gazeta sarlavhalari ham matnlami nomlash orqali bir-biridan farqlashga xizmat
qiladi.
Sarlavha matndan oldin o ‘qiladi. 0 ‘quvchiga
zamr axborotni topishga, eng
muhim va qiziqarlisini tanlab olishga yordam beradi. Gazetaning biror sonini
qo'lga olgan o'quvchi dastlab undagi sarlavhalami nazardan o‘tkazadi. Gazetxon
sarlavhalar bilan tanishish natijasida olgan taassuroti bo'yicha o‘zining
qiziqishidan kelib chiqib biror axborotni o‘qishga kirishadi.
Farqlash vazifasi ma’lum bir matiming sarlavhasi bilan bevosita bog‘liq
bo‘lmay, bu, odatda, gazetaning ma’lnm sonida berilgan barcha sarlavhalar
asosida, ulami o‘zaro qiyoslaganda aniq bilinadi. Shu jihatdan gazeta ruknlarini
kitobchilikda qism yoki boblarga qo‘yiladigan sarlavhalarga qiyoslash mumkin.
Ruknlaming asosiy vazifalaridan biri ham ma’lum soha yoki mavzuga oid
axborotlarni guruhlash, boshqalardan farqlash sanaladi. Sarlavhalaming farqlash,
chegaralash vazifasi o‘quvchini jalb etish vazifasi bilan chambarchas bog‘liq
bo‘ladi va bu ulaming axborot berish xususiyatidan kelib chiqadi.
Xabar berish vazifasi: Sarlavha maqola yoki xabaming mazmuni bilan
bogiiq bo‘lganligi sababli unda axboriylik (informativlik), ya’ni xabar berish
vazifasi ham namoyon bo'ladi. Bu vazifa atab qolmasdan matn haqida ozgina
bolsa-da, xabar beradi. Bu ma’lumot esa turli shakl va ko‘rinishlarda bo‘ladi:
“Sud jarayoni boshlandi”, “Sholi ekish boshlandi”, “Prezident elchilami qabul
qildi”, “Tashriflar yakuniga bag‘ishlandi” kabi sarlavhalardan ayon bir xabar
anglashiladi.
Reklama qilish vazifasi: Gazeta sarlavhalariga xos bo‘lgan yana bir
xususiyat reklama vazifasini o‘tash hisoblanadi. Bunda sarlavha alohida vositalar
yordamida o‘quvchini qiziqtiradi, uning e’tiborini tortadi. Har qanday maqolaning
sarlavhasi matn mazmunini ifodalash bilan birgalikda, o'sha maqolani o‘qishga
gazetxonni chaqirishi ham kerak. Reklama qilish vazifasi oshkora yoki' pinhona
ifodalanishi mumkin. Ba’zi sarlavhalarda bu vazifa asosiy sanaladi, boshqasida
yordamchi vazifani o‘taydi. Ular ko‘pincha g'ayrioddiyligi, tasodifiyligi,
31
xabardagi asosiy fikr va voqea-hodisani aniq ko‘rsatmasligi, iekin shunga ishora
qilish bilan ajralib turadi. Misol uchun: “Ko‘ngil ko‘chalari” gazetasida
“SPIDning narxi qancha?” nomli maqola chiqqan. Ushbu maqolaning sarlavhasi
gazetxonda g'ayritabiiy qiziqish uyg‘otadi va uni o‘qishga undaydi. Demak, bu
maqola sarlavhasi o‘z o‘mida reklamalik vazifasiш bajargan desak boiadi Shu
o'rinda ‘‘Nega?” degan savol tug Uadi. Chunki sarlavha SPIDntng ta’rifini, xunuk,
bedavo dard ekanligini tasvirlab rsklama qilish vazifasida kelgan. Sarlavhani
ko‘zdan kechirgan o‘quvchida bir necha savollar paydo boiishi mumkin.
Qayerda? Kim? Nima uchun? kabi va bu bevosita maqolani o‘qishga undaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: