Shomaksudova, M. Israil \ oav da yozma matn. Nutq va munozara


>   matnning  morfologik  xususiyatlari



Download 4,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/220
Sana30.12.2021
Hajmi4,69 Mb.
#95948
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   220
Bog'liq
OAV da yozma matn. Nutq va munozara. Shomaksudova S, Israil M

>  
matnning  morfologik  xususiyatlari 
(matn  tarkibidagi  so‘zlarga 
qo‘shilgan  turli  morfologik  qo‘shimchalar  matnda  turli  ma’no  bo'yoqlarini 
(hurmat, manmanlik, kesatiq, piching, mensimaslik, chegara, istehzo), muallifning 
voqelikka ijobiy yoki salbiy munosabatini ifodalashga xizmat qiladi),
>  
matnning  sintaktik  xususiyatlari 
(sintaktik  parallelizm,  emotsional 
gap,  ritorik  so‘roq  gap,  inversiya,  ellipsis,  gradatsiya,  antiteza,  farqlash, 
o‘xshatish).
69


Matnni  tarkiblashda  kishi  uni  talqin  etish  hamda  tushunish  yo'llan  va 
usullarini  ham  hisobga  oladi.  Axborot  matni  o‘quvchi  uchun  oson  va  qulay 
boigan  talqin  usuliga  muvofiqlashtiriladi.  Matbuotda  bu  jumalistdan  alohida 
mas’uliyami  talab  qiladi.  Chunki  bu  jarayonda  faqat  grammatika  qonun- 
qoidalarigina  emas,  aloqa  vaziyati  maqsadi  va  mazmunining  fahmlanish 
imkoniyatlariga ham amal qilinadi.
Jumalist  voqelikni  tasvirlashda,  eng  awalo,  uni  qanday  shaklda  berishni 
o‘ylaydi.  Shu ma’noda matn va uning turlari, matn yaratishning asosiy tamoyillari 
va  uning  mukammalligmi  ta’minlashda  asos  bo'ladigan  jihatlar  haqida  bilim  va 
malakaga  ega  bo‘lishi  shart.  Muharrir  uchun  esa,  matn,  uning tarkibiy  qismlari, 
uslubiy-janriy  xususiyatlarini  aniqlash  va  tahrir jarayonida  ularni  e’tiborga  olish 
muhim  sanaladi.  Tahrir  ilmi  va  talimida  matn  tah.lili  va  tahriri:  mavzu  va 
mazmun,  matn  qurilishi  va  qismlarga  bolinishi,  matn  va  nashr  turlari, 
mazmuniy-mantiqiy  birliklar,  ulaming  o‘ziga xos  xususiyatlari  turli  xil  sifatdagi 
xato va nuqsonlami  aniqlash va  bartaraf etish kabilar bilan  bogiiq muammolarga 
alohida e’tibor beriladi. Demak, tahrir ilmi va ta’limi  alohida-alohida til hodisalari 
va  birliklari  xususida  emas,  balki  yaxlit  bir  matn  tuzilishi,  tarkiblanishi, 
lisoniy-uslubiy  unsurlaming  muayyan  bir  mazmun,  maqsadga,  o‘quvchilar 
toifasiga muvofiqlashtirilishi tnuammolari haqida bahs yuritadi.
Samarali matn yaratishning 10 qoidasi:
Samarali  matn  yaratishning  qoidalari  bormi?  Balki  faqat  bittagina  qoida 
bordir?  Yoki  matnni  yozma  ifodalashni  o‘zi  kifoya  qiladimi?  Bu  borada  biz  o‘z 
fikrlarimizni  10 ta qoida asosida ifodalab berishga harakat qildik:
1.  Ko‘p o ‘qish
0 ‘qish  nafaqat  dunyoni  kashf  etish,  balki  til  dunyosiga  kirishga  ham 
yordam  beradi.  Agarda  siz  mikrobiologiya yoki  sirli  qotillik haqidagi  kitobni, yo 
jurnaldan  axborot  matnini,  yoki  bolmasa  fantaziya janridagi  asami  o‘qisangiz, 
asta-sekin  so‘zlar  yordamida  ularning  olamiga  kirib  borasiz.  O'qish  jarayonida 
inson  o‘zi  bilmagan  holatda  tilni  ham  o‘rganadi.  Bu  jarayonda  o‘quvchining
70


nafaqat  so‘z  boyligi,  balki  gap  tuzish  mahorati  ham  oshib  boradi.  Siz  til 
vositalaridan qanday foydalanish kerak yoki kerak emasligini o‘rganasiz.  Bundan 
yaxshi  yoki  yomon  dars  olishingiz  (xulosa  chiqarishingiz)  mumkin.  Bu  jarayon 
sizni  o‘zga olam,  o‘zga vaqtga olib boradi va qalbingizda turli xil  qarama-qarshi 
hissiyotlami  uyg'otadi.  Yozuvchi  so‘zlar  yordamida  bergan  fikrlar  siz  kitobni 
o‘qib  bo‘lib,  yopganingizdan  keyin  ham  sizni  tark  etmaydi.  Qancha  ko‘p 
o‘qiganingiz  sayin  hayotda tajribangiz  oshib  boradi  va tilingiz  yanada  go‘zal  va 
aniq shaklga kira boshlaydi.
Matnnnig “yomon dars” berish holatlari ham mavjud: Mataning yarim betini 
o ‘qib  bo‘lmasingizdan  uyquga  tortadigan  maqolani  birinchi  abzasidan  keyin 
o‘qishga boigan ishtiyoqning so‘nishi bunga sabab bo‘ladi. Lekin bunday holatda 
ham  inson  o‘zi  uchun  nimadir  oladi.  Qanday  qilib  kerak  bo‘lmagan  so‘zlarni 
ishlatmaslikni, o‘z fikrlar ini bunday  shaklda bermaslikni, gap tuzishdagi  xatolarga 
y o i qo‘ymaslikni anglab oladi.
Tasawur  qilib  ко‘ring,  musiqachi  bo‘lishni  istagan  inson  umuman 
musiqa  eshitmasa musiqa  ijod  qila  olmaydi.  Xuddi  shunday,  yozuvchi  bo‘lishni 
xohlagan inson o‘ qishni xush ko'rmasligmi tasawur qilib bo‘lmaydi.

Download 4,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish