47
Kichik firmaning rahbari boshqa har qanday firmalarga qaraganda kо‗proq darajada xо‗jayinlik
tuyg‗usini his qiladi, zero, u yuqori idoralarning buyruqlaridan tо‗laligicha ozod, bu yerda bir
shaxsda mulk egasi, menejer, moliyachi, biznesmen birlashadi. Moddiy va ma‘naviy
muvaffaqiyatni olish maqsadida unumdor mehnat qilish uchun qudratli qо‗shimcha rag‗bat mana
shundan iboratdir.
Kichik korxonalar mahalliy sharoitlar, urf -odatlar, an‘analarga tez moslashish qobiliyatini
namoyon qiladilar. Bu sifatlar kichik biznesga mahalliy aholi uchun an‘anaviy tovarlar ishlab
chiqarish va xizmatlar kо‗rsatish sohasidagi faoliyatini rivojlantirishga imkon beradi. Shuning
uchun ham kichik korxonalar kosibchilik, hunarmandchilik buyumlari, badiiy-dekorativ ashyolar,
uy va qishloq xо‗jaligi asboblari, kurilish detallari, bolalar о‗yinchoqlari, milliy xarakterdagi oziq-
ovqat tovarlari ishlab chiqarish sohasida keng tarqalgan.
Yirik ishlab chiqarishga nisbatan kichik korxonalar о‗zlarini caqlab turish, xizmat kо‗rsatish va
boshqarishga kam xarajat talab qiladilar. Bundan tashqari, ular uchun xarajatlarni tez о‗zini qoplashi,
mablag‗larning jadal aylanishi xarakterlidir. Bularning barchasi tejamkorlik bilan xо‗jalik
yuritishga, foydalilikka erishishga, texnik rivojlanish uchun mablag‗lar jamlashga imkon beradi.
Kichik korxonalarning mehnatni tashkil qilishda mehnat taqsimotining alohida tamoyillarini
yо‗lga quyish, xodim-larning ish sohasida bir-birlarini о‗zaro almashtira olishi ular о‗rtasidagi
ishonchli munosabatlar kabi xususiyatlarini ham ta‘kidlab о‗tish zarur. Ishlab chiqarishning kichik
kо‗lamlari jamoada meyoriy ruhiy sharoitni yaratish, xodimlar qо‗nim-sizllgini kamaytirish,
rahbarlar va bо‗ysunuvchi xodimlar о‗rta-sidagi munosabatlarni demokratik asosda qurish,
tashabbus-korlik, ijodkorlik muhitini yaratish bilan birga har bir jamoa a‘zosining yuqori
mas‘uliyatli faoliyatini yо‗lga qо‗yish imko-nini beradi.
Kichik korxonalarning xо‗jalik faoliyatida barqaror va foyda bilan ishlashga erishish
imkoniyatini beruvchi eng muhim xususiyatlari ana shulardan iboratdir. Ammo bu imkoniyatlar
о‗z-о‗zidan amalga oshadi, kichik biznes gullaydi, tadbirkorlarning hech qanday harakatlarisiz
kengayadi, bu sohada hamma narsa tinch va unda alohida muammolar yо‗q deb hisoblash xato bо‗ladi.
Kichik biznesni rivojlantirish yо‗lida kо‗pgina tо‗siqlar, qiyinchilik bilan hal qilinadigan muammolar
borki, ularni bartaraf qilish uchun anchagina say-harakatlar qilish, doimo izlanishda bо‗lish,
о‗rganish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: