Shomaksudova, M. Israil \ oav da yozma matn. Nutq va munozara



Download 4,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/220
Sana30.12.2021
Hajmi4,69 Mb.
#95948
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   220
Bog'liq
OAV da yozma matn. Nutq va munozara. Shomaksudova S, Israil M

2-qoida. Nimani gapirishni bilish
Bir  qarashda  bu  savol  juda  sodda  tuyuladi.  Lekin,  o‘ylab  qarasak,  matn 
yaratish  jarayonida  soatlab  kompyuter  ro‘parasida  hech  narsani  yoza  olmay 
o’tirgan  paytlarimiz bo‘ladi.  Ko'pincha  bimday  holatda  “ilhom  kelmayapti”  deb 
bahona  qilamiz.  Aslini  olganda  bunga  materialning  yetishmasligi,  bilim  yoki 
fikrlaming kamligi,  nimani  gapirishimizni  aniq  tasawur  qila  olmasligimiz  sabab 
bo‘ladi.  Balki  siz  o‘z miyangizda  g‘oyalarni  yaxshi  pishitmagandirsiz?  Siz nima 
haqida  o'ylayotganingiz  to‘g‘risida  aniq  tasawurga  ega  emassiz?  Qo‘yayotgan 
savollaringiz qay darajada o‘rinli ekanligini o‘zingiz ham bilmaysiz. Balki, masala 
ustida  yetarlicha  tadqiqot  olib  bormagandirsiz?  Materialni  aniq  tasawur  qila 
olmasangiz uni qog'ozgatushurish ham murakkab jarayonga aylanadi.
71


Ba’zida  fikrlarimizni  yozishdan  ko‘ra  og‘zaki  ifodalashimiz  osonroq 
kechadi.  Og'zaki  nutq  jarayonida  tinglovchi  ma’lumotni  anglab  olishga 
ulgurmasdan  yo‘l  qc/yilgan  xatolami  darrov tuzatish  mumkin.  Do‘stlarimiz bizni 
hurmat  qilib  gaplarimizni  oxirigaeha  tinglashi  mumkin.  Lekin  o‘quvchi  yozma 
nutqimizni о‘qish jarayonida imga qiziqarli bo‘lmasa shu zahoti oqislmi to‘xtadi.
.1-qoida.  Fikrlarni jamlab olish 
Rejasiz  yozish  reja  bilan  yozishdan  ko‘ra  ancha  mushkul.  Lekin  bunday 
yozish ham mumkin.  Rejasiz yozishni boshlaganda ko‘p bora qayta ко'rib chiqish 
va  matnni  to‘g‘irlashga  tayyor  bo‘lishingiz kerak.  Reklama  matnimi  yoki  jumal 
maqolasi  bo'ladimi,  uni  yaratishdan  oldin  tuzulishi  (strukturasi)ni  aniqlab  olish 
kam mashaqqatli, puxta o'yhmgan va samarali usul hisoblanadi.
Mediamuloqotning  ba’zi  turlari  o ‘z  ichki  shakliga  ega  bo‘lib  o‘ziga  xos 
shablon  (qolip)  vazifasini  bajara  oladi.  Bunga  gazeta  press-reliz  yoki  reklama 
shakllari misol bo‘la oladi.
Hamma  materialui  yozib  olgandan  so‘ng  yozuvchi  uni  miyasida  tahlil 
qilishni  boshlaydi.  Tahlil  jarayonida  qisqa  fragmentlami  eslab  qolish  mumkin. 
Ammo  uzun  jumlalami  yodda  tutish  mushkul  bo‘ladi.  Shuning  uchun  ba’zi 
yozuvchilar  kalit  so‘zlami  qog‘ozga  tushirib  olib,  so‘ngra  matnni  yozish 
jarayonida  ular  orqali  fikrlarini  qayta jamlab  olishadi.  Ba’zilar  esa  kalit  so‘zlar 
bilan kifoyalanmay fikrlarni to‘liq shaklda yozib olishga harakat qiladilar. Ba’zilar 
matnni kompyuterga kirgizib turli xil  yoMlar bilan tahrir qilishga kirishadilar. Har 
bir  fikmi  alohida-alohida  fayllarga  yozib,  ulami  ketma-ketligini  o‘zgartirish 
jarayonida matn yaratadigan yozuvchilar ham bor.
4-qoida. Auditoriyani o ‘rganish 
Maqola yozish  intemetdan  xabar jo ‘natish  yoki  do‘stlaringizga  multimedia 
orqali xat yozishdan farq qiladi. Maqola auditoriyasi degenda nimani tushunamiz? 
Qanday qilib kim o‘qishi yoki tinglashini  bilmasdan turib matn yaratish mumkin? 
Auditoriyani  o‘rganmasdan  tayyorlagan  materialingiz  tinglovchi,  o‘quvchi  yoki 
tomoshabinga  kerak  yoki  kerak  emasligini  bilmaysiz.  Bu  insonlarga  qanday
72


yondashish,  qanday  leksikadan  foydalanish,  qanday  ohangda  gapirish,  asosiy 
fikrni  qanday  yetkazish  kerakligini  aniqlash  qiyin.  Yumordan  foydalanish 
o‘rinlimi?  Asosiy fikr  tushunarli bo‘la oladimi? Buni  auditoriyani  o'rganmasdan 
turib aniqlash qiyin.  Aynan shuning uchun yirik kompaniyalar bozorga chiqishdan 
oldin  iste’molchini  yaxshilab  o'rganadi.  Shuningdek,  yozuvchi  ham  matn 
yaratishdan  oldin  auditoriyani  yaxshilab  o‘rgangan  bo‘lishi  kerak.  Audtoriyani 
yaxshi oigaivish yaxshi matn yaratishning kaliti hisoblanadi.

Download 4,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish