ko‗rgazmasi usta U.Jo‗raqulovning shogirdi, u yaratgan Samarqand kulolchilik
maktabining davomchisi sifatida, uning 40 yillik mehnat faoliyatida yaratgan
asarlarini namoyish etadi. U o‗z ishlarida qadimiy Afrosiyob sopollari
namunalarini qayta tiklamoqda. Uning ishlarida qadimiylik va zamonaviylik
uyg‗unlashib ketgan. U o‗zining sirlangan tovoq, shokosa, kosa va boshqa
68
Sirlanmagan terrakota yo‗nalishida ham u ko‗pgina ko‗zalar, ajdarho, riton,
shamdon va boshqa buyumlarni yasagan. Boturov yaratgan asarlar Respublika
miqyosidagi va xorijiy davlatlar tashkil etgan ko‗rgazmalarda muvaffaqiyat bilan
namoyish etilgan.
Haydar Boturov o‗zining kulolchilik hunari sirlarini o‗g‗li Boturov
Azamatga ham o‗rgatmoqda. O‗g‗li ham otasining hunarini qunt bilan o‗rganib,
ko‗pgina ko‗rgazmalarda muvaffaqiyatli qatnashmoqda. Ko‗rgazmada uning ham
ishlaridan namunalar namoyishga qo‗yilgan.
Uzoq va murakkab rivojlanish yo‗lini o‗tgan Samarqand kulolchiligi boy
tarixiy qudratga ega. Afsuski, Samarqand sirlangan kulolchiligiga shuhrat keltirgan
an‘analar bugungi kunda unutilgan. Ularni qayta tiklash hozirgi zamon xalq
san‘atining dolzarb vazifalaridan biri hisoblanadi.
Boturov Haydar Samarqand kulolchilik maktabining etuk namoyandasi. U
usta kulol O‗zbekiston xalq rassomi Umar Jo‗raqulov va O‗zbekistonda xizmat
ko‗rsatgan san‘at arbobi Mansur Nosirovning shogirdi. 1967 yildan 1978 yilgacha
Samarqand shahridagi O‗zbekiston badiiy ishlab chiqarish ustaxonasida usta kulol
sifatida faol ishladi. 1978 yildan 2000 yilgacha «Usto» birlashmasida ishladi. 2000
yildan boshlab, o‗zining shaxsiy ustaxonasida ishlarini davom ettirmoqda.
Boturovning ishlarida qadimiy Afrosiyob kulolchiligiga xoslikni ko‗rish mumkin.
U o‗z ishlarida qadimiy Afrosiyob sopollari namunalarini qayta tiklamoqda. Uning
ishlarida qadimiylik va zamonaviylik uyg‗unlashib ketgan. U o‗zining sirlangan
tovoq, shokosa, kosa va boshqa idishlariga Afrosiyobdan topilgan bezakli idishlar
asosida bezak beradi. Sirlanmagan terrakota yo‗nalishida ham u ko‗pgina ko‗zalar,
ajdarho, riton, shamdon va boshqa buyumlarni yasagan.
Uning 40 yillik mehnat faoliyatida yaratgan asarlari Respublika
miqyosidagi
ko‗rgazmalarda
va
xorijiy
davlatlarda
tashkil
etilgan
ekspozitsiyalarda, jumladan, Rossiyaning - Moskva, Sankt - Peterburg,
Hindistonning - Dehli, Daniyaning - Kopengagen, Chexiyaning - Praga,
Yaponiyaning - Tokio, Kioto, Osaka, Kanadaning - Ottava, AQSHning
Vashington, Nyu-York, Turkiyaning-Istambul, Anqara shaharlarida muvaffaqiyat
69
bilan namoyish etilgan. Ustaning ishlari O‗zbekistonning va jahonning ko‗pgina
muzeylarida, jumladan, Parijdagi Luvr muzeyi va shaxsiy kolleksiyalarda
saqlanmoqda.
Boturov Haydar o‗zining kulolchilik hunari sirlarini o‗g‗li Boturov
Azamatga ham o‗rgatmoqda. O‗g‗li ham otasining hunarini qunt bilan o‗rganib,
ko‗pgina ko‗rgazmalarda muvaffaqiyatli qatnashdi. «Kelajak ovozi-2006»da
Respublika bosqichi g‗olibi, «Tashabbus-2008» da shahar bosqichi g‗olibi, 2008
yil Toshkentda o‗tkazilgan «Yosh kulollar» tanlovining oliy darajali diplomi bilan
mukofotlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: