Ekspluatatsiyasi instituti transport vositalari kafedrasi transport vositalarining elektr


Kontaktli o‘t oldirish tizimining ishlash printsipi



Download 4,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/108
Sana30.12.2021
Hajmi4,29 Mb.
#95796
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   108
Bog'liq
TVEJvaET-ММ

Kontaktli o‘t oldirish tizimining ishlash printsipi. O‘t oldirish kaliti 2 ulanganda, tok akkumulatorlar 

batareyasi  1  ning  musbat  qutbi,  o‘t  oldirish  kaliti  2, 

qo‘shimcha  qarshilik  4,  o‘t  oldirish  g‘altag  5  ining 

birlamchi  chulg‘ami  va uzgich kontaktlari 7, 8 (ular tutash 

bo‘lganda) orqali massaga o‘tadi va massadan batareyaning  

manfiy    qutbiga  qaytib    keladi.    Birlamchi  chulg‘amdan 

o‘tayotgan  tok  uning  atrofida  magnit  maydon  hosil  qiladi. 

Maydon kuch chiziqlari  o‘t  oldirish g‘altagining har ikkala 

chulg‘amini kesib  o‘tadi  va  g‘altak  o‘zagi  orqali  tutashadi. 

Aylanayotgan  kulachok  kontaktlarni  uzganda,  birlamchi 

chulg‘amdan  o‘tayotgan  tok  zanjiri  uziladi  va  natijada  u 

hosil  qilgan  magnit  maydon  katta  tezlik  bilan  yo‘qola 

boshlaydi.  Yo‘qolib borayotgan magnit maydon har ikkala 

chulg‘amda  o‘zinduktsiya  EYUK    hosil  qiladi  va 

elektromagnit  induktsiya    qonuniga  asosan  uning  kattaligi 

magnit  maydonning  yo‘qolish  tezligiga  va  chulg‘amlardagi 

o‘ramlar  soniga  to‘g‘ri  proporsional  bo‘ladi.  Natijada, 

o‘ramlar soni juda ko‘p bo‘lgan ikkilamchi chulg‘amda, o‘t 

5.2-rasm. Kontaktli  o‘t oldirish  

tizimining  umumiy  sxemasi 




 

51 


oldirish  shami  elektrodlari  orasidagi  tirqishni  teshib  o‘tishga  yetarli    bo‘lgan,  15000-20000  V  kuchlanish 

induktsiyalanadi va taqsimlagich rotori 11 orqali o‘t oldirilishi lozim bo‘lgan  navbatdagi silindrdagi shamga 

uzatiladi.  YUqori  kuchlanishli  tok  sham  elektrodlari  orasidagi  tirqishdan  uchqun  sifatida  o‘tib,  massa, 

akkumulatorlar batareyasi  va qo‘shimcha qarshilik orqali o‘t oldirish g‘altagiga qaytib keladi. 

  Kontaktlar uzilganda, birlamchi chulg‘amda ham kattaligi 200-400 V ga etadigan, yo‘nalishi birlamchi 

tok  yo‘nalishida  bo‘lgan  va  uning  yo‘qolishiga  qarshilik ko‘rsatadigan  o‘zinduktsiya  EYUKi  hosil  bo‘ladi. 

Bu    EYUKi,  uzgich  kontaktlari  uzilganda,  ular  orasida  kuchli  elektr  yoyini  hosil  qilib  kontaktlarning 

kuyishiga  va  ularning  juda  tez  ishdan  chiqishiga  olib  kelishi  mumkin.  Bu    zararli  jarayonning  oldini  olish 

uchun  uzgich kontaktlariga  parallel  ravishda kondensator 14  ulanadi. Bu  holda  birlamchi chulg‘amda  hosil 

bo‘lgan o‘zinduktsiya EYUK kondensator 14 ni zaryadlaydigan tok hosil qiladi. Keyingi davrda kondensator 

o‘t oldirish g‘altagining birlamchi chulg‘ami, qo‘shimcha qarshilik 4 va akkumulatorlar batareyasi 1 orqali, 

ya’ni  birlamchi  tok  yo‘nalishiga  qarama-qarshi  yo‘nalishda    razryadlanadi.  Shunday  qilib,  uzgich 

kontaktlariga  parallel  ulangan  kondensator,  birinchidan  kontaktlar  orasida  uchqun  hosil  bo‘lishini  deyarli 

bartaraf qilib , kontaktlar ishlash muddatini oshirsa, ikkinchidan birlamchi zanjirdagi tokni va demak, magnit 

maydonni  yo‘qolishini  tezlatish  hisobiga  ikkilamchi  chulg‘amda  induktsiyalanadigan  yuqori  kuchlanishni 

ma’lum darajada orttirishga yordam beradi. 

  Qo‘shimcha  qarshilik  4 dvigatelni ishga  tushirish  vaqtida  o‘t  oldirish  tizimining  me’yorida  ishlashini 

ta’minlash  uchun  xizmat  qiladi.  Bizga  ma’lumki,  starter  ulanganda  (ayniqsa,  qishda)  akkumulatorlar 

batareyasining kuchlanishi belgilangan chegarada, keskin kamayadi. Natijada, akkumulatordan tok iste’mol 

qiluvchi  o‘t  oldirish  g‘altagida  induktsiyalanadigan  yuqori  kuchlanish  qiymati  ham    kamayib  ketadi  va  bu 

silindrlardagi ishchi aralashmani o‘t oldirishda uzilishlarga olib kelishi mumkin. Bu hodisani bartaraf qilish 

maqsadida    starter  ulanishi  bilan  bir  vaqtda  o‘t  oldirish  kaliti  yoki  starter  relesiga  o‘rnatilgan  qo‘shimcha 

kontaktlar  3  ulanib,  qarshilik  4  qisqa  tutashtiriladi.  Shu  tarzda,  dvigatel  starter  yordamida  ishga 

tushirilayotgan  vaqtda,  tok  akkumulatordan  o‘t  oldirish  g‘altagining    birlamchi    chulg‘amiga    qo‘shimcha 

qarshilik  4  orqali  emas,  balki  qo‘shimcha  kontaktlar  orqali  o‘tadi.  Bu  esa  o‘t  oldirish  g‘altagida  talab 

qilingan  darajada  yuqori  kuchlanish  induktsiyalanishini  va  o‘t  oldirish  tizimi-ning  starter  ulangan  vaqtda 

ham ishonchli ishlashini ta’minlaydi. 


Download 4,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish