Soliq va mahalliy yig`imlarni to`lash burchi.
Fuqarolarning konstitusiyaviy burchlaridan yana biri ularning qonun yo`li bilan
belgilangan soliqlar va mahalliy yig`imlarni to`lashga majburligidir (51-modda).
Soliqlar yuridik shaxslar va fuqarolarning davlatga to`laydigan majburiy to`lovlari
bo`lib, uning ijtimoiy-iqtisodiy mouiyati va ahamiyati shu jamiyatning ijtimoiy-
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
46
iqtisodiy, siyosiy tizimi, davlatning tabiati va vazifalariga ko`ra belgilanadi. Fuqarolar
to`laydigan soliqlar davlat rivojlanishining turli davrlarida respublika hal qiladigan
masalalarga qarab o`zgarib boradi. Xozirgi davrda fuqarolardan linadigan soliqlarning
turlari qonunlarda ko`rsatilgan. Masalan, «O`zbekiston Respublikasi fuqarolaridan,
ajnabiy fuqarolardan va fuqaroligi bo`lmagan shaxslardan olinadigan daromad solig`i
to`g`risida»gi 1991 yil 15 fevral qonuni va unga kiritilgan qator o`zgartirish va
qo`shimchalar bilan hamda shu qonun asosida 1993 yil 16 fevral qonuni va unga
kiritilgan qator o`zgartirish va qo`shimchalar bilan hamda ana shu qonun asosida 1993
yil 21 mayda qabul qilingan Nizomda ko`rsatilgan qoidalardagi huquq va majburiyatlar
O`zbekistonning doimiy istiqomat joyiga ega bo`lgan va ega bo`lmagan fuqarolar,
ajnabiy fuqaro va fuqaroligi bo`lmagan shaxslarga tegishlidir. Soliq to`lash manbai
shaxslarning pul yoki natura tarzida olgan daromadlari hisoblanadi. Bu soliqlar ish haqi
to`lovlari, mukofotlar va boshqa daromadlardan;
fuqarolarning dehqon xo`jaligini yuritishdan olinadigan daromadlaridan;
O`zbekiston Respublikasida doimiy istiqomat joyiga ega bo`lmagan shaxslarning
O`zbekistondagi manbalardan oladigan daromadlaridan tashkil topadi. Bu soliq va
yig`imlarni undirishni davlat idoralari tomonidan O`zbekiston Davlat soliq qo`mitasi,
moliya vazirligi organlarining o`zini o`zi boshqarish idoralari amalga oshiradi.
Soliqlarni o`z vaqtida to`lamagan, to`lashdan bo`yin tovlagan, daromadini yashirgan va
soliq to`g`risidagi qonunlarni buzgan shaxslar uchun moddiy (jarima to`lash, yashirgan
yoki kamaytirib ko`rsatgan daromadni undirish), ma'muriy (jarima to`lash) va qonunda
ko`rsatilgan hollarda jinoiy javobgarlik ham belgilangan. Shuni qayd etish kerakki,
fuqarolardan undirilgan soliqlar va to`lovlar fuqarolarning extiyojlari uchun xalq
ta'limiga, sog`liqni saqlashga, ijtimoiy yordamning boshqa turlariga sarf etiladi. Soliqlar
va yig`imlar davlatning eng muhim artributlaridan biri bo`lib, u davlat mahkamalarini
saqlash, hokimiyatni mustahkamlash, mudofaa ijtimoiy sohalar: maktablar, shifo
xonalar xodimlarini maosh bilan ta'minlash uchun zarurdir.
[1] Karimov I.A. «Buyuk kelajagimizning huquqiy kafolati». T.,»Sharq», 1993.
27-bet.
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
47
Do'stlaringiz bilan baham: |