Pochta orqali xizmat kо‘rsatish maxsus bilim, tajriba, kuch, vaqt va kapitalni talab qiladi. Doimiy
daromad olib turish uchun juda kо‗p odamlarni ishga jalb qilishga tо‗g‗ri keladi. Biznesning ushbu turida
amaldagi buyurtmalar soni juda kam bо‗lishi mumkin. Ish tо‗xtab qolmasligi va daromad olish maqsadida
narxlarni baland qilishga tо‗g‗ri keladi.
Kо‘chma yoki vaqtinchalik savdo tarmog‘i kichik biznesda keng tarqalgan. Ushbu savdo
tarmoqlarida kiyim-kechak, poyabzal, galantereya, parfyumeriya, san‘at asarlari sotiladi. Shuningdek, bu
yerda issiq sosiska, piroglar va boshqa ovqatlar ham sotilishi mumkin. Odatda, bu biznesda joylar qisqa
yoki uzoq muddatga ijaraga olinadi. Bunday savdo tarmoqlari uchun omborxonalarning keragi yо‗q.
Shuning uchun bu savdo tarmoqlarida tez aylanish xususiyatiga xos bо‗lgan va tevarak-atrofdagi
tovarlarga raqobatdosh bо‗lmagan tovarlarni sotish maqsadga muvofiqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |