Dekorativ-amaliy san‟at to‟garagi.
Dekorativ-amaliy san‘at to‘garagida o‘quvchilarga naqqoshlik, kulolchilik,
ganch va yog‘och o‘ymakorligi, misgarlik, badiiy kashtachilik kabi hunarlar
o‘rgatiladi. Bunday to‘garaklarga maxsus ma‘lumotga ega bo‘lgan o‘qituvchilar
rahbarlik qiladi. To‘garaklarda o‘quvchilarga o‘zbek, rus, chet el dekorativ san‘ati
elementlari va ularni amalda qo‘llash yo‘llari o‘rgatiladi; ular xalq dekarativ-
amaliy san‘atida ganch, suyak, yog‘och o‘ymakorligi, naqsh chizish, me‘morchilik
asoslari namunalari bilan tanishtirib turiladi. Shuningdek, to‘garak a‘zolari dastur
hajmida rasm, rangtasvir bilan shug‘ullanadilar. Tasviriy san‘at asarlari bilan
tanishadilar. Kasb-hunarga doir mashg‘ulotlarda o‘quvchilar daraxtlarga naqsh
soladilar, barg va gullardan naqshlar tuzadilar, o‘simlik, hayvon va boshqa
narsalarning tasvirini naqsh bilan ishlaydilar.
To‘garak a‘zolarining uy ishlarini muntazam kuzatib boorish sinfdan
tashqari ishlarning muhim shartlaridan biridir. Talabalarning amaliy san‘at
sohasida uyda mustaqil ishlagan ishlarini nazorat qilib turish va tegishli
maslahatlar berish ularning to‘garakdagi faoliyatlariga katta yordam beradi.
75
Pedagogika fanlari doktori, professor S.S.Bulatovning «O‘zbek xalq amaliy
bezak san‘ati» nomli kitobining amaliy san‘at turlari bo‘yicha ilmiy asosda batafsil
bayon etilgan.
Samarqand qurilish va milliy hunarmandchilik kasb-hunar kolleji
talabalariga amaliy san‘at turlaridan so‘rovnoma o‘tkazdik. Uning natijasi
quyidagicha bo‘ldi.
1-jadval
Talabalarlarning aniqlovchi so‘rovnomaga berilgan javoblari haqida.
Darajalar
Tairiba-sinov guruhlar. 100 talaba
Nazorat guruhlari. 100 talaba
Tajriba-sinovning
boshlanishida
Tajriba-
sinovning oxirida
Tajriba-sinovning
boshlanishida
Tajriba-
sinovning oxirida
Yuqori
21 (21)
31 (31)
20 (20)
26 (26)
O‘rta
41 (41)
42 (42)
54 (54)
41 (41)
Past
38 (38)
27 (27)
26 (26)
33 (33)
100 (100%)
100 (100%)
100 (100%)
100 (100%)
O‘tkazilgan tadqiqotimizning natijalarini tahlil qilar ekanmiz shunday
natijalar olindi. talabalarning amaliy san‘at turlari rivojlanishi, o‘sishi tajriba
qilingan guruhda yuqori ko‘rsatkichlar 31% ni, nazorat guruhlaridagi bu
ko‘rsatkich 26%ni tashkil qilganini ko‘rdik. O‘z-o‘zini ko‘rinib turibdiki farqi bir-
biridan 5% tashkil etmoqda. Bu biz taklif qilgan metodikaning to‘g‘ri ekanligini
ko‘rsatib turibdi. Huddi shunday qaraydigan bo‘lsak o‘rtacha ko‘rsatkichlar ham
ancha farqlanganini ko‘rish mumkin bo‘ldi. Past ko‘rsatkichlar esa yuqori va o‘rta
ko‘rsatkichlar hisobiga nazorat guruhlarida anchaga oshgan. Tarjiba-sinov
guruhlarida bu ko‘rsatkichlar sezilarli darajada kamayganligini ko‘rdik. Tajriba-
sinov natijalaridan olgan ma‘lumotlarimiz asosida ishlarni ijobiy baholash uchun
imkoniyat paydo qildi. Bu amaliy sanatga oid mavzuda olib borilgan tajriba-sinov
ishlarimiz natijasi yaxshi bo‘lganligini hamma ko‘rsatkichlarda ko‘rdik.
76
Badiiy kulolchilik ta‘limi davlat ta‘lim standartidan kelib chiqqan holda
tuzilgan namunaviy va ishchi o‘quv rejalari asosida Samarqand Davlat arxitektura
instituti, arxitektura fakulteti ―Kasb ta‘limi‖ tasviriy san‘at va muhandislik
grafikasi ta‘lim yo‘nalishi talabalariga ma‘ruza va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazib
kelinmoqda. Mashg‘ulotlarni o‘z sohasini puxta o‘zlashtirgan malakali rassom-
kulollar Bahrom Berdiyev va Husan Mahammatovlar yuqori saviyada olib
borishmoqda. Ma‘ruza va amaliy mashg‘ulotlar yuqorida ta‘kidlangan va tajriba
sinovdan o‘tgan dasturlar asosida olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |