58
Moliya vazirligi
-qimmatli qog‗ozlarni chiqarish;
-lotereya о‗yinlarini о‗tkazish va boshqalar.
Markaziy bank
-valyuta qiymatliklari bilan operatsiyalar о‗tkazish;
-tijorat banklari ochish va boshqalar.
Ichki
ishlar vazirligi
-ovchilik va sport о‗qotar qurollari va ularga о‗q-dorilar ishlab
chiqarish, tuzatish
va sotish;
-sovuq qurollar ishlab chiqarish va sotish;
-tarkibida narkotik moddalar bо‗lgan ekinlarni ekish, qayta ishlash
va sotish;
-narkotik moddalar tayyorlash, sotish va boshqalar.
Sog‗liqni saqlash vazirligi -farmakologik preparatlar ishlab chiqarish va sotish;
-tibbiy xizmat kо‗rsatish;
-parfyumeriya va kosmetika buyumlari, maishiy kimyo tovarlarini
tayyorlash va boshqalar.
Xalq ta‘limi,
Oliy va о‗rta maxsus
ta‘lim vazirliklari
-sog‗lomlashtirish va bolalar, о‗smirlar hamda yoshlar lagerlarini
tashkil qilish;
-xususiy о‗quv muassasalarini ochish va boshqalar.
О‗zbekiston pochta va
telekommunikatsiyalar
agentligi
Aloqa xizmati kо‗rsatish.
Litsenziya korxonani boshqarishdan manfaatdor bо‗lgan shaxsning ta‘sis hujjatlari nusxasi ilova qilingan
arizasiga qarab beriladi. Kerakli hujjatlar va ariza berilgandan sо‗ng, 30 kun ichida litsenziya berish haqida
qaror qabul qilinadi.
Agar litsenziya berish uchun kerakli qaror qabul qilishda ekspertiza talab qilinsa, bu ekspertizani
vazifasi nazorat qilishdan iborat bо‗lgan davlat organlari amalga oshiradi. Ekspertiza xulosasi olingandan
sо‗ng, 15 kun mobaynida ariza va kerakli hujjatlar topshirilgach, 60 kundan kechiktirmay, qaror qabul
qilinadi. Bunda ekspertiza о‗tkazish uchun ketgan xarajatlarni ariza beruvchi tо‗laydi.
Litsenziya ikki nusxada bо‗lib, hujjatt berishga javobgar shaxs tomonidan qо‗l qо‗yilib, berayotgan
organning muhri bosilib, bir nusxada ariza beruvchiga topshiriladi.
Litsenziyada quyidagilar kо‗rsatilgan bо‗ladi:
- litsenziya berayotgan
muassasa nomi;
- yuridik shaxsning nomi va manzili yoki tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan shaxsning
ismi-sharifi,
turar joyi;
- litsenziya berilayotgan faoliyat turi;
- faoliyatni amalga oshirish
qoidalari va shart-sharoitlari;
- litsenziyaning rо‗yxat raqami, berilgan vaqti va muddati.
Agar tadbirkor ruxsat etilgan faoliyatni amalga oshirishda litsenziyada belgilangan qonun-
qoidalarni yoki amaldagi qonunlarni buzsa, shuningdek, aholi hayotiga xavf-xatar keltiruvchi faoliyat
bilan shug‗ullansa, u holda litsenziya bergan muassasa tadbirkorni litsenziyadan foydalanish huquqidan
mahrum qilishga haqlidir.
Agar tadbirkorlik faoliyati tugatilsa yoki tadbirkor litsenziyadan foydalanish huquqidan mahrum
qilinsa, u holda litsenziya litsenziya bergan muassasa tomonidan olib qо‗yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: