Maruza №2: Elektr uzatish liniyalari, ularning konstruktiv
elementlari va tok o’tkazgichlar
Havodagi elektr uzatish yo’llari (XY) elektr energiyasini utkazgichlar
yordamida masofaga uzatish uchun hizmat qiladi. XY-ning asosiy
konstruktiv
elementlari
bo’lib
o’tkazgichlar, troslar, tayanchlar,
izolyatorlar va uzatish yo’li armaturalari hisoblanadi.
Utkazgichlar elektr energiyani uzatish uchun xizmat qiladi.
Tayanchlarning yuqori qismida XY-ni atmosfera uta kuchlanishlaridan
himoyalash uchun troslar o’rnatiladi.
Tayanchlar o’tkazgichlar va trosslarni yer va suv sathidan mahlum
balandlikda tutib turadi.
Izolyatorlar utkazgichlarni tayanchdan izolyatsiyalaydi.
Elektr
uzatish
yo’li
armaturalari
yordamida
o’tkazgichlar
izolyatorlarga, izolyatorlar esa tayanchlarga mahkamlanadi. Ayrim
xollarda o’tkazgichlar izolyatorlar va uzatish yo’li armaturalari yordamida
muxandislik inshootlarining kronshteynlariga mahkamlanadi.
Bir va ikki zanjirli XY ayniqsa keng qo’llaniladi. Uch fazali XY-ning
bir zanjiri har xil fazalar o’tkazgichlaridan tashkil to’gan. XY-da ikki
zanjir birgina tayanchda joylashgan bo’lishi mumkin.
XY konstruktiv qismlarining ishlashiga o’tkazgichlar va trosslarning
o’z og’irliqlaridan, ularda hosil bo’luvchi muz qatlamlaridan, shamol
bosimidan, shuningdek havo haroratining o’zgarishidan mexanik tahsir
ko’rsatiladi. Bundan tashqari, shamol tahsirida o’tkazgichlarning titrashi
(yuqori davrtezlik va kichik am’litudada tebranish), shuningdek silkinishi
yuz berishi mumkin. Yuqorida ko’rsatilgan o’tkazgichlardagi mexanik
yuklar, silkinishlar va titrashlar ularning o’zilishiga, tayanchlarning
sinishiga, utkazgichlarning chalkashib qolishiga, izolyatsiya oraliqlarini
kamayishi natijasida bu oraliqlarning teshilishi yoki izolyatsiya ustida yoy
‘aydo bo’lishiga olib kelishi mumkin.
XY-ning utkazgichlari va trosslari
XY-da izolyatsiyalanmagan, yahni izolyatsion qobiksiz o’tkazgichlar
foydalaniladi. XY-larda alyuminiy va ‘ulatalyuminiy o’tkazgichlardan
foydalanish keng tarqalgan. Mis o’tkazgichlar hozirgi davrda maxsus
texnik-iqtisodiy hisoblashlar bilan asoslanmasdan XY-da foydalanilmaydi.
XY-da ‘o’lat simlardan foydalanish odatda tavsiya etilmaydi.
7
Atmosfera o’ta kuchlanishlaridan himoyalovchi troslar, qoidaga
muvofiq, ‘o’latdan tayyorlanadi. So’ngi yillarda trosslar yuqori davrtezlikli
kanallarni tashkil etish uchun ham foydalaniladi. Bunday xollarda ular
‘o’lat alyuminiydan tayyorlanadi.
Izolyatsiyalanmagan
o’tkazgichlarning tuzilishi va umumiy
ko’rinishi 1-rasmda keltirilgan. Bir simli o’tkazgich bitta dumaloq simdan
tashkil to’gan. Bunday o’tkazgichlar ko’’ simli o’tkazgichlarga nisbatan
arzonroqdir, biroq ular kam egiluvchan va kam mexanik mustahkamlikka
ega.
Bir metalldan tayyorlangan ko’’ simli o’tkazgichlar bir-biri bilan
o’zaro o’ralgan simlardan tashkil to’gan. Simlar sonining ortishi bilan
kesim
yuzasi
ortadi.
Ikki
metalldan
tayyorlangan
ko’’
simli
o’tkazgichlarda–’o’lat
alyuminiy
o’tkazgichlarda
ichki
simlar
(o’tkazgichning
o’zagi) ‘o’latdan, tashqi simlar alyuminiydan
tayyorlanadi.
‘o’lat o’zak mexanik mustahkamlikni oshirsa, alyuminiy–
o’tkazgichning tok o’tkazuvchi qismi hisoblanadi. Govak o’tkazgichlar
bir-biri bilan mexanik mustahkamlikni tahminlovchi ‘azlar orqali
tutashtirilgan yassi simlardan tayyorlanadi. Bunday o’tkazgichlarning
tashqi diametri katta bo’lganligidan tojlanuvchi razryadni hosil qiluvchi
kuchlanishning qiymati ortadi va tojlanish tufayli isrof buluvchi kuvvat
ancha kamayadi. XY-larida g’ovak o’tkazgichlar juda kam qo’llaniladi.
Ular asosan 330 kV va undan yuqori kuchlanishdagi ‘odstantsiyalarning
shinalarida qo’llaniladi. 330 kV va undan yuqori nominal kuchlanishdagi
XY-ning har bir fazasi bir nechta o’tkazgichlarga ‘archalanadi.
8
3-rasm.XY utkazgichlarining tuzilishi
a-ko’’ simli o’tkazgichning umumiy ko’rinishi; b-bir simli
o’tkazgichning ko’ndalang kesimi; v,g-bir va ikki xil metalldan tashkil
to’gan ko’’ simli o’tkazgichlarning ko’ndalang kesimi; d-g’ovak
o’tkazgichning ko’ndalang kesimi.
O’tkazgichlarning materiallari yuqori elektr o’tkazuvchanlikka va
imkoni boricha yuqori mexanik mustahkamlikka ega bo’lishi lozim.
O’tkazuvchanlik bo’yicha birinchi o’rinda mis, so’ngra alyuminiy turadi.
‘o’lat esa ancha kam o’tkazuvchanlikka ega. Mexanik mustahkamlik
bo’yicha birinchi o’rinda ‘o’lat, so’ngra mis turadi. Bu jihatlarni, ularning
tabiatda tarqalganlik darajasini hamda bundan kelib chiqib nisbiy
narxlarini ehtiborga olib, XY-larida alyuminiy va ‘o’lat alyuminiy
o’tkazgichlardan foydalaniladi. XY-da ‘o’lat o’zakning o’tkazuvchanligi
ehtiborga olinmaydi va o’tkazgichning elektr qarshiligini aniqlashda faqat
alyuminiy qismining qarshiligi hisoblanadi.
Havoda elektr uzatish yullarining tayanchlari
XY-ning tayanchlari anker va oraliq tayanchlariga bo’linadi. Bu ikki
asosiy guruh tayanchlari simlarni ularga osish usuli bo’yicha farqlanadi.
Oraliq tayanchlariga o’tkazgichlar tutib turuvchi izolyatorlar shodasi
yordamida osiladi. Anker ti’idagi tayanchlar o’tkazgichlarni taranglab
tortish uchun xizmat qiladi. Bunday tayanchlarda o’tkazgichlar osma
shodalar yordamida osiladi. Oraliq tayanchlari oralig’idagi masofa osilish
oralig’i, anker tayanchlari oralaridagi masofa esa anker oraligi deb ataladi.
Anker tayanchlari XY-ning muhim nuqtalarida o’tkazgichlarni qathiy
mahkamlash uchun xizmat qiladi. Masalan: temir yo’l, 330-500 kV
kuchlanishdagi XY, eni 15 metrdan kam bo’lmagan avtomobil yo’llari
kabi muxandislik inshootlarini kesib o’tish joylarida, XY-ning tugallangan
joylarida o’rnatiladi. XY-ning tugri chiziqli qismida anker tayanchi normal
sharoitda uning ikki tomonidan o’tkazgichning tortib turuvchi kuchi bir xil
bo’lgan hollarda oraliq tayanchi bajaruvchi vazifani bajaradi. Biroq anker
tayanchlari oraliqda o’tkazgichlar yoki trosslar uzilgan taqdirda ‘aydo
bo’luvchi mexanik kuchlarga mo’ljallab o’rnatiladi. Anker tayanchlari
oraliq tayanchlariga nisbatan ancha murakkab va mos ravishda qimmatdir,
shu sababli ular har bir XY-da imkoni boricha kam bo’lishi lozim.
Oraliq tayanchlari XY-ning to’g’ri chiziqli qismlarida o’rnatiladi.
Ular odatda XY-da tayanchlarning 80-90% ni tashkil etadi.
XY-da quyidagi ti’dagi maxsus tayanchlardan ham foydalaniladi:
1. tayanchlarda o’tkazgichlarni joylashuv tartibini o’zgartirish uchun
xizmat qiluvchi–trans’ozitsiyalovchi tayanchlar;
9
2. XY-ni tarmoqlash uchun xizmat qiluvchi–tarmoqlovchi tayanchlar;
3. XY-ni daryolar, daralar kabilar ustidan kesib o’tish uchun xizmat
qiluvchi–utkazuvchi tayanchlar.
Trans’ozitsiya 110 kV dan yuqori kuchlanishdagi va 100 km dan
uzun XY-da barcha uchala fazalarning sig’im va induktivliklarini bir xil
qilish maqsadida qo’llaniladi. Bunda tayanchlarda o’tkazgichlarning
o’zaro joylashuvi ketma-ket ravishda almashtiriladi.
4-rasm. Bir zanjirli elektr uzatish yo’li o’tkazgichlarini
trans’ozitsiyalash tsikli
Tayanchlarda o’tkazgichlarning keng foydalaniluvchi joylashuv
usullari 3-rasmda tasvirlangan. Uchburchak ko’rinishida joylashuv (a-
rasm) 20 kV gacha hamda 35-330 kV kuchlanishdagi bir zanjirli metall va
temirbeton tayanchli XY-da foydalaniladi. O’tkazgichlarning gorizontal
joylashuvi (b-rasm) 35-220 kV kuchlanishdagi yog’och tayanchli va 330
kV kuchlanishdagi XY-da foydalaniladi. Bu usulda joylashuv tayanchlarni
nisbatan ‘astroq ko’rish imkonini beradi va muz qatlamlari ‘aydo
bo’lganda hamda simlar silkinganda ularni chalkashish ehtimolini
kamaytiradi. Ikki zanjirla XY-da o’tkazgichlarning teskari archa usulida
joylashuvi montaj qilish sharoitlari bo’yicha qulaydir (v-rasm), lekin
bunda ikkita tross osishga to’g’ri keladi va tayanchlarning og’irligi ortadi.
Ikki zanjirli XY-da o’tkazgichlarning bochka usulida joylashuvi eng
iqtisodiy va shu sababli keng qo’llaniladi (g-rasm).
10
5-rasm. O’tkazgichlar va trosslarning tayanchlarda joylashuvi.
a-uchburchak uchlarida joylashuv; b-gorizontal joylashuv; v-teskari archa
usulida joylashuv; g-bochka usulida joylashuv.
Mamlakitimizda yog’och tayanchlar 110 kV gacha bo’lgan
kuchlanishdagi XY-larida foydalaniladi. Ularning afzalliklari–arzonlik va
tayyorlashning soddaligi, kamchiligi –chirish xususiyatining mavjudligi
35 kV va undan yuqori kuchlanishdagi XY-larida foydalaniluvchi
metall tayanchlar uchun ko’’gina miqdorda metall talab etiladi va ularni
korroziyadan himoyalash uchun bo’yab turish lozim. Metall tayanchlar
temirbeton fundametlarga o’rnatiladi (4-rasm). Bunday tayanchlar
konstruktiv tayyorlanishi bo’yicha–minorali yoki bir ustunli (a-rasm) va
‘ortal (b-rasm), fundamentga mahkamlanish usuli bo’yicha esa–erkin
joylashgan (a-rasm) va tortmali (v-rasm) tayanchlarga bo’linadi. Anker
ti’dagi metall tayanchlar oraliq tayanchlardan mustahkamligi va
tirsaklarining uzunlagi bilan farq qiladi
6-rasm. Metall tayanchlarni tuzilishi
Temirbeton tayanchlar yog’och tayanchlarga nisbatan mustahkam va
uzoq chidamli, metall tayanchlarga nisbatan xizmat ko’rsatish uchun
soddadir. SHu sababli ular 500 kV-gacha kuchlanishdagi XY-larida keng
qo’llaniladi.
XY-ning izolyatorlari
Izolyatorlar XY hamda elektr stantsiyalari va ‘odstantsiyalari
taqsimlovchi qurilmalarini izolyatsiyalash va mahkamlash uchun xizmat
qiladi. ular so’ol yoki toblangan shishadan yasaladi. Tuzilishi bo’yicha
izolyatorlar shtirli va osma izolyatorlarga bulinadi.
SHtirli izolyatorlar 10 kV-gacha kuchlanishli XY-da foydalaniladi
(a-rasm). Izolyatorlarni shartli belgilanishidagi xarflar va sonlar
quyidagilarni bildiradi: SH–shtirli; F–chinnidan yasalgan; S–shishadan
11
yasalgan; son–nominal kuchlanish,kV; so’nggi xarf (A, B, V) –
izolyatorning tuzilish sinfi.
a) b)
7-rasm. SHtirli va osma izolyatorlar.
a) 6-10 kV uchun muljallangan shtirli izolyator; b) liko’chasimon osma
izolyator.
Tarelkasimon osma izolyator 35 kV va undan yuqori kuchlanishli
XY-larida keng qo’llaniladi. Osma izolyatorlar so’ol yoki shishadan
yasaluvchi izolyatsiyalovchi qism 1 va metall qism–sha’ka 2 va sterjen 3
hamda izolyatsiyalovchi qism bilan tutashtiruvchi tsement bog’lamasidan
tashkil to’gan. Bu ti’dagi izolyatorning shartli belgilanishidagi xarf va
sonlar quyidagilarni bildiradi:
‘–osma; F –chinni yoki shishadan tayyorlangan; G–ifloslangan
tumanlar uchun; son–izolyator sinfi; A, B, V – izolyatorning tuzilish sinfi.
Osma izolyatorlar oralik tayanchlarda tutib turuvchi va anker
tayanchlarda
tortib
turuvchi
shodalarga
yig’ilgan
ko’rinishda
foydalaniladi. SHodadagi izolyatorar soni XY-ning kuchlanishi bog’liq
holda aniqlanadi. Metall va temirbeton tayanchli XY-larining tutib
turuvchi shodalarida 35 kV - 3 ta; 110 kV – 6-8; 220 kV – 10-14;
XY ning armaturalari
XY-da o’tkazgichlarni izolyatorlarga va izolyatorlarni tayanchlargi
mahkamlash uchun xizmat qiluvchi armaturalar quyidagi asosiy turlarga
bulinadi:
1. o’tkazgichlarni osma izolyatorlar shodasiga mahkamlash uchun
xizmat qiluvchi qisqichlar;
2. izolyatorlar shodalarini tayanchlarga va ularni o’zaro ketma-ket osish
uchun xizmat qiluvchi ulovchi armaturalar;
3. osilish oraliqlarida o’tkazgichlar va trosslarni ulash uchun xizmat
qiluvchi tutashtirgichlar.
12
H a v o e l ye k t r u z a t i sh l i n i ya l a r i
Izolyatorlar
o’tkazgichlar
13
tayanchlar
izolyatorlar
14
Do'stlaringiz bilan baham: |