Matn uslubiy mohiyatiga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi:
ilmiy matn
(tezis, maqola, ma’ruza, annotatsiya, taqrizlar);
badiiy matn
(nasriy va nazmiy asarlar);
65
rasmiy matn
(ma’lumotnoma, qaror, buyruq, tavsifnoma, tavsiyanomalar);
ommabop matn
(maqola, suhbat, tabrik va xitob nutqi matnlari).
Tilshunos olim M. Yo‘ldoshev
matnni hajm va mazmun belgisiga ko‘ra
ikkiga ajratadi:
1.
Hajm belgisiga ko‘ra matn tiplari: a) minimal matn (mikromatn)
b) maksimal matn (makromatn):
2.
Ifoda maqsadi va mazmun belgisiga ko‘ra matn tiplari:
a) hikoya mazmunli matn;
b) tasviriy matn;
d) izoh mazmunli matn;
e) didaktik matn;
g) xabar mazmunli matn;
i) buyrnq mazmunli matn:
j) liissiy ifoda mazmunli matn.
Mikromatn kichik hajmga (hatto, bitta gapdan iborat boigan) ega boigan,
tugal mazmun kasb etgan asardir. Mikromatn deyilganda biror mavzuni yoritishga
bagishlangan qatralar, xalq donishmandligini ifodalaydigan maqol, matal va
aforizmlar, miniatyuralar, hajviy asarlar, nomalar, she’r va she’riy parchalar,
umuman, kichik mavzuni qamrab oluvchi bir necha gaplardan iborat butunlik
tushuniladi. Matnning ichki tomonini mazmun yaxlitligi, tashqi tomonini esa turli
shakldagi boglamalar, sintaktik vositalar birlashtirib turadi. Bunga misol qilib
0 ‘tkir Hoshimovninng “Daftar hoshiyasidagi bitiklar” nomli kitobida berilgan
matnlami keltirishimiz mumkin. Masalan, “Bilimdon” sarlavhali matn: “Hamma
narsani bilaman, deydigan odam hech narsani bilmaydi!” Yoki “Xudbin” nomli
matn: “O'zidan boshqa hammani yomon ko‘radigan odam oxir-oqibat o‘zidan
boshqa hammaning nafratiga yoliqadi.” jumlasidan iborat. Ushbu matn bitta
gapdan tashkil topgan boisa ham tugal fikr berilgan va o'zming mazmun-
mohiyati bilan ajralib turadi. Hatto ushbu matnlarga sarlavha qo‘yilishi matnga
qo‘yiladigan talabga toiiq amal qilinganligidan dalolat beradi Yana ushbu
66
misollarga e’tibomi qaratsak: “Sun’iy yo‘ldosh yaratildiyu sayyoramiz global
teatrga aylandi-qo‘ydi, bu teatrda hamma aktyor, tomoshabin esa yo‘q ”,
“G ildirak oyoq uchun qanday qulaylik yaratgan bo‘lsa, til, nutq, so‘z ham aql
uchun ana shunday vazifalami ado etadi.” Ushbu jumlalarda fikr tugalligi mavjud
bo‘lib, yaxlit matnni yuzaga keltiradi. Mikro (kichik) matn yaxlitligi, bir butunligi
shakl va mazmun, mavzu va muloqot uyg'unligidan yuzaga keladi.
Makromatn - katta hajmga ega boigan yozma matn. U qismlar, boblar,
paragraflardan tashkil topgan boiishi mumkin. Badiiy uslubda hikoya, qissa,
roman, epopeya kabi yirik hajmli asarlar makromatn hisoblanadi. Makromatn
mikromatnlardan tashkil topadi. Eng kichik butunlik abzasga, eng katta butunlik
esa bob (qism yoki fasl)larga to‘g‘ri keladi. Bunday matn tarkibida epigraf,
so‘zboshi (muqaddima), so‘ngso‘z (epilog) kabi yordamchi qismlar ham ishtirok
etishi mumkin. Ular asar mazmuni va g‘oyasiga, shuningdek, mavzuning
tanlanishi va yoritilishiga oid ayrim masalalarga qo'shimcha izoh, sharh bo‘lib
keladi.
Matnning eng kichik birligi (va ko‘rinishi) bo‘lgan abzas ham o‘ziga xos
mazmuniy va tarkibiy qismlar qurilishidan iborat. Bunday mazmuniy-mantiqiy
qismlar odatda kirish, asosiy qism va xulosa munosabatida tarkiblanadi hamda
murakkab sintaktik butunlikni, aloqaviy tugallikni hosil qiladi. Uning mazmuniy
markazini mavzu tashkil etadi.
Maksimal matn tashqi jihatdan turlicha shakllangan bo‘ladi. Masalan,
Husayn Voiz Koshifiyning “Futuwatnomai sultoniy” asari muqaddima, yettita
bobdan iborat Har bir bob esa bir necha fasllardan iborat bo‘lib, ulaming har
birida bobga oid muhim masalalar haqida alohida va chuqur fikr yuritilgan.
Birinchi bob “Futuwatning manbai, mohiyati, tariqat va odob hamda uning
ruknlari haqida”, deb nomlanib, 1-fasli “Futuwatning mazhari (mohiyati) va uning
odobi haqida”, 2-fasli “Tariqatning ma’nosi va unga tegishli narsalar haqida”, 3-
fasli “Tasawufning ma’nosi, uning odobi va raknlar haqida”, 4-fasli “Faqr va
uning odobu arkoni haqida” sarlavhalari bilan berilgan. Ba’zi boblarda o‘ndan
67
ortiq fasllar mavjud bo‘lib, ulaming har binning o‘z nomi va obyekti mavjud.
Bunday holat asaraing mukammalligi va izchilligini ta’minlagan. Har bitta
aytilgan fikr asoslanilgan.
Makromatn mazmuni va qurilishi muayyan qismlar, boblar, ruknlar, fasl
yoki bandlar orqali ayonlashadi. Material mavzu matn qismlari o‘rtasida
munosabat bavositadir - muloqotning umumiy maqsadi va asosiy mavzu talabi
asosida bog‘lanadi.
Matniy muloqotda
Do'stlaringiz bilan baham: |