Kengashning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:
- ta‘lim muassasasini rivojlantirishning ustuvor yo‗nalishlarini belgilash;
- O‗zbekiston Respublikasi Xalq ta‘limi vazirligi va Qoraqalpog‗iston Respublikasi
Xalq ta‘limi vazirligi, Toshkent shahar xalq ta‘limi bosh boshqarmasi, viloyat xalq ta‘limi
boshqarmalari (bundan buyon matnda hududiy boshqarmalar deb yuritiladi) tomonidan
tavsiya etilgan nomzodlar tarkibidan ta‘lim muassasasi rahbarini saylash;
- ta‘lim muassasasining maqsadlari va vazifalarini hamda ularga erishish rejalarini
tasdiqlash;
- ta‘lim muassasasida amalga oshirilishi belgilangan vazifalarning bajarilishi va
maqsadli ko‗rsatkichlarga erishilishi ustidan nazorat olib borish.
Do'stlaringiz bilan baham: |