Shaxs va davlatning o`zaro majburiyatlari.
Istiqlol sharofati bilan har bir inson hayoti, uning huquqlari va erkinliklari to`la
amalga oshirilishi davlat himosiga olindi. Bu nihoyatda muhim ahamiyatga molik
huquqiy yutuq hisoblanadi. Inson huquqlarini barcha qonuniy vositalar bilan himoya
qilish davlat va jamiyatning burchiga aylandi.
Huquq
va
erkinliklarni
amalga
oshirish
davlatni
va
jamiyatni
demokratlashtirishning ajralmas jihatidir. Bugungi kunda inson huquqlari buzilishiga
olib keluvchi u yoki bu g`oyalar yoxud muayyan kuchlardan xalqimizni himoyalash
davlatimizning ustuvor vazifalari sirasiga kiradi.
Davlat qonun doirasida insonlarga munosib hayot kechirishlari uchun barcha
zarur shart-sharoitlarni yaratib berish tadbirlarini amalga oshiradi. Shuni aytish kerakki,
Sho`ro istibdodi davrida davlat tizimlariga inson qaramligi holati mavjud edi. Ya'ni
shaxsning davlat oldidagi majburiyati shunchalik kuchaytirilgan ediki, shaxs o`z erki
asosida ish olib borish imkoniyati chegaralangan edi. Boshqacha qilib aytganda, inson
davlat uchun yaralgandek edi va davlat oldida inson qadri ko`zga ko`rinmas edi.
Huquqsiz inson erksiz meunat qilishga majbur buladi. U uzidagi iste'dod va qobiliyatni
namoyon etish imkoniyatiga ega bulmaydi.
U erksiz bo’lganligi uchun uziga munosib uayot tarzini yarata olmaydi. Aynan
ana shunday holatlarga chek qo`yish, ya'ni insonning huquqlari va erkinliklari ustidan
davlatning hukmronlik qilishiga yo`l qo`ymaslik maqsadida Konstitutsiyada davlat or-
ganlari va mansabdor shaxslarning jamiyat va fuqaro oldidagi majburiyati belgilab
qo`yildi.
Shaxs va davlatning o`zaro munosabatida davlatning o`rni muuim auamiyatga
ega. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaning 2-moddasida shunday deyilgan:
«Davlat xalq irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga xizmat qiladi. Davlat organlari va
mansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolar oldida mas'uldirlar». Ushbu konstitutsiyaviy
qoida Asosiy Qonunimizning eng muhim xususiyati bo`lib, davlat oldida shaxs qadrini
tikladi. Bu qoida mazmuni jamiyat va fuqarolar oldida davlatning javobgarligi qonunan
mustahkamlanganligi va kafolatlanganligini anglatadi.
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
17
Shu bilan birga bu qoidada davlatning ijtimoiy ahamiyatiga e'tibor qaratilib, uning
mohiyati xalq manfaatlari asosiga qurilgan. Konstitutsiyaning bu normasi
Respublikadagi barcha mansabdor shaxslarning mas'ulligini va davlat taraqqiyotidagi
vazifalarini ham belgilaydi. Mansabdor shaxslarning mas'ulligi va ularning javobgarlini
oshirish davlatni mustahkamlaydi va jamiyat hayotida huquq ustuvorligini ta'minlashda
muhim rol o`ynaydi. Davlatning mas'ulligi prinsipi O`zbekistonning konstitutsiyaviy
rivojlanish tarixida ilk marotaba mustahkamlab qo`yildi. Fuqarolar oldida davlat
ma'sulligi belgilab qo`yilishi huquqiy davlatga xos prinsipdir.
Bu prinsip fuqarolik jamiyati uchun ahamiyatga ega bo`lib, mansabdor
shaxslarning tajovuzlaridan himoya qilishning huquqiy kafolati bo`lib xizmat qiladi. Shu
bilan birga jamiyat ishlarini boshqarish hamda shaxsni boshqa shaxslar, organlar va
tashkilotlar o`zboshimchaligidan himoya qilishda davlatning o`rnini mustahkamlaydi.
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining bir jihati alohida diqqatga
sazovorki, unda davlat faoliyatini amalga oshirishning mezonlari belgilangan.
O`zbekiston Konstitutsiyasi 14-moddasidagi qoidaga asosan «Davlat o`z faoliyatini
inson va jamiyat farovonligini ko`zlab, ijtimoiy adolat va qonuniylik prinsiplari asosida
amalga oshiradi». Bu qoidadagi ijtimoiy adolat va qonuniylik mezoni davlatning ikki
qanotidir. Ularni hayotda to`la qaror toptirish nafaqat davlat faoliyatini
mukammalashtiradi, balki shaxs hayotining farovon bo`lishida muhim ahamiyat kasb
etadi.
O`zbekiston Konstitutsiyasining 19-moddasidagi qoidada «O`zbekiston
Respublikasining fuqarosi va davlat bir-biriga nisbatan bo`lgan huquqlari va burchlari
bilan o`zaro bog`liqdirlar. Fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlab
qo`yilgan huquq va erkinliklari daxlsizdir, ulardan sud qarorisiz mahrum etishga yoki
ularni cheklab qo`yishga hech kim haqli emas», deyiladi. Shu bilan davlat fuqarolarning
konstitutsiyada mustahkamlab qo`yilgan huquqlari va erkinliklarini ta'minlaydi. Har bir
fuqaroga o`zining huquq va erkinliklarini sud yo`li bilan himoya etishi kafolatlanadi.
Shuni aytish kerakki, davlat fuqarolarga huquqni in'om etmaydi, balki fuqaro
erkinlik tufayli o`ziga tegishli ajralmas huquqlar majmuidan ongli ravishda va mas'uliyat
bilan foydalanadi. Bu degani huquq va erkinliklar inson tabiatining uzidan kelib chiqadi,
ular insonga tabiiy xosdir.
O`zbekiston davlati xalq manfaatlarini o`zining islohotchilik faoliyatida ayniqsa
himoya qilmoqda. Bozor munosabatlariga o`tish davrida iqtisodiy, siyosiy va
mafkuraviy jarayonlarni boshqarishda beboshlikka yo`l qo`ymaslik, aholining ijtimoiy
jihatidan himoyalanmagan qatlamlarini qo`llab-quvvatlash davlat tomonidan keng
ko`lamda amalga oshirilmoqda. Shaxs va davlatning o`zaro munosabatida shaxsning
o`rnini alohida ko`rsatib o`tish zarur.
O`zbekiston Konstitutsiyasining 20-moddasidagi qoidaga ko`ra, «Fuqarolar o`z
huquq va erkinliklarini amalga oshirishda boshqa shaxslarning, davlat va jamiyatning
qonuniy manfaatlari, huquqlari va erkinliklariga putur yetkazmasligi shart». Bu qoida
bevosita shaxsning jamiyat va davlat oldidagi javobgarligini belgilaydi. Bu qoida
shaxsning konstitutsiyada belgilangan majburiyatlari mohiyatining o`zagini tashkil
qiladi.
Shaxs o`zining konstitutsiyaviy huquq va erkinligini amalga oshirish jarayonida
boshqa shaxslarning huquqlarini ustuvor deb bilib, ularni hurmat qilishlari zarur.
Chunki, fuqarolar o`rtasida teng huquqlilik qonunda belgilab qo`yilgan. Teng
huquqlilik- bu barcha uchun barobar huquqiy imkoniyatdir. Agarda shaxs o`z manfaatini
ustun qo`yib, boshqalarning huquqlarini kamsitsa yoki konstitutsiyaviy qoidalarga zid
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
18
ravishda noqonuniy ishlar orqali o`z shaxsiy manfaatiga erishish yo`lida turli xil
harakatlar qilsa, javobgarlikka tortiladi.
Shaxs shu bilan birgalikda davlat va jamiyatning qonuniy manfaatlari, huquq va
erkinliklariga ham putur yetkazmasligi zarur. Bu Konstitutsiyaning shaxs oldiga
qo`ygan talabidir. Agar biz shu talabning mazmuniga yanada chuqurroq kirib borsak,
shu talabning mohiyati yanada oydinlashadi. Mohiyat esa, shaxs o`z manfaatini davlat
va jamiyat manfaatlari bilan uyg`un va aloqadorlikda deb bilishi lozimligini ko`rsatadi.
Ya'ni davlat va jamiyat huquqi amalga oshirilishida shaxsning faol qatnashuvini
anglatadi. Davlatimiz maqsadi mazmunida barcha fuqarolar va jamiyat manfaatlari
mujassam bo`lib, ularni amalga oshirishda ishtirok etish shaxs manfaatining ro`yobga
chiqishini ham ta'minlaydi.
Shunday ekan, davlat va jamiyatning qonuniy manfaatlari, huquq va erkinliklarini
hurmat qilishni har birimiz yuksak majburiyat sifatida e'tirof etib, buni chuqur anglab
yashash hayotiy burchimizga aylanmog`i kerak.
Shaxs huquqi va erkinligi hamda jamiyat huquqiy manfaatlarining ta'minlanishi,
qonuniy himoyalanishi Konstitusiyada to`la o`zining huquqiy yechimini topgan. Bu
masalaning jamiyat hayotida haqiqiy ifodasini toptirish uchun davlatimiz tomonidan
amaliy ishlar qilinmoqda.
Chunki inson va jamiyat, shaxs va davlatning o`zaro munosabatlari, ularni tabiiy
ravishda uyg`unlashtirish huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini bunyod etishning
asosiy o`zagini tashkil etadi. Inson erki va shaxs kamolotini ta'minlash muhim vazifa.
Mamlakatimiz hayotida 1997 yil-«Inson manfaatlari yili», 1998 yil-«Oila yili»,
1999 yil-«Ayollar yili», 2000 yil- «Sog`lom avlod yili», 2001 yil –«Onalar va bolalar
yili» deb e'lon qilinishi va bu yo`nalishlarda davlat dasturlarining ishlab chiqib hayotga
tadbiq etilishi shaxsning har tomonlama yetuk, komil inson qilib tarbiyalash hamda
Konstitutsiya va qonunlarda belgilangan shaxsning huquqi va erkinliklarini amalga
oshirish uchun huquqiy ma'naviy muhit yaratishga qaratilgan.
Shaxs o`zini naqadar chinakam inson his etishi, o`z mehnatining, o`z taqdirining,
o`z mamlakatining egasi bo`lishi muhimdir. Shuning uchun jamiyatni isloh qilish va
yangilash markazida inson, suveren O`zbekistonning fuqarosi turadi. Islom Karimov bu
borada shunday degan edi,-«Islohotlarning mazmuni ayni har bir fuqaro o`z qobiliyatini,
o`z iste'dodini namoyon etishga, shaxs sifatida o`zini ko`rsatish imkoniyatiga ega
bo`lishga qaratilgan. Siyosiy va ijtimoiy hayotdagi barcha o`zgarishlar ayni mana shu
oliy maqsadga erishishga-har bir kishining hayotini yaxshiroq, munosibroq, ma'naviy
jihatdan boyroq qilishga bo`ysindirilgan» (O`zbekiston buyuk kelajak sari. T.
O`zbekiston, 1998y. 396b).
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
19
Do'stlaringiz bilan baham: |