T. N. Xojiyev 0 ‘zMUo'qituvchisi


  O‘zbekiston ijtimoiy sheriklik institutining fuqarolik



Download 11,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet207/236
Sana30.12.2021
Hajmi11,46 Mb.
#98176
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   236
Bog'liq
Fuqarolik jamiyati A. O`tamurodov 2018

2.  O‘zbekiston ijtimoiy sheriklik institutining fuqarolik 
jamiyati instituti sifatida  rivojlanishi
BMT  Xalqaro  mehnat  tashkilotining  standartlari  0 ‘zbekiston 
Respublikasi  qonunchiligida  ham  o 'z  ifodasini  topa  boshladi.  1949- 
yildagi  “Jamoaviy  muzokaralami  tashkillashtirish  va  olib  borish  uchun 
huquqlar  tamoyillarini  tatbiq  qilish  to‘g‘risida”gi  98-sonli  konvensiya 
va  “Jamoaviy  muzokaralarga  ko'maklashish  to'g 'risida”gi  154-sonli 
konvensiya  XMTning jamoaviy-shartnomaviy  tartibga  solish  sohasida 
0 ‘zbekiston  Respublikasi  qo‘shilgan  asosiy  konvensiyalari  hisoblanadi. 
O ‘zbekiston 
Respublikasi 
mehnat 
qonunchiligi 
qayd 
etilgan 
konvensiyalar  bilan  o'zaro  muvofiqlashtirilgan  va  hatto  ushbu 
konvensiya bilan  nazarda tutilgan  xodimlar uchun  minimal  kafolatlarga 
nisbatan  yanada  yuqori  kafolatlar  darajasini  nazarda  tutadi.  Xususan, 
98-sonli 
konvensiyaga  muvofiq, 
mehnatkashlar  va  tadbirkorlar 
tashkilotlari  bir-biri  tomonidan  har  qanday  aralashuv  holatlariga  qarshi 
tegishlicha  himoyadan  foydalanadilar.  Ushbu  qoida,  asosan,  kasaba 
uyushmalarini  ish  beruvchilaming  bevosita  yoki  bilvosita  ta’siridan 
himoya  qilishga  qaratilgan,  biroq  umumiy  aralashmaslik  tamoyili  o‘z 
ahamiyatini saqlab qoladi.
O'zbekiston  Respublikasi  Mehnat  kodeksi  ishchi-xodimlaming 
vakillik  organlari  faoliyatiga  biror-bir  shaklda  to'sqinlik  qilinishini 
ta’qiqlaydi. 
O'zbekiston  Respublikasi 
Mehnat  kodeksining  26- 
moddasiga  muvofiq,  ish  beruvchi  yoki  uning  tomonidan  vakolat 
berilgan  shaxslaming  tashabbusi  bo'yicha  ishchi-xodimlaming  vakillik 
organlari  faoliyati  to'xtatilishiga  yo'l  qo'yilmaydi.  Bunday  harakatlami 
amalga  oshirgan  ish  beruvchi  yoki  uning  tomonidan  vakolat  berilgan 
shaxslar  qonunlarga  muvofiq  javobgar  bo'ladilar.  Bundan  tashqari, 
Kodeks  ishchi-xodimlaming  vakillik  organlari  huquqlarini  batafsil 
belgilab  beradi,  ish  beruvchining  ularga  nisbatan  majburiyatlarini 
belgilaydi 
va 
ishchi-xodimlaming 
vakillik 
organlari 
a’zolariga 
qo'shimcha mehnat kafolatlarini  belgilovchi maxsus moddani o 'z ichiga 
oladi.  O'zbekiston  Respublikasining  “Kasaba  uyushmalari,  ular 
faoliyatining huquqlari va kafolatlari to'g'risida”gi Qonuni  3-moddasida 
kasaba  uyushmalarining  davlat  boshqaruv  organlaridan,  xo'jalik 
yurituvchi  organlardan,  siyosiy  va  boshqa  jam oat  tashkilotlaridan 
mustaqillik tamoyili,  qonun  hujjatlari  bilan  nazarda tutilgan  holatlardan 
tashqari,  ularga  hisobot  bermasligi  va  ular  tomonidan  nazorat 
qilinmasligi 
mustahkamlangan. 
Kasaba 
uyushmalari 
huquqlarini
338


cheklashi  yoki  ulami  amalga  oshirishga  to'sqinlik  qilishi  mumkin 
boMgan  har qanday aralashuvni ta’qiqlaydi.
XMTning 
98-sonli 
konvensiyasi 
(4-moddasi), 
“Jamoa 
muzokaralariga ko‘maklashish to‘g‘risida”gi  154-sonli  Konvensiyasi  va 
“Jamoa 
muzokaralariga 
ko‘maklashish 
to‘g‘risida”gi 
163- 
Tavsiyanomasi  Xalqaro  mehnat  tashkilotiga  a’zo  davlatlarga  jamoa 
shartnomalarini  tuzish  orqali  mehnat  shan-sharoitlarini  belgilash 
maqsadida  ish  beruvchilar  tashkilotlari  va  mehnatkashlar  tashkilotlari 
o‘rtasida  muzokaralar  olib  borishga  ko'maklashuvchi  chora-tadbirlar 
ko'rishni  topshiradi.  Ushbu  chora-tadbirlar barcha darajalarda jamoaviy 
muzokaralar  tuzish  imkoniyati  mavjud  boMishi,  mehnat  sharoitlari 
masalalari  bo‘yicha  o‘tkazilishi,  bandlik  hamda  ish  beruvchilar, 
xodimlar  va  ulaming  vakillik  organlari  o'zaro  munosabatlari  uchun 
yo'naltirilishi  kerak.  Shunday  qilib,  ish  beruvchilar  tashkilotining 
faoliyat  yo‘nalishlaridan  biri  kasaba  uyushmalari  bilan  hamkorlikdan, 
mehnatning  jamoaviy-shartnomaviy 
tartibga 
solinishida 
ishtirok 
qilishdan  iborat ekanligi oydinlashadi.
Mehnat  kodeksida  jamoaviy  muzokaralarga  ushbu  jarayonni 
batafsil  belgilab beruvchi ko‘p  sonli  moddalar bag'ishlangan.  Bu jamoa 
shartnomalari  va  kelishuvlarini  tuzishning  asosiy  tamoyillarini, 
muzokaralar  olib  borish  huquqini,  muzokaralar  olib  borish  tartibini, 
muzokaralar  davomida  yuzaga  keladigan  kelishmovchiliklar  yechimini 
belgilovchi  me’yorlardir.  Muzokaralar  olib  borishga  ko‘maklashuvchi 
chora-tadbirlar  sifatida  Mehnat  kodeksining  ish  beruvchilaming jamoa 
shartnomasi,  bitimini  tuzish,  o'zgartirish  yoki  unga  qo'shimcha  kiritish 
bo'yicha  muzokaralarda  qatnashishdan  bosh  tortganlik  yoki  ulami 
ishlab chiqish va tuzish muddatlari buzilganligi yoxud tomonlar belgilab 
bergan  muddatlarda  tegishli  komissiya  ishi  ta’minlanmaganligi; 
muzokaralar uchun  kerakli m a’lumotlar taqdim qilinmaganligi  va jamoa 
shartnomasi,  jam oa  kelishuviga  rioya  qilinishi  ustidan  nazorat  amalga 
oshirilmaganligi;  jam oa  shartnomasi,  kelishuvi  bo‘yicha  majburiyatlar 
buzilganligi  va bajarilmaganligi  uchun javobgarligini  nazarda tutadigan 
34-moddasini  keltirib  o‘tish  mumkin.  Kasaba  uyushmasi,  xodimlaming 
boshqa  vakillik  organi  talabi  bo‘yicha  mulkdor  yoki  ular  tomonidan 
vakolat  berilgan  shaxs  jamoa  shartnomasi  majburiyatlari  buzilishida 
yoki  bajarilmasligida  aybdor  rahbarga  nisbatan  qonunlar  bilan  nazarda 
tutilgan chora-tadbirlar ko‘rishi shart.
XMTning 
“Jamoa 
shartnomalari 
to‘g‘risida”gi 
91-sonli 
tavsiyanomasi  jam oa  shartnomalariga  ta’rif  berib,  ushbu  ta’rifga
339


0 ‘zbekiston  Respublikasi  Mehnat  kodeksining  29-moddasi  bilan 
nazarda tutilgan  ta’rif to'liq  mos  keladi.  Jamoa  shartnomalarining  amal 
qilish  doirasi,  muddatlari  to'g'risidagi  tavsiyalar  qoidalari  Mehnat 
kodeksining  42,  43,  44,  45,  54  va  55-moddalarida  tatbiq  qilingan. 
Kodeks  O'zbekiston Respublikasi  Mehnat va aholini  ijtimoiy  muhofaza 
qilish  vazirligining  tegishli  organlarida  tuzilgan jamoa  shartnomalarini 
bildirish ro'yxatidan o'tkazish  to'g'risidagi  tavsiyalar qoidasini  ham o 'z  
ichiga olgan.
Xalqaro  huquqning  milliy  mehnat  qonunlariga  ta’siri  to'g'risida 
so'z  yuritilganda,  xalqaro  huquqda  mustahkamlangan  ayrim  me’yorlar 
“jus  cogens”  xususiyatiga egaligi  va  shu  tufayli  shartnoma ratifikatsiya 
qilinganligidan  qat’i  nazar,  barcha  davlatlar  uchun  majburiy  ekanligini 
nazarda  tutish  kerak.  Ijtimoiy  sheriklik  sohasiga  tegishli  misol  sifatida 
XMTning  “Mehnat  sohasidagi  eng  muhim  tamoyillar  va  huquqlar 
to 'g ‘risida'’gi  Deklaratsiyasidagi  eng  muhim  8  ta  konvensiyadan  biri 
deb  e’tirof qilingan  “Birlashish  erkinligi  va birlashish  huquqini  himoya 
qilish  to‘g‘risida”gi  87-sonli  konvensiyani  keltirib  o'tish  mumkin 
(1998).  Ushbu  Deklaratsiyaga  muvofiq,  mamlakat  XMTning  eng 
muhim  8  ta  Konvensiyasini  ratifikatsiya  qilganligi  yoki  ratifikatsiya 
qilmaganligidan  qat’i  nazar,  ushbu  mamlakat  hukumati  ushbu 
konvensiya  tomonidan  berilgan  huquqqa  qanday  rioya  qilinayotganligi 
to'g'risida  hisobot  berishi  kerak.  Shunday  qilib,  xalqaro  huquqning 
milliy qonunlarga bevosita ta’siri  yuz beradi.
Hozirgi  davrga  kelib  amaldagi  qonunchilikda  ijtimoiy  sheriklikni 
tartibga soluvchi  sanoqli  me’yorlar aks  ettirilgan.  Masalan,  O'zbekiston 
Respublikasi  Mehnat  kodeksining  23-  va  24-moddalarida  xodimning 
(ishlovchining) 
huquqlari 
xalqaro 
huquqiy 
standartlar 
asosida 
ifodalangan: “23-modda. Xodimlar vakillik organlarining huquqlari: 
Xodimlaming vakillik organlari quyidagilarga haqlidir: 
-muzokaralar  olib  borish,  jam oa  shartnomalari  va  kelishuvlari 
tuzish,  ulaming  bajarilishini  tekshirib  turish,  ish  beruvchiga  korxonada 
mehnat  to'G 'risida  normativ  hujjatlar  tayyorlash  yuzasidan  takliflar 
kiritish;
-korxonani  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlantirishga  doir  masalalami 
ko'rib chiqishda qatnashish;
-mehnat  nizolarini  ko'ruvchi  organlarda  xodimlar  manfaatini 
himoya qilish;
-ish  beruvchi  hamda  u  vakil  qilgan  shaxslaming  qarorlari  mehnat 
to'G'risidagi  qonunlar  yoki  boshqa  normativ  hujjatlarga  zid  bo'lsa
340


yoxud  xodimlaming  huquqlarini  boshqacha  tarzda  buzayotgan  bo‘lsa, 
bu qarorlar ustidan sudga shikoyat qilish.
Vakillik  organlari  ijtimoiy-mehnat  munosabatlarida  xodimlaming 
manfaatlarini  himoya  etishga  qaratilgan  boshqa  xatti-harakatlar  ham, 
basharti  bu  xatti-harakatlar  qonun  hujjatlariga  zid  boMmasa,  qilishlari 
mumkin.  Xodimlaming  vakillik  organlari  huquqlarining  amalga 
oshirilishi 
korxonada 
mehnat 
samaradorligini 
pasaytirmasligi, 
o‘matilgan tartib va ish rejimini buzmasligi  kerak.
24-modda.  Ish  beruvchining  xodimlaming  vakillik  organlari 
oldidagi majburiyatlari:
Ish beruvchi quyidagilami amalga oshirishi shart:
-xodimlar  vakillik  organlarining  huquqlariga  rioya  qilish,  ulaming 
faoliyatiga ko‘maklashish;
-xodimlaming manfaatlariga taalluqli qarorlar qabul  qilishdan oldin 
ulaming  vakillik  organlari  bilan  maslahatlashish,  mehnat  to'g'risidagi 
qonunlar  va  boshqa  normativ  hujjatlarda  ko'rsatilgan  hollarda  esa 
ulaming roziligini olish;
-xodimlar  vakillik  organlarining  takliflarini  o ‘z  vaqtida  ko'rib 
chiqish  va  qabul  qilingan  qarorlar  haqida  ularga  yozma  ravishda  asosli 
javob berish:
-xodimlaming  vakillik  organlari  a’zolarini  korxonaga,  manfaatlari 
ifoda etilayotgan  xodimlaming ish joylariga moneliksiz qo‘yish;
-xodimlaming  vakillik  organlariga  mehnat,  korxona  faoliyati 
masalalariga  va  boshqa  ijtimoiy-iqtisodiy  masalalarga  doir  axborotni 
tekin berish;
-xodimlaming  vakillik  organlariga  o‘z  vazifalarini  bajarishlari 
uchun zarur sharoit yaratib berish;
-xodimlaming  vakillik  organlariga  nisbatan  mehnat  to‘G ‘risidagi 
qonunlar  va  boshqa  normativ  hujjatlarda  nazarda  tutilgan  boshqa 
majburiyatlami bajarish.
Shuningdek,  ish  bernvchilaming  ijtimoiy  sheriklikni  amalga 
oshirishda  adolat  prinsiplariga  amal  qilishi  uchun  Mehnat  kodeksining 
“Ish  beruvchilaming  vakillik  organlari”  nomli  28-moddasida  quyidagi 
me’yor kiritilgan:
“Ish  beruvchilar uyushmalarga,  assotsiatsiyalarga va boshqa jamoat 
birlashmalariga  birlashishga  haqlidir.  Ish  beruvchilaming  jamoat 
birlashmalari  ixtiyoriy jamoat  tashkilotlari  sifatida  tuziladi  va  ish  olib 
boradi,  ulaming  maqsadi  iqtisodiyotni  va  tadbirkorlik  tashabbusini 
rivojlantirish va samaradorligini oshirish,  shuningdek,  davlat hokimiyati
341


va boshqaruv  organlarida,  kasaba  uyushmalari  va  xodimlaming  boshqa 
vakillik  organlari  bilan  o‘zaro  munosabatlarda  korxonalar  va  ular 
mulkdorlarining manfaatlarini  ifoda etish  yo'li  bilan  ijtimoiy sheriklikni 
amalga  oshirish,  xo‘jaIik  va  mehnatga  oid  munosabatlar  sohasida 
ulaming huquqlarini  himoya qilishdan  iboratdir”.
0 ‘zbekistonda  mustaqillik  davrida  huquqiy  davlat  va  inson  hamda 
uning  manfaatlari  oliy  qadriyat  deb  tan  olinadigan  fuqarolik jamiyatini 
barpo 
etishda 
ijtimoiy 
sheriklikni 
jamiyat 
instituti 
sifatida 
rivojlantirishga  muhim  e’tibor  berildi.  “Mamlakatimizda  demokratik 
islohotlami 
yanada 
chuqurlashtirish 
va 
fuqarolik 
jamiyatini 
rivojlantirish  konsepsiyasi”da  (2010-yil  12-noyabr)  fuqarolik  jamiyati 
institutlarini 
rivojlantirish, 
o‘tkazilayotgan 
islohotlaming 
ochiq- 
oshkoraligi  hamda  samaradorligini  ta’minlash  va  fuqarolik  jamiyati 
institutlarining  rolini  kuchaytirishda  “Ijtimoiy  sheriklik  to‘g‘risida”gi 
Qonunning  qabul  qilinishi  muhim  ahamiyat  kasb  etishi  alohida 
ta’kidlandi.  Mazkur  Qonunning qabul  qilinishi  mamlakatimizda tobora 
rivojlanib 
borayotgan 
fuqarolik  jamiyati 
institutlari 
faoliyatini 
kuchaytirish  uchun  yanada  keng  imkoniyatlaming  huquqiy  negizini 
yaratishiga  muhim  ahamiyat  qaratildi.  Ta’kidlash  zarurki,  ijtimoiy 
sheriklik 
ijtimoiy 
konsensusga  erishishga  yo‘naltirilgan 
bo‘lib, 
jamiyatning  barqarorligi, 
rivojlanishi, 
samarali 
ijtimoiy-iqtisodiy 
taraqqiyotini ta’minlash imkonini  beradi.
Konsepsiyada  davlatimiz  rahbari  tomonidan  ushbu  Qonunda 
ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlanish  dasturlarini  amalga  oshirish,  gumanitar 
muammolarni  hal  qilish,  mamlakatimiz  aholisi  turli  qatlamlarining 
huquq  va  erkinliklari,  manfaatlarini  himoyalashda  nodavlat  notijorat 
tashkilotlarining  davlat  tuzilmalari  bilan  o‘zaro  munosabatlaridagi  aniq 
chegaralami 
belgilash 
va 
tashkiliy-huquqiy 
mexanizmlami 
takomillashtirish  kabi  masalalar  bo'yicha  huquqiy  normalar  ko‘zda 
tutilishi darkorligi aniq va ravshan  ko‘rsatib berildi.
Mazkur  qonun  loyihasini  ishlab  chiqishda Oliy Majlis  Qonunchilik 
palatasi  deputatlari,  Oliy  Majlis  Senati  senatorlari,  Adliya  vazirligi, 
Toshkent  Davlat  yuridik  instituti  olimlari,  0 ‘zbekiston  kasaba 
uyushmalari  Federatsiyasi  kengashi  mutaxassislaridan  tarkib  topgan 
ekspert  guruhi  tomonidan,  aw alo,  mavjud  qonunchilikni  o'rganish, 
ijtimoiy  sheriklik  tamoyillarini  amalga  oshirishga  to'sqinlik  qiluvchi 
holatlami  aniqlash,  ijtimoiy  sheriklik  sohasidagi  huquqiy  amaliyot 
tajribasi tahlili yo‘nalishlaridagi ishlar amalga oshirildi.
Shu  bilan  birga,  ijtimoiy  sheriklik  sohasida  umume’tirof  etilgan


xalqaro huquq me’yorlarini tahlil etish, xorijiy mamlakatlaming ijtimoiy 
sheriklikni  qonunchilik  asoslariga  binoan  tartibga  solish  tajribasi 
o‘rganildi.  Ijtimoiy  sheriklik  yo‘nalishida  xorij  tajribasini  o ‘rganish 
natijalari 
dunyoning  ko'pgina 
mamlakatlari, 
xususan, 
Belgiya, 
Germaniya,  Fransiya,  Avstriya,  AQSH  va  boshqa  davlatlarda,  XMT 
konvensiyalarida  ijtimoiy  sheriklik  tizimining  unumli  ishlashi  uchun 
yaratilgan me’yoriy baza yangi qonun loyihasi uchun asos qilib olindi.
0 ‘zbekiston  Respublikasining  “Ijtimoiy  sheriklik  to‘g‘risida”gi 
Qonuni  loyihasida  nodavlat  notijorat  tashkilotlari  takliflariga  alohida 
e’tibor  qaratildi.  Mazkur  Qonun  loyihasining 0 ‘zbekiston  Respublikasi 
Konstitutsiyasi  va  qonunchiligiga,  shuningdek,  qonunchilik  texnikasi 
qoidalariga  muvofiqligi  o‘rganilib,  huquqiy  ekspertiza  o ‘tkazildi. 
Shuningdek,  Qonun loyihasining Konsepsiyasi  ishlab chiqildi.
Mazkur 
Qonun 
loyihasi 
va 
Konsepsiyasi 
muhokamasiga 
baG‘ishlangan  davra  suhbatlarida  jamoatchilikning  keng  ishtirokini 
ta’minlash  maqsadida  respublikamizning  barcha  hududlarida  fuqarolik 
jamiyati  institutlari,  boshqaruv  va  ijro  hokimiyati  organlari,  nodavlat 
notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari vakillari  ishtirokida 2 
bosqichdan  iborat muhokama majlislari  o‘tkazilib,  ularda jami  1,5  ming 
nafardan  ortiq  fuqarolar,  50  dan  ziyod 
yo‘nalishlarda  faoliyat 
ko‘rsatayotgan nodavlat notijorat tashkilotlar vakillari  ishtirok etdi.
Majlislar  doirasida  o ‘tkazilgan  ijtimoiy  so‘rov  natijasida  nodavlat 
notijorat  tashkilotlar,  davlat  organlari  va  tadbirkorlik  subyektlari 
o ‘rtasidagi  o ‘zaro  ijtimoiy  sheriklik  darajasi  o'rganildi.  Shuningdek, 
mazkur  qonun  loyihasini  yanada  takomillashtirish  bo‘yicha  takliflar 
to'plandi. 0 ‘tkazilgan muhokama majlislari va ijtimoiy so'rov natijasida 
Qonun  loyihasini  takomillashtirish  bo‘yicha  200  dan  ziyod  takliflar 
olindi.  Mazkur  takliflardan  kelib  chiqqan  holda  Qonun  loyihasiga 
qo'shimcha  hamda  o‘zgartirishlar  kiritilib,  “Mamlakatda  demokratik 
islohotlami 
yanada 
chuquriashtirish 
va 
fuqarolik 
jamiyatini 
rivojlantirish 
konsepsiyasi”ni 
fuqarolik 
jamiyati 
institutlarini 
shakllantirish  va  rivojlantirish  sohasida  amalga  oshirish  bo‘yicha 
me’yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash Komissiyasiga ko‘rib 
chiqish uchun taqdim etildi.
Ma’lumki,  kasaba  uyushmalari  faoliyatining  asosini  ijtimoiy 
sheriklik  tamoyillarini  hayotga  tatbiq  etish  tashkil  etadi.  Chunki 
xodimlaming  ijtimoiy-iqtisodiy  manfaatlari  va  mehnat  sohasidagi 
huquqlarini  himoyalash,  mehnat  muhofazasi  ishlarining  samaradorligi 
aynan  ijtimoiy  sheriklikning  amalda  qay  darajada  o‘z  ifodasini
343


topayotganiga bog'liqdir.
O'zbekiston  Respublikasi  Vazirlar Mahkamasi,  O'zbekiston kasaba 
uyushmalari  Federatsiyasi  kengashi,  O'zbekiston  Savdo-sanoat  palatasi 
o'rtasida 
2011-2013-yiIlar 
uchun 
imzolangan 
ijtimoiy-iqtisodiy 
masalalarga  oid  Bosh  kelishuvda  ijtimoiy  m as’uliyatni  davlat,  ish 
beruvchilar  va  xodimlar  o'rtasida  bundan  buyon  ham  taqsimlab  borish 
tan  olingan.  Xodimlar  va  ish  beruvchilaming  mehnatga  oid  huquqlari, 
ijtimoiy-iqtisodiy  manfaatlari  himoyasini  ta’minlash, jamiyatda ijtimoiy 
totuvlik  va  barqarorlikni  saqlab  turishda  amaliy  hamkorlikni  yo'lga 
qo'yish  uchun  ijtimoiy  sheriklik  tamoyillari  amalga  oshirilishi  aks 
etgan.  Ijtimoiy-iqtisodiy  masalalar  xususida  kelishib  siyosat  olib 
borishning  umumiy  tamoyillarini  belgilab  beruvchi  mazkur  Bosh 
kelishuvda  Taraflar  quyidagi  yo'nalishlar  bo'yicha  majburiyatlar 
olganlar:
-  iqtisodiyotni,  mamlakatda  ishlab  chiqarish  hamda  tadbirkorlikni 
rivojlantirish;
- mehnatga haq to'lash, daromadlar va turmush darajasi;
-  mehnat  bozorini  rivojlantirish,  aholini  ish  bilan  ta’minlashga 
ko'maklashish;
- mehnat muhofazasi va xavfsizligi;
- ijtimoiy kafolatlar, ijtimoiy himoya;
-  ma’naviy-ma’rifiy  tadbirlar,  jismoniy  tarbiyani  ommalashtirish 
ishlari, mehnatkashlar va ulaming oila a ’zolarini  sog'lomlashtirish;
- ijtimoiy muloqot va ijtimoiy sheriklikni rivojlantirish.
Bu  yo'nalishda  amalga  oshirilgan  ishlar  monitoringini  olib  borish 
maqsadida tashkil  etilgan  uch  tomonlama komissiya tomonidan olingan 
majburiyatlaming tahlili  o'tkazilib, kelgusidagi  ishlar belgilab boriladi.
2011-2013-yillarda  ijtimoiy  sheriklik  doirasida  amalga  oshirilishi 
maqsad 
qilingan 
mazkur 
yo'nalishdagi 
majburiyatlardan 
kelib 
chiqadigan  tadbirlaming  joylarda jam oa  shartnomalari  va  kelishuvlari 
vositasida  amalga  oshirilishiga  kasaba  uyushmalari  tomonidan  alohida 
e’tibor qaratildi.  Xususan,  amal  qilayotgan  14  ta hududiy,  81  ta tarmoq 
kelishuvlari,  bevosita  korxonalarda  imzolangan  115  mingdan  ziyod 
jam oa  shartnomalari  orqali  6  mln.  nafardan  ziyod  xodimning 
manfaatlarining  himoyalaniishi  jarayonlarida  kasaba  uyushmalari  faol 
ishtirok 
etdi. 
Jamoa 
shartnomalari 
va 
kelishuvlari 
orqali 
mehnatkashlaming 
ijtimoiy-iqtisodiy 
manfaatlari 
himoyasi 
kuchaytirilib,  moddiy  va  ma’naviy  qo'llab-quw atlash  imkoniyatlaridan 
keng  foydalanilmoqda.  Ayollar  uchun  qo'shimcha  ta’tillar  olish,  ish


beruvchilar  hisobidan  homiladorlik  va  tug'ish  ta’tillari  bo'yicha 
uzaytirilgan  ta’tillardan  foydalanish,  2  yoshdan  3  yoshgacha  bola 
parvarishi  ta’tilida  bo'lgan  onalarning  moddiy  yordam  olishlari  kabi 
imkoniyatlar yaratildi.
Ayniqsa,  bu  borada  nodavlat  sektoridagi  korxona  va  tashkilotlarda 
jamoa 
shartnomalari 
tuzilishiga 
erishish 
masalasi 
Federatsiya 
kengashining  doimiy  diqqat  markazida  bo'ldi.  Natijada  yuqorida  qayd 
etib  o'tilgan  imtiyozlardan  jamoa  shartnomalari  va  kelishuvlari  orqali 
nodavlat 
sektorida 
faoliyat 
ko'rsatayotgan 
xodimlaming 
ham 
bahramand bo'lishiga erishildi.
Ijtimoiy  sheriklik  samarasining  amaldagi  yana  bir  yorqin  ifodasini 
korxona,  tashkilot  va  muassasalarda  o'tkazilgan  jamoa  shartnomalari 
bajarilishiga  bag'ishlangan  muhokamalarda  namoyon  bo'ldi.  Bu  kabi 
muhokamalar jarayonida  bevosita  ijtimoiy  sheriklar  -   ish  beruvchi  va 
kasaba  uyushma  qo'mitasi  xodimlaming  ijtimoiy-iqtisodiy  manfaatlari 
hamda 
mehnat 
huquqlari 
himoyasi, 
mehnat 
muhofazasi, 
sog'lomlashtirish,  madaniy-ma’rifiy va sport tadbirlari  kabi  yo'nalishlar 
bo'yicha  imtiyoz  va  qulayliklaming  amaldagi  ijrosi  to'g'risida  hisobot 
berib  borishi  an’anaga  aylandi.  Bu  orqali  korxona  va  tashkilotlar, 
ulardagi  kasaba  uyushma  qo'mitalari  faoliyatining  ochiq-oshkoraligi 
ham ta’minlanishiga erishila boshlandi.
Kasaba  uyushmalarining  mehnatkashlaming  ijtimoiy-iqtisodiy 
manfaatlari  va  mehnat  sohasidagi  huquqlari  himoyasi,  mehnat 
muhofazasi,  sog'lomlashtirish,  madaniy-ma’rifiy va sport yo'nalishidagi 
ishlarida  ijtimoiy  sheriklik  imkoniyatlaridan  unumli  foydalanishning 
aniq  va  tizimli  mexanizmini  yo'lga  qo'yish  maqsadida  Federatsiya 
kengashi  tomonidan  tegishli  davlat  va jamoat  tashkilotlari  bilan  yillik 
chora-tadbirlami  ishlab  chiqish  va  ikki  taraflama  qabul  qilish 
amaliyotini  joriy  etdi.  O'zbekiston  kasaba  uyushmalari  Federatsiyasi 
kengashi  tomonidan  SoG'liqni  saqlash  vazirligi  bilan  hamkorlikda 
qabul 
qilingan 
“Mamlakatimizda 
xotin-qizlar 
salomatligini 
mustahkamlash,  onalik  va  bolalikni  muhofaza  qilish,  tibbiy  madaniyat 
targ'ibotini 
kuchaytirish 
yuzasidan 
2011-2012-yillarda 
amalga 
oshiriladigan qo'shma tadbirlar dasturi” shular jumlasiga kiradi.
Mazkur  dastur  doirasida  kasaba  uyushmalari  tizimida  mavjud 
sanatoriylarda  fertil  yoshidagi  ayollaming  reproduktiv  salomatligini 
mustahkamlash  ishlari  boshlandi.  Xususan,  Toshkent  viloyatida 
joylashgan  “Umid  gulshani”  sanatoriysida  70  nafar  tug'ish  yoshidagi 
ayollar  imtiyozli  ravishda  sog'lomlashtirildi.  Ular  “sog'lom  ona  -
345


sog‘lom  bola”  tamoyili  asosida  chuqurlashtirilgan  kompleks  tibbiy 
ko'rikdan  o ‘tkazildi.  Malakali  shifokorlar  tomonidan  qo‘yilgan  aniq 
tashxislarga  muvofiq  fizioterapiya,  yod-brom  tarkibiga  ega  boMgan 
m a’danli  suvlar,  davolash  jismoniy  tarbiyasi  kabi  shifo  usullarini  o‘z 
ichiga  olgan  muolajalar  o ‘tkazildi.  sogMomlashtirish  jarayonida 
reproduktiv 
salomatlikni 
mustahkamlash 
va 
sogMom 
oilani 
shakllantirish,  sogMom  farzandlar  dunyoga  kelishi  va  barkamol  avlodni 
voyaga  yetkazish  yo‘nalishidagi  ishlar  samarasini  oshirish  maqsadida 
kasaba uyushmalari tomonidan Respublika aholi reproduktiv salomatligi 
markazi,  Salomatlik  va  tibbiy  statistika  instituti  bilan  hamkorlikda 
‘Mjtimoiy  sheriklik  tamoyillari 
asosida  reproduktiv  salomatlikni 
mustahkamlash” mavzusida seminar tashkil etildi.
Ijtimoiy  sheriklikka  asoslangan  yana  bir  hujjat  -   0 ‘zbekiston 
kasaba  uyushmalari  Federatsiyasi  kengashi  hamda  Mehnat  va  aholini 
ijtimoiy  muhofaza  qilish  vazirligi  tomonidan  imzolangan  2011-2012- 
yillar  uchun  qo‘shma  tadbirlar  rejasi  asosida  joylarda  hududiy  kasaba 
uyushmalari  tashkilotlari  birlashmalari,  mehnat  va  aholini  ijtimoiy 
muhofaza  qilish  bosh  boshqarmalari  mutaxassislaridan  iborat  ishchi 
guruhlari  yaratilayotgan  yangi  ish  o‘rinlarida  mehnat  qilayotgan 
fuqarolaming  mehnat  va  mehnat  muhofazasiga  oid  huquqlari,  ular 
uchun  belgilangan  qo'shimcha  kafolatlar,  mehnat  va  dam  olish 
sharoitlari  ta’minlanganligi  qonun  hujjatlarida  belgilangan  tartibda 
o ‘rganilib,  bu borada aniqlangan kamchiliklami  bartaraf etish yuzasidan 
zarur  chora-tadbirlar  ko‘rildi.  Shuningdek,  korxona  va  tashkilotlardagi 
mehnatni  muhofaza  qilish  holati  ustidan  belgilangan  tartibda  davlat  va 
jam oat  nazorati  amalga  oshirilishiga  doir  qator  chora-tadbirlar  amalga 
oshirildi.
Mamlakatda  yoshlami  ish  bilan  ta’minlash,  ulaming jamiyatda o ‘z 
o ‘rinlarini topishlari  borasida olib borilayotgan sa’y-harakatlarda kasaba 
uyushmalarining  munosib  hissasini  qo ‘shish  maqsadida joylarda  o ‘rta- 
maxsus  kasb-hunar  ta’limi  Markazlari  bilan  hamkorlikda  kasb-hunar 
kollejlari  bitiruvchilarini  tegishli  korxona  va  tashkilotlarga  “Ustoz- 
shogird”  yo'nalishida  biriktirish  orqali  ulaming  bandligini  ta’minlash 
ishlari  amalga oshirildi. Jumladan, ta’lim va fan tarmogM  bo'yicha  1183 
ta kasb-hunar kollejida o'quvchilar “Ustoz-shogird” tizimi asosida 3485 
ta  korxona  va  tashkilotga  biriktirildi.  Ular  bilan  kasaba  uyushma 
tashkilotlari  ishtirokida  hamkorlik  shartnomalari  tuzilgan.  Natijada  363 
ming nafardan  ziyod  o'quvchi  amaliyotni  yirik ishlab chiqarish  korxona 
va  tashkilotlarida  o'tkazishi  asnosida  176  ming  nafarga  yaqin


bitiruvchining  bo'lajak  ish  joyi  belgilandi.  Aloqa  xodimlari  tarmog‘i 
yo‘nalishida  Aloqa  kasb-hunar  kolleji  hamda  Axborot  texnologiyalar 
kolleji  bitiruvchilari  “Toshkent  shahar  telefon  tarmog‘i”,  “Toshkent 
telefon  tarmog'i  stansiyasi”,  “Toshkent  pochtampti”,  “Shaharlararo 
aloqa  korxonasi”da  “Ustoz-shogird”  tizimi  asosida  amaliyot  o‘tashi 
bilan  birgalikda ulaming asosiy qismi  mazkur korxonalarga  ishga qabul 
qilinishi yuzasidan kelishuvga erishildi.
O'zbekiston  kasaba uyushmalari  Federatsiyasi  kengashi  tomonidan 
Xalq ta’limi,  Madaniyat va sport ishlari  vazirliklari,  0 ‘zbekiston Xotin- 
qizlar qo‘mitasi,  0 ‘zbekiston  Savdo-sanoat palatasi,  faxriylami  ijtimoiy 
qo‘llab-quwatlash  “Nuroniy”  jam g‘armasi,  Iste’molchilar  huquqlarini 
himoya  qilish jamiyatlari  Federatsiyasi  kengashi  bilan  ishlab  chiqilgan 
qo‘shma  tadbirlar  dasturlari  ham  ijtimoiy  sheriklik  imkoniyatlaridan 
keng foydalangan holda faoliyat samaradorligini  oshirishga qaratildi.
0 ‘zbekistonda 
ijtimoiy 
sheriklikni 
rivojlantirishda 
nodavlat 
notijorat  tashkilotlari  faol  ishtirok  eta  boshladi.  2014-yilning  sentabr 
oyiga  kelib  nodavlat  notijorat  tashkilotlari  (NNT)  yigirmaga  yaqin 
sohani  qamrab  olib,  tadbirkorlik  va fermerlikni rivojlantirish,  yoshlarga 
oid  davlat  siyosatini  amalga  oshirish,  sportni  ommalashtirish, 
imkoniyati  cheklangan  shaxslami  qo'llab-quwatlash,  ayollaming  oila 
va  jamiyatdagi  mavqeini  yuksaltirish  kabi  yo‘nalishlarda  samarali 
natijalarga  erishdi.  2014-yilning  birinchi  yarmida  faqat  Toshkent 
viloyatining  o‘zida  NNT  davlat  tashkilotlari  bilan  hamkorlikda  1200 
dan  ziyod  ma’naviy-ma’rifiy  va  madaniy  tadbirlar  o‘tkazdi.  “sogMom 
bola yili” Davlat dasturi  doirasidagi ushbu tadbirlarga 27 mingdan ziyod 
aholi  qamrab  olindi  va  ulaming  asosiy  qismini  yoshlar  tashkil  etdi. 
Masalan,  “Mehr-shafqat va salomatlik” jamoat fondi  bilan hamkorlikda 
“Har  bir  bolaga  mehr,  e’tibor!”  shiori  ostida  uyushtirilgan  xayriya 
tadbirlarida boquvchisini  yo‘qotgan,  kam  ta’minlangan,  nogiron  hamda 
ota-onasiz yuzlab bolalarga xayriya himoyalari  ko'rsatildi.
Xulosa 
qilib 
aytganda, 
mamlakatda 
ijtimoiy 
sheriklik 
munosabatlarining  huquqiy  asoslari  va  amaliyoti  fuqarolik  jamiyati 
qurishning strategik  maqsad  ekanligidan  kelib  chiqildi.  Bu  sohani  isloh 
etishda  asosan  BMT,  XMT  va  boshqa  mehnat  munosabatlariga  doir 
xalqaro  tashkilotlar  hamda  milliy  an’analar  uyG‘unligiga  amal  qilindi. 
Mamlakatimizda  bu  sohaga  doir  islohotlar  o‘tish  davriga  to‘G ‘ri 
kelganligi  uchun  ijtimoiy  sheriklik  munosabatlari  asosan  aholini 
ijtimoiy  himoya  qilish  va  ish  bilan  bandlik  muammolarini  hal  etishga 
qaratildi.  So‘nggi  ikki  yil  ichida  ijtimoiy  sheriklik  sohasidagi
347


islohotiarga  jamiyat  va  davlatni  isloh  etishning  muhim  jihati  sifatida 
yondashilgani  uchun  o‘zining  samarali  natijalarini  qisqa  ftirsat  ichida 
namoyon qila boshladi.

Download 11,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish