49
gigantlariga qudratli raqobatni tashkil qiladilar, ular shubhasiz о‗zlari -ning kichik sheriklarisiz
butun jahonga mashxur bо‗la olmasdi-lar. Yaponiyada katta korporatsiyalar mahsulotlarining
deyarli 40% kichik korxonalardan iborat bо‗lgan subpudratchilar tomonidan bajariladi.
AQSH iqtisodchilari va tadbirkorlarining fikricha, yirik korporatsiyalar iqtisodiyotining
suyagidir, uning muskullari esa, katta biznesni harakatga keltiruvchi kichik kompaniyalardir. Ma-salan,
«Djeneral elektrik» kompaniyasi asosan kichik korxonalar bо‗lgan subpudratchilarning 45 mingta
firmalari bilan bog‗langan.
Shunday qilib, har qanday mamlakatning iqtisodiy salohiyatida kichik biznesning roli g‗oyatda
kattadir. Boshqacha qilib aytganda, u davlatning muvaffaqiyatli rivojlanishi va gullab-yashnashining
garovidir. Shuning uchun О‗zbekistonda kichik biznes, yakka tartibdagi tadbirkorlik, fermer va dehqon
xо‗jaliklari rivojlanishini rag‗batlantirishga katta e‘tibor qaratilgan.
Shunday ekan, kichik korxonalarning roli va ahamiyati nimadan iborat? Bular, qisqacha
aytadigan bо‗lsak, quyidagi omillarda namoyon bо‗ladi:
- kichik korxonalar bozorning tovarlar va xizmatlar bilan tez tо‗ldirilishiga yordam
beradilar, ichki bozorni shaxsiy ishlab chiqarilgan tovarlar bilan boyitadi;
- kichik korxonalar yengil va oziq-ovqat sanoatining salmo-g‗ini
oshirib, mamlakatni xom
ashyo yoki yarim tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishga yо‗nalganlik holatidan chiqarib, iqtiso-
diyotni tarkibiy qayta qurishga faol ta‘sir qiladi;
- kichik korxonalar, iqtisodiyotning dvigateli bо‗lgani hol-da, sohaviy va mintaqaviy
yakka hokimlikni bartaraf qilishga, raqobat sohasini kengaytirishga yordam beradi;
- kichik firmalarning faoliyatida ilg‗or, ixcham texnolo-giyalardan foydalanish alohida о‗rin
tutadi, zero, bu ilmiy-texnik taraqqiyotning muhim yо‗nalishlardan biridir;
- kichik korxonalar eksportga mо‗ljallangan va raqobat -bardosh mahsulotlarni ishlab
chiqarish bilan shug‗ullanib, mamlakatning eksport salohiyatini oshiradi;
- mahalliy idoralarning iqtisodiy bazasini mustahkamlash, qishloq aholi punktlari, kichik
shaharlarning rivojlanishiga ta‘sir kо‗rsatishda ularning roli kattadir;
- kichik korxonalar unutilgan, an‘anaviy xalq amaliy san‘ati, badii y hunarmandchilikning
tiklanishiga kо‗maklashadi, bu nafaqat iqtisodiyot, balki xalq madaniy merosini tiklashda
g‗oyatda muhimdir;
- kichik korxonalar kо‗pincha yirik korxonalarni butlovchi detallar va qismlar bilan
ta‘minlab, ularning yо‗ldoshi bо‗la-di, bu yirik va kichik biznes manfaatlarini
birlashtirishning samarali usuli bо‗ladi;
- kichik korxonalarda pensionerrlar, nogironlar, yoshlar, tala balar, uy bekalarining
mehnat qilish imkoniyati bor, bu esa ularning moddiy ahvolining yaxshilanishiga yordam
beradi;
- kichik biznes mehnatni qо‗llash sohasini kengaytirish, ish bilan band bо‗lmagan aholini va
samarasiz ishlovchi korxonalardan ozod bо‗lgan xodimlarni ishga joylashtirish uchun yangi imko-
niyatlar yaratishga, boshqacha qili b aytganda, ishsizlikni kamay-tirishga imkon beradi;
- kichik biznesning rivojlanishi hisobiga xususiy mulkchilik sohasi kengayadi, bu jamiyat va
davlatning tayanchi bо‗lib xizmat qiluvchi о‗rta hollar sinfining shakllanishi, mamlakatda barqa-
rorlikning muhim sharti bо‗lib xizmat qiladi.
Shunday qilib, kichik biznesning rivojlanishi mamlakatning iqtisodiy farovonligini oshirishda
va muhim ijtimoiy muammolarni hal qilishda katta rol о‗ynaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: