So'z boshi


-§. Formulyar prosessi (jarayoni)



Download 0,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/61
Sana29.12.2021
Hajmi0,8 Mb.
#98037
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   61
Bog'liq
rim huquqi

4-§. Formulyar prosessi (jarayoni)
 
Eramizdan avvalgi II asrning o'rtalariga kelib legisaksion jarayoni o'rniga 
formulyar - rer formulas (per formulas) jarayoni kirib kelgan, chunki pretor 
huquqi yanada rivojlanib, takomillashib borgan. Bu jarayonda pretor eng asosiy 
o'rinni egallagan. Ushbu jarayonni boshlanishiga da'vogarning javobgar ustidan 
o'z arizasini yozma ravishda berishligi sabab bo'lgan. Bu «qog'oz» sudya uchun 
shartli belgi yoki «formula» deb atalib, shu jarayondan boshlab formulyar sud 
prosessi amalga oshirila boshlangan.
 
Bu vaqtga kelib, ayniqsa birinchi bosqichdagi ish yuritish (in yure)ning 
ahamiyati kuchayib, aynan shu yerda nizoning huquqiy mohiyati o'rnatilgan. 
 
Formulyar jarayon ham ikki bosqichdan iborat bo'lgan. Magistratga 
javobgarni da'vogar tomonidan chaqirilishi, javobgar esa sababsiz kelmagan 
taqdirda, unga jarima solinishi o'ziga xos xususiyatlardan hisoblangan.
 
Magistratga kelishdan avval, da'vogar o'z da'vosini asosini va talabini 
yozma ravishda ifodalashi lozim edi. Bu haqda javobgarga xabar qilgan. O'z 
da'vosini yozishda da'vogarga yuristlar yordam berishgan. Agar javobgar da'voni 


tan olsa, da'vogar talabini qanoatlantirilishi huquqini qo'lga kiritgan, mabodo tan 
olmasa magistrat quyidagilarni amalga oshirgan:
 
1.    Da'vogarning da'vosini tasdiqlagan;
 
2.    Javobgarning e'tirozini formulaga kiritgan;
 
3.    Sudyani tayin qilgan;
 
4.    Ishni ko'rish uchun sudyaga yo'llanma bergan.
 
Shu bilan sudga ish jo'natilgandan so'ng, birinchi bosqich tugaydi. Yozma 
formulalarni yuristlar asosan uch qismga bo'lganlar. Intensiya, ekssepsiya va 
kondemnasiyalardir. Intensiya qismi da'vogarning shikoyatini, aybini aniqlash 
va talab qilish huquqi hamda da'vo predmeti va huquqiy asosni aniqlashga 
qaratilgan va bu huquqiy asos sivil huquqi, XII Jadval qonunlari yoki Rim 
davlatining boshqa qonunlari, pretor va bonitorlar huquqi asosida bo'lishligini 
aniqlash lozim bo'lgan. 
 
Ikkinchi qismi ekssepsiya bo'lib, e'tiroz bildirish, alohida shart qo'yish, 
shikoyat, biron-bir voqelikning vujudga kelishi yoki shaxsning biror harakatni 
sodir etganidan keyin, bu nizoning hal qilinishi kabi munosabatlardan tashkil 
topgan. 
 
Fuqarolik huquqi jarayonining ishtirokchisi bo'lgan javobgar nizo 
predmeti hal qilinayotgan paytda, u bu nizoga e'tiroz bildirishi yoki shikoyat 
keltirishi, hatto bu nizoni hal qilishlik uchun biror shartni qo'yishligi, ba'zan esa 
uning tomonidan qilinadigan harakat boshqa shaxslar tomonidan ham qandaydir 
harakatning bajarilishini talab etardi. 
 
Formulada ko'rsatilishi lozim bo'lgan bu harakat albatta dalillarga 
asoslangan bo'lishi shart edi. 
 
Ekssepsiya deb  da'voni butunlay yo'q qilib yuboradigan, o'chirib 
tashlaydigan yoki uning bajarilishi muddatini cho'za oladigan munosabatlarga 
aytilgan.
 
Uchinchi qismi kondemnasiya  bu xulosa qismi, hisoblanib, hukm 
chiqarish yoki qaror qabul qilish bilan bog'liq bo'lib, nizoning hal bo'lishligining 
pretor tomonidan sudyaga berilgan ko'rsatmasidir. Bu qismdan javobgar 
da'vogarning talabiga rozi bo'lsa, da'vo bahosi aniqlangan bo'lsa, ish prosess 
davrida ham tugatilishi mumkin bo'lgan. 
 
Bu ish bo'yicha sudning qarori qat'iy bo'lgan va uni ustidan shikoyat 
qilinishi mumkin bo'lmagan. Agarda javobgar sudning qarorini bajarmasa yoki 
o'zini e'tirozini isbotlay olmasa, u ikki barobar qilib pul to'lagan yoki qarzdor 
qarzni to'laguncha qamab qo'yilishi ham mumkin bo'lgan. O'z ixtiyori bilan 
qarzni to'lamasa, majburlab to'latilgan, qarzdorning mulki da'vogarga xatlanib 
o'tkazilgan.
 
 
 

Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish