62
III BOB. Badiiy ta‟limda o‟zbek xalq amaliy san‟atining tutgan o‟rni
3.1. Amaliy san‟at turlarining kadrlar tayyorlashdagi tarbiyaviy ahamiyati.
Ma‘naviy qadriyatlar ustivor ahamiyatni o‗ziga kasb etgan jamiyat
taraqqiyot yo‗lida bo‗ladi.
Jamiyat va davlat o‗zligini anglagan, vatanparvarlik tuyg‗usi bilan millat,
xalq manfaatlari ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy ravnaqi uchun ma‘suliyatli, ilmiy,
ijodiy bilim, kasb-kor ko‗nikmalari, ishbilarmonlik asoslarini egallagan, ruxiy
sog‗lom, jismonan kamol topgan,umuminsoniy va milliy xulq
–
atvor normalarini
o‗z ongi va faoliyatida mujassam etgan ma‘naviy madaniyatli shaxsni tarbiyalab
boriladi.
Badiiy kulolchilik ta‘limini yangilash ishini kulolchilik sohasida sodir
bo‗layotgan o‗zgarishlar mohiyatini anglagan holda, ularga xos xususiyatlarni
hisobga olib amalga oshirish ijodiy kutilgan natijalarni beradi. Bugungi zamon
talabi avvallo, millatimiz badiiy kulolchilik fanida jahonda ijodiy fikrlar bilan
ham-ohong bo‗lgan etakchi yo‗nalishlarni belgilab, bu fanning taraqqiyoti
tendensiyalarini badiiy ijodiy tomonidan asoslashdi. YAngilangan tafakkur mevasi
bo‗lgan tasviriy san‘at tizimida badiiy kulolchilik fanining o‗rni va uni yo‗lga
qo‗yishning badiiy ijodiy asoslari nimalardan iborat bo‗lishi kerak, degan
savollarga to‗g‗ri javoblar kelib chiqadi.Sababi ijtimoyi o‗zgarishlar, badiiy
kulolchilik fanidagi yangilanishlar ta‘limni tashkil etishda aniq aks etishi lozim.
Mavjud ta‘lim tarbiya tizimini tubdan isloh qilish uni zamon talablari
darajasiga ko‘tarish milliy kadrlar tayyorlashning yangi tizimini barpo etish kelajak
uchun barkamol salohiyatli avlodni tarbiyalash - O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining ―Ta‘lim tarbiya va kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilih,
barkamol avlodni voyaga yetkazish to‘g‘risida‖gi farmoni va ―Ta‘lim
to‘g‘risida‖gi Qonuni va ―Kadrlar tayyorlash‖ milliy dasturning negizini tashkil
qiladi.
63
Bu dolzarb vazifalar Prezidentimiz va hukumatimizning doimiy e‘tiborida
bo‘lib boshqa qaror va farmonlarida ham o‘z aksini topmoqda.
Go‘zallikni his qila olishni rivojlantirish yuqori estetik didni shakillantirish,
san‘at asrlarini, tarixiy va me‘moriy yodgorliklarini, ona tabiat go‘zalliklarini,
boyligini tushunish va yuksaltirish maqsadida har bir o‘quv fani imkoniyatidan,
ayniqsa, bilim doirasini kengaytirish uchun xizmat qiladigan va katta tarbiyaviy
kuchga ega bo‘lgan adabiyot, musiqa, tasviriy san‘at, estetika kabi fanlardan
unumli foydalanish kerak.
Ta‘lim tarbiya muassasalarida milliy, badiiy, estetik muhitni tashkil etish,
o‘quv tarbiya samaradorligini oshirishning muhim omillaridan biri hisoblanadi.
Bu albatta, an‘anaviy o‘qitish usullarini qayta ko‘rib chiqqan holda ilmiy
asoslangan zamonaviy o‘quv ma‘lumotlari o‘qitish usullari bilan boyitilgan o‘quv
ma‘lumotlari, o‘quv dasturlari asosida amalgam oshirilmog‘ lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: