57
- soliq organidan rо‗yxatdan о‗tganligi haqidagi ma‘lumot-noma.
Shundan sо‗ng bank muassasasi arizachiga hisob raqami ochadi, uning raqamini korxona
Nizomining asl nusxasiga yozadi va bosh hisobchining imzosi qо‗yilib, bankning gerbli muhr i
bosiladi.
Davlat rо‗yxatidan о‗tgandan keyin barcha tabdirkorlik subyektlari soliq organiga rо‗yxat
(identifikatsiya) raqami olish uchun davlat rо‗yxatidan о‗tgan vaqtdan e‘tiboran 10 kun mobaynida
murojaat qilishlari lozim.
Soliq tо‗lovchining identifikatsiya raqami soliq tо‗lovchilar-ga, yuridik shaxslarga soliq
organi tomonidan xо‗jalik yurituvchi subyektlarni rо‗yxatdan о‗tish shaklini tо‗ldirgan ma‘lumotlar
asosida beriladi.
Davlat soliq inspeksiyasida tadbirkorlik subyektlari ni rо‗yxatdan о‗tkazish bir marta amalga
oshiriladi va tadbirkorlik faoliyatini tо‗xtashi munosabati bilangina bekor qilinadi.
Tadbirkorlik subyektlari о‗z identifikatsiya raqamini О‗z-bekistan Respublikasi Soliq
Kodeksiga muvofiq qо‗llanila-digan barcha hujjatlarda kо‗rsatishi shart.
Yangi korxonani tashkil etishning yakunlovchi bosqichida ishtirokchilar о‗z omonatlarini
tо‗laligicha kiritadi (rо‗yxatdan о‗tgandan keyin bir yildan kechikmaslik kerak), bankda doimiy
hisob raqamini ochadi, korxona tuman soliq inspeksiyasida rо‗yxatga olinadi, о‗zining dumaloq
muhri va burchakli shtampiga ega bо‗ladi. Shu vaqtdan boshlab korxona mustaqil yuridik shaxs
sifatida faoliyat kо‗rsata boshlaydi.
Agar korxona aksiyadorlik jamiyati sifatida shakllanayotgan bо‗lsa, uning ta‘sischilari
aksiyalarni sotib olish uchun unga obuna bо‗lishi lozim. Aksiyalarni sotib olish uchun obuna
ochiq bо‗lganda ta‘sischilar kelajakda aksiyalarga obuna bо‗lish haqida xabarnoma chiqaradi.
Xabarnomada aksiyadorlik jamiyatining predmeti, maqsadi va muddati, ta‘sis majlisining vaqti,
Nizom jamg‗armasining hajmi, aksiyalarning miqdori va turi, ular-ning qiymati, aksiyalarga
yozilish muddati va boshqa ma‘lumotlar kо‗rsatilgan bо‗ladi. Aksiyaga obuna bо‗lganlar ta‘sis
majlisi bо‗lgan kuniga qadar aksiyalar qiymatining 30%ini kiritishi lozim. Agar aksiyalar
ta‘sischilar о‗rtasida bо‗linadigan bо‗lsa, badal miqdori 50%dan kam bо‗lmasligi lozim.
Aksiyador barcha aksiyalarni aksiyadorlik jamiyatini rо‗yxatdan о‗tkazgandan sо‗ng bir yildan
kechik-tirmasdan sotib olishi lozim.
Keyin ta‘sis majlisi о‗tkaziladi. U quyidagi masalalarni hal etishi kerak:
- aksiyadorlik jamiyatini tuzish;
- aksiyadorlik jamiyati nizomini tasdiqlash;
- aksiyalarga obuna tugagandan sо‗ng nizom jamg‗armasi miqdorini aniqlash;
- aksiyadorlik jamiyati boshqaruv organini saylash;
- jamiyatnin faoliyat yо‗nalishlarini belgilash va boshqalar.
Ta‘sis majlisi muvaffaqiyatli о‗tkazilgandan keyin yangi tashkil qilingan aksiyadorlik jamiyati
rо‗yxatdan о‗tkaziladi va rо‗yxatdan о‗tkazilgan jamiyat о‗z faoliyatini yuritishga kirishadi.
Litsenziya beruvchi organlar 6-jadvalda keltirilgan.
Tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bilan shug‗ullanish uchun davlat tomonidan vakil qilingan
organlardan litsenziya olgandan keyingina ijozat beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: