XMT  o‘z  faoliyatida  ijtimoiy  adolat,  inson  huquq  va  erkinliklarini 
ro‘yobga  chiqarish,  insonning  mehnat  erkinligi,  mehnat  jarayonida 
ijtimoiy  ahvolni  yaxshilash,  ish  bilan  bandlik  uchun  shart-sharoitlami 
yaxshilash  masalalarini  hal  etishga  o ‘zining  katta  hissasini  qo'shib 
kelmqda.  Mehnatni  xalqaro huquqiy muvofiqlashtirish sohasida -  davlat 
hokimiyati  organlari, 
tadbirkorlar  va  mehnatkashlar  o ‘rtasidagi 
kelishuvchilik  va  sheriklikni  ta ’minlash  uchun  doimiy  izlanish  va 
faoliyat  ko‘rsatish  XMTning  asosiy  maqsad  va  vazifasi  hisoblanadi. 
XMT  mehnatni  muvofiqlashtirish  va  o‘zaro  kelishuvlarga  doir  180  ta


konvensiya  va  190  ta  tavsiyalar  qabul  qilgan  boMib,  ular  mehnatni, 
ijtimoiy-iqtisodiy  va  kasbiy  masalami  muvofiqlashtirishga  qaratilgan. 
Ana  shu  konvensiya  va  tavsiyalarda  ko‘zda  tutilgan  mehnat  me’yorlari 
Xalqaro mehnat kodeksini tashkil etadi.
XMTning  muhim  konvensiyalariga  quyidagilar  kiradi:  1948-yilda 
qabul  qilingan  “Uyushmalar  erkinligi  va  uyushishga  huquqni  himoya 
qilish”  (№  87)  konvensiyasida  barcha  mehnatkashlar  va  tadbirkorlami 
uyushmalar tuzish,  hech  kimdan  ruhsat olmasdan  ularga  kirish,  faoliyat 
tartiblarini 
o'm atishga  qaratildi. 
Konvensiya  davlat  hokimiyati 
organlarining  mehnatkashlar  va  tadbirkorlar  uyushmalari  faoliyatiga 
aralashishini ta’qiqlaydi.
1949-yilda  qabul  qilingan  “Uyushishga  va  jamoaviy  muzokaralar 
olib  borishga  huquqlar  prinsiplarini  q o‘llash  to‘G ‘risida”  (№  98) 
konvensiyasi 
mehnatkash laming 
mehnat 
sohasidagi 
birlashish 
erkinligini  cheklaydigan  har  qanday  kamsituvchi  harakatlarga  qarshi 
tegishli  ravishda  himoya  qiladi.  Bunday  himoya  mehnatkash  kasaba 
uyushmasi  a’zoligiga kirmagan yoki  undan chiqqan taqdirda ishga qabul 
qilish  yoki  ish  joyini  saqlab  qolish  shartlariga  nisbatan,  mehnatkash 
kasaba  uyushmasi  a’zosi  ekanligi  yoki  kasaba  uyushmasi  faoliyatidagi 
ishtiroki  sababli  uni  ishdan  bo‘shatish  yoxud  unga  boshqa  biror-bir 
ziyon yetkazishdan himoya qilishda qo‘llaniladi.
1978-yilda  qabul  qilingan  “Mehnat  masalalarini  muvofiqlashtirish 
to‘g‘risida:  uyushish,  roli,  funksiyalari”  (№150)  konvensiyasida 
XMTga  a’zo  davlat  mehnat  masalalarini  muvofiqlashtirish,  undagi 
funksiyalar  va  majburiyatlarni  samarali  tashkil  etish  tizimini  yaratishi 
lozim.  Bu  tizim  doirasida  davlat  hokimiyati  organlari  zimmasiga 
tadbirkorlar  bilan  mehnatkashlar  o‘zaro  muzokaralar,  hamkorlik, 
maslahatlar  berishni  uyushtirish  kabilami  tashkil  etish  vazifasi 
yuklanadi.
1981-yilda qabul  qilingan “Jamoaviy  muzokaralarga ko‘maklashish 
to‘g‘risida”gi  (.№154)  konvensiyasida  iqtisodiy  faoliyatning  barcha 
tarmoqlariga  “jamoaviy  muzokaralami  tatbiq”  qo‘llanilishi  nazarda 
tutiladi.  Bu  muzokaralar.  bir  tomondan,  tadbirkorlar,  tadbirkorlar 
guruhlari  va,  ikkinchi  tomondan,  mehnatkashlar  bitta  yoki  bir  necha 
uyushmalari tomonidan quyidagi maqsadlarda o'tkaziladi:
-  jamoaviy  muzokaralaming  barcha  ish  beruvchilar  va  barcha 
mehnatkashlar uchun o‘tkazish imkoniyati bo'lishi;
-  mehnat va ish bilan ta’minlanish  shartlarini  belgilash  uchun tatbiq 
etish;


-  ish 
beruvchilar  va  mehnatkashlar  uyushmalari  o‘rtasida 
kelishilgan tartibotlar qoidalari  ishlab chiqilishini  rag'batlantirish;
-jam oaviy muzokaralami  olib  borish  uchun  ulami tartibga soluvchi 
qoidalar mavjud emasligi yoki  to‘sqinlik qilmasligi;
-  mehnat  nizolarini  hal  etish  organlari  va  tartibotlarini  jamoaviy 
muzokaralarga ko‘maklashadigan tarzda yaratilishiga qaratish.
Shu  tariqa,  XMTning  barcha  ijtimoiy-mehnat  masalalariga  doir 
konvensiyalari  va  tavsiyalarida  ijtimoiy  sheriklikning  mazmuni, 
mexanizmlari,  huquqlari  va  subyektlari  majbariyalariga  doir  qoidalar 
mujassamlashgan.
Ijtimoiy sheriklik -  bu  ish  beruvchi va ishlovchi  o'rtasidagi,  kasaba 
uyushmalari  tomonidan nazorat etiluvchi  o‘zaro  kelishuv jaryoni  bo'lib, 
unda  umumiy  ijtimoiy  maqsadlarga  erishishda  taraflar  manfaatlarining 
uyg‘unligini  ta’minlab  turuvchi  institutlar,  mexanizmlar  va jarayonlar 
tizimidir.  Ijtimoiy  sheriklik  keng  tushuncha  bo'lib,  uning  mazmunini 
turlicha  ifodalash  uchrab  turadi.  Ijtimoiy  sheriklik  -   bu  tor  doirada 
mehnat munosabatlarini  tashkil  etishning maxsus turi  hisoblanadi.  Keng 
ma’noda  esa -  bu  turli  ijtimoiy  guruhlaming  (menatkash,  ish  beruvchi, 
kasaba  uyushmalari,  davlat  hokimiyati  organlarining)  o ‘zaro  maxsus 
hamkorligi  bo'lib,  mazkur  hamkorlikka  qaratilgan  obyektning  qanday 
bo‘lishidan  qat’i  nazar,  ya’ni  nafaqat  mehnat  munosabatlari,  balki 
boshqa  sohalarda,  jumladan,  qonunchilikni  takomillashtirish,  ijtimoiy- 
iqtisodiy 
dasturlami 
amalga 
oshirish 
kabilar 
ham 
boMishi, 
manfaatlaming yagona bir sohadagi mushtarakligi tushuniladi.
Xalqaro mehnat standartlari yollanma mehnat tatbiq qilinishi,  uning 
shart-sharoitlari  yaxshilanishi,  mehnatni  muhofazalash,  xodimlaming 
shaxsiy  va  jam oaviy  manfaatlarini  himoya  qilish  bilan  bogMiq 
masalalaming  xalqaro  shartnomalar  yordamida  qat’iy  belgilanishini 
ifodalaydi.  Bunday  qat’iy  belgilanishning  rasmiy  ifodalanishi  BMT, 
Xalqaro 
mehnat 
tashkiloti 
(XMT), 
shuningdek, 
davlatlaming 
mintaqaviy birlashmalari  tomonidan  qabul  qilingan  hujjatlarida,  bundan 
tashqari, 
ulaming 
ikki 
tomonlama, 
ba’zida 
uch 
tomonlama 
shartnomalarida 
mustahkamlangan  me’yorlardan  iboratdir.  Ushbu 
standartlardan  ayrimlari  xalqaro-huquqiy  hujjatlarda  eng  muhim 
standartlar sifatida baholanadi.
Mehnat  sohasidagi  ijtimoiy  sheriklik  masalalariga  tegishli  eng 
muhim  xalqaro-huquqiy  hujjatlami  tahlil  qilib,  quyidagilarni  qayd 
qilish,  shu  asosda  ijtimoiy  sheriklik  sohasidagi  xalqaro  standartlami 
ulaming  mazmun-mohiyati  bo‘yicha  tasniflash  mumkin.  Ular  asosan


quyidagilami o 'z ichiga oladi:
a)  xodimlar va ish beruvchilaming birlashish erkinligi to‘G ‘risidagi 
standartlar  (Umumjahon  inson  huquqlari  Deklaratsiyasi,  Fuqarolik  va 
siyosiy  huquqlar  to‘G ‘risidagi  xalqaro  pakt,  Iqtisodiy,  ijtimoiy  va 
madaniy  huquqlar  to‘G‘risidagi  xalqaro  pakt,  Xalqaro  mehnat 
tashkilotining  87-sonli  konvensiyasi  va  159-sonli  tavsiyanomasi). 
Xususan,  ish  beruvchilar  uyushmalarining  huquqiy  maqomi  butun 
dunyoda  XMTning  “Birlashish  erkinligi  va  birlashish  huquqini  himoya 
qilish to‘G ‘risida”gi  87-sonli  Konvensiyasiga asoslanadi (1948-yil).
Konvensiya  mehnatkashlar  va  tadbirkorlarning  birlashmalar  tuzish 
va  ularga  a’zo  boMish  huquqini  nazarda  tutadi.  Ish  beruvchilarga 
nisbatan 
biror-bir 
farqsiz 
birlashma 
tuzish 
erkinligi 
tamoyili 
konvensiyani  ratifikastiya  qilgan  har  bir  mamlakat  qonunchiligi  va 
amaliyoti  barcha  ish beruvchilar  uchun istisno qilinmagan  va  imtiyozlar 
nazarda  tutilmagan  holda  teng  shart-sharoitlar  va  bunday  tashkilotlar 
tuzilishi  tartibi  belgilashini  anglatadi.  Ish  beruvchilaming  o‘z  tanlovi 
bo‘yicha 
tashkilotlar 
tuzish 
huquqi 
87-sonli 
konvensiyada 
mustahkamlangan  tamoyillardan  yana  biri  tegishlicha  birlashish 
huquqining  yana  bir  unsuri  deb  e’tirof  qilinishi  kerak.  Ushbu  huquq 
tashkilot  tuzilishi  va  tarkibini  tanlash,  uning  ustavi  va  faoliyat tartibini 
ishlab  chiqish,  harakatlar  dasturini  yaratish  (3-sonli  konvensiya), 
shuningdek,  federatsiyalar  va  konfederatsiyalar  tashkil  qilish  (5-sonli 
konvensiya)  bo‘yicha  vakolatlami  nazarda  tutadi.  Ish  beruvchilar 
amaldagi tashkilotlarga ulaming ustaviga bo‘ysunish yagona sharti  bilan 
a’zo boMish huquqiga ham egadirlar (2-sonli konvensiya);
b)  korxonalarda  mehnatkashlar  vakillari 
huquqlari 
standartlari 
(XMTning 
135-sonli 
konvenstiyasi, 
143-sonli 
tavsiyanomasi). 
“Korxonalarda  mehnatkashlar  vakillari  huquqlarini  himoya  qilish  va 
ularga  beriladigan  imkoniyatlar  to‘g‘risida”gi  135-sonli  konvenstiyada 
va  “Korxonalarda  mehnatkashlar  vakillari  huquqlarini  himoya qilish  va 
ularga  beriladigan  imkoniyatlar  to‘g‘risida”gi  143-sonli  tavsiyanomada 
mehnatkashlar  vakillari  tushunchasi  belgilab  berilgan,  ulaming  e’tirof 
qilinadigan  turlari  ko'rsatilgan,  ular  uchun  zarur  huquqlar  va  faoliyat 
imkoniyatlari,  ushbu huquqlar va imkoniyatlami  himoya qilish bo'yicha 
chora-tadbirlar mustahkamlangan;
c)  jam oa  muzokaralariga  doir  huquqlar  standartlari  (XMTning  98-, 
154-sonli  konvensiyalari,  XMTning  91-,  163-sonli  tavsiyanomalari). 
Xususan,  “Jamoa  muzokaralarini  tashkil  etish  va  yuritish  huquqi 
tamoyillarini  qoMlash  to‘g‘risida”gi  98-sonli  Konvensiyaning  4-


moddasida  mazkur  konvensiyani 
ratifikatsiya  qilgan 
mamlakat 
jamoaviy  muzokaralami  rivojlantirish  uchun  chora-tadbirlar  ko‘rishini 
nazarda 
tutadi. 
“Jamoa 
shartnomalari 
to‘g‘risida”gi 
91-sonli 
tavsiyanoma 
mehnat 
munosabatlarini 
tartibga 
solishda  jamoa 
shartnomalari  va  bitimlari  muhim  o ‘rin  egallashi  uchun  shart-sharoitlar 
yaratishga 
qaratilgan.  “Jamoa 
muzokaralariga 
ko'maklashish 
to‘g‘risida”gi  154-sonli  konvensiya  va  u  bilan  bog'liq  mehnat  shart- 
sharoitlarini,  bandlik  hamda  xodimlar  va  ish  beruvchilar  tashkilotlari 
o ‘rtasidagi 
munosabatlami 
belgilashga 
bag'ishlangan 
163-sonli 
tavsiyanoma  ijtimoiy  muloqotning  huquqiy  ta’minotida  muhim  rol 
o ‘ynaydi;
d) 
ijtimoiy  sheriklik  sohasidagi  standartlar  (XMTning  144-sonli 
konvensiyasi,  94,  113,  129,  152-sonli  tavsiyanomalari).  Masalan, 
“Korxona 
darajasida 
ish 
beruvchilar 
va 
xodimlar 
o'rtasidagi 
konsultatsiyalar  va  hamkorlik  to‘g‘risida”gi  94-sonli  tavsiyanoma  ish 
beruvchilar  va  xodimlar  o ‘rtasida  umumiy  manfaatlami  ifodalaydigan 
masalalar  bo'yicha  konsultatsiyalar  va  hamkorlik  tizimi  yoMga 
qo‘yilishini  belgilab  beradi.  Ijtimoiy  sheriklik  -   bu  nafaqat  jamoa 
shartnomalarini 
tuzish 
maqsadidagi 
muzokaralar, 
balki 
turli 
darajalardagi  doimiy jarayondan  iboratdir.  “Davlat hokimiyati  organlari 
hamda  ish  beruvchilar  va  xodimlar  tashkilotlari  o'rtasida  tarmoq  va 
milliy  miqyosdagi  maslahatlashuvlar  va  hamkorlik  to ‘g‘risida”gi  113- 
sonli  tavsiyanoma  bunday maslahatlashuvlar va  hamkorlik  iqtisodiyotni 
rivojlantirish, 
mehnat  shart-sharoitlarini  yaxshilash 
va  turmush 
darajasini  oshirish  maqsadida  amalga  oshirilishi  kerakligini  belgilab 
beradi.
Xorijiy 
davlatlaming 
bu 
yo'nalishdagi 
amaliyotga 
misol 
keltiradigan  boMsak,  ijtimoiy  sheriklikning  dastlabki  huquqiy  asoslari 
Belgiyada  1948-yilda,  Germaniyada  1952-yilda,  Avstriyada  1957-yilda, 
Fransiyada  1958-yilda  va  Shimoliy  Yevropa  davlatlarida  XX  asming 
70-yillarida  shakllanib,  ular  mazkur  davlatlaming  konstitutsiya  va 
qonunlarida  ifodalandi.  Ijtimoiy  sheriklik  munosabatlarining  taraflari 
bo‘lib,  asosan,  ish  beruvchi,  xodim  (ishlovchi)  va  davlat  organi 
hisoblanadi.  Ko‘pincha,  ishtimoiy  sheriklik  jarayonida  uch  tomon 
ishtirok  etgani  uchun  m a’joziy  m a’noda  u  “uch  partiyaviylik” 
(“tripartizm”)  ham  deyiladi.  Ijtimoiy  sheriklik  uchta  darajada  -   milliy, 
tarmoqlararo va korxonalar darajasida amalga oshiriladi.
Industrial  mamlakatlarda  ijtimoiy  sheriklik  turli  ko‘rinishlarda 
namoyon  bo'ladi.  Xususan,  bunda  korporativ  tizim  maxsus  organ
336


(institut),  jarayonlar  va  mexanizmlardan  foydalanishni  nazarda  tutadi. 
Bu  kabi 
amaliyot  Avstriya, 
Shvetsiya,  Yaponiya,  Germaniya, 
Shveytsariya,  Niderlandiyada  keng  tarqaldi.  Masalan,  Avstriyada 
ijtimoiy  sheriklik  ham  umummilliy,  ham  tarmoqlararo  darajada  keng 
tizimli  maslahat kengashlari  va qo'mitalari  vositasida  amalga oshiriladi. 
Ijtimoiy  sheriklikning maxsus  institutlari  mavjud bo'lmagan davlatlarda 
plyuralistik  tizim  amal  qiladi  (Buyuk  Britaniya,  AQSH,  Kanada).  Bu 
yerda  qarama-qarshi  manfaatlaming  kelishuvi  oddiy  siyosiy  jarayon 
(partiya,  parlament,  kasaba  uyushmalari)  orqali  butun  jamiyat 
darajasida, 
xodim 
bilan 
ish 
beruvchi 
o'rtasidagi 
hamkorlikni 
rivojlantirish esa alohida korxonalar darajasida amalga oshiriladi.
XX 
asming ikkinchi  yarmidan  boshlab  Yevropa  mamlakatlarining 
bu  sohadagi  samarali  harakati  natijasida  ularning  aksariyatida 
tadbirkorlar,  kasaba  uyushmalari  va  davlat  tashkilotlari  vakillaridan 
iborat  bo'lgan  milliy  ijtimoiy-iqtisodiy  kengashlar  tuzildi.  Jumladan, 
Italiyada  1947-yilda  Iqtisodiy  va  mehnat  milliy  kengashi,  Belgiyada 
1948-yilda  Markaziy  iqtisodiy  kengash,  1952-yilda  esa  Mehnat 
bo'yicha  milliy  kengash,  Niderlandiyada  1950-yilda  Iqtisodiy  va 
ijtimoiy  kengash,  keyinchalik  esa  Mehnat  muammolari  bo'yicha 
kengashlar  tashkil  topgan.  Fransiyada  1958-yildan,  Buyuk  Britaniyada 
esa  1962-yildan  hozirga  qadar  Iqtisodiy  va  ijtimoiy  kengashlar  faoliyat 
yuritib kelmoqda.
Fransiya  Respublikasi  Konstitutsiyasining  (1958-yil  4-oktabrdagi) 
XI  bo'limida  (69-,  70-  va  71-moddalar)  Iqtisodiy  va  ijtimoiy 
kengashning konstitutsiyaviy  huquqiy  maqomi  belgilangan bo'lib,  unga 
binoan,  Kengashga  hukumatning  so'roviga  asosan  qonun  loyihalariga, 
ordonans  (qonun  kuchiga  ega  bo'lgan  va  Parlament  ruhsati  bilan 
hukumat 
tomonidan 
tasdiqlanadigan 
hujjatlar) 
va 
direktivalar, 
qonunchilik  takliflari  yuzasidan  xulosa  berishi,  Parlament  palatalarida 
unga taqdim etilgan qonun  loyihalari va qonunchilik takliflari yuzasidan 
xulosani  eshittirish  maqsadida  o 'z  a’zosini  tayinlashi,  iqtisodiy  va 
ijtimoiy  xarakterdagi  istalgan  muammolar  yuzasidan  hukumatga 
maslahatlar berishiga doir huquqiy asoslar  mujassamlashgan.
Fransiya  amaliyotida  ijtimoiy  sheriklikka  doir  yana  bir  jihatni 
ko'rish  mumkin:  2004-yildan  boshlab  respublikada  ijtimoiy  qonunlarni 
qabul  qilish  yuzasidan  qonunchilik  tashabbusi  ijtimoiy  sheriklaming 
dastlabki  muhokamasisiz  amalga  oshirilmaydi.  Bu  holat  mamlakatda 
yuz  berishi  mumkin  bo'lgan  ko'plab  “siyosiy  to‘lqinlar”ning  oldini 
olishga sabab bo'ldi.



Download 11,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish