5.2. O‘t oldirish tizimiga bo‘lgan talablar va uning asosiy ko‘rsatkichlari
Ichki yonuv dvigatellarining ishlash sharoitlariga ko‘ra, o‘t oldirish tizimlari quyidagi asosiy
talablarga javob berishi lozim:
- dvigatelning hamma ish rejimlarida o‘t oldirish shami elektrodlari orasidagi tirqishini teshib o‘tish
uchun yetarli bo‘lgan yuqori kuchlanishni avj oldirish;
- o‘t oldirish shami elektrodlari orasida hosil bo‘ladigan uchqun dvigatelni ishga tushirish jarayonida
va boshqa barcha ish rejimlarida yonilg‘i aralashmasini ishonchli o‘t oldirish uchun yetarli energiyaga ega
bo‘lishi;
- ishchi aralashmaning aniq belgilangan daqiqada o‘t oldirilib, dvigatelning ishlash sharoitiga mos
tushishini ta’minlanish ;
- dvigatelning me’yorida va tejamli ishlashini ta’minlashda alohida o‘rin tutganligi sababli, o‘t
oldirish tizimi hamma qismlarining yuqori ishonchlilik darajasiga ega bo‘lishi ;
- o‘t oldirish shami elektrodlarining yemirilish darajasi belgilangan chegarada bo‘lishi.
Yuqorida keltirilgan talablardan kelib chiqib, o‘t oldirish tizimi quyidagi ko‘rsatkichlar bilan
tavsiflanadi:
avj oldiradigan yuqori (ikkilamchi) kuchlanish, U
max
;
teshib o‘tish kuchlanishi, U
to
;
yuqori kuchlanish bo‘yicha zaxira koeffitsienti, K
z
;
uchqunli razryad parametrlari;
o‘t oldirishni ilgarilatish burchagi ;
yuqori kuchlanishning o‘sish tezligi.
Teshib o‘tish kuchlanishi. O‘t oldirish sham elektrodlari orasidagi tirqishni teshib o‘tadigan
darajadagi qiymatlarga ega bo‘lgan kuchlanishga teshib o‘tish kuchlanishi - U
to
deb ataladi. U Pashen
qonuniga binoan dvigatel silindrlaridagi bosimga va sham elektrodlari orasidagi tirqish kattaligiga to‘g‘ri
proporsional va yonilg‘i aralashmasi haroratiga teskari proporsional bo‘ladi. Bundan tashqari, U
to
yonilg‘i
aralashmasining tarkibiga sham elektrodlari materialiga, shakliga va temperaturasiga, uzatilgan yuqori
kuchlanishli impulsining davomiyligiga va uning qutb ishorasiga va nihoyat dvigatelning ishlash
sharoitlariga ham bog‘liq. Masalan, atrof-muhit harorati past bo‘lganda dvigatelni ishga tushirishda silindr
devorlari va sham elektrodlari sovuq, so‘rilayotgan yonilg‘i aralashmasining temperaturasi past va yaxshi
aralashmagan bo‘ladi. Natijada, siqish taktida aralashma yaxshi qizimaydi va yonilg‘i tomchilarining
5.1-rasm. Dvigatel silindrlaridagi
bosimni, o‘t oldirishni ilgarilatish
burchagiga bog‘liqligi:
1-ertaroq o‘t oldirish; 2 - me’yorida o‘t oldirish;
3- kechroq o‘t oldirish.
A- o‘t oldirish daqiqasi; B - detonatsiya
.
49
bug‘lanishi sust sodir bo‘ladi. SHam elektrodlari orasidagi tirqishga tushgan bunday aralashma, U
to
qiymatini 15-20% ga oshirilishini talab qiladi.
Yangi avtomobillar dastlabki 20 ming kilometr masofani bosib o‘tganda, sham elektrodlari
shaklining o‘zgarishi (chekkalari yumaloqlanishi) hisobiga U
to
qiymati 20-25% ga oshadi. Keyinchalik,
elektrodlar yeyilishi va ular orasidagi tirqish ortishi sababli U
to
sekin-asta oshib boradi. Shuning uchun,
avtomobil har 10-15 ming kilometr yo‘l bosib o‘tganda sham elektrodlari orasidagi tirqishni tekshirib,
zarurat bo‘yicha rostlab turish kerak. U
to
ning eng katta qiymati (12000V) dvigatelni ishga tushirish va
aylanish chastotasini oshirish jarayonida, eng kichik qiymati ( 5000-6000V) esa dvigatel maksimal quvvat
bilan barqarorlashgan rejimda ishlaganda kuzatiladi.
Yuqori kuchlanishning o‘sish tezligi o‘t oldirish tizimining ishonchli ishlashini ta’minlashda katta
ahamiyatga ega. YUqori kuchlanish, teshib o‘tish kuchlanish qiymatiga qanchalik tez erishsa, o‘t oldirish
shami izolyatoridagi qurum orqali isrof bo‘ladigan tok miqdori shunchalik kam bo‘ladi. Hozirgi kunda
qo‘llanilayotgan ko‘pchilik o‘t oldirish tizimlarida yuqori kuchlanishning o‘sish tezligi 250-350 V/mks ga
teng, VAZ-2109 avtomobilidagi yangi elektron o‘t oldirish tizimida uning qiymati 700 V/mks gacha boradi.
Yuqori kuchlanish bo‘yicha zaxira koeffitsienti K
Do'stlaringiz bilan baham: |