2. "Oila-mahalla-ta‘lim muassasasi" hamkorligini amalga oshirish shakllari va
usullari.
Ta‘lim va tarbiya sohasiga oid normativ-huquqiy hujjatlar talablarini samarali
bajarishda oila-mahalla-ta‘lim muassasasi hamkorligini ta‘minlash o‗ziga xos pedagogik
tizim, shakl va uslublarni talab etadi. Chunki bu jarayon farzandlar kamolotida va kelajakda
katta hayot ostonasiga qadam qo‗yishida muhim hamkorlik hisoblanadi. "Oila-mahalla-
ta‘lim muassasasi" hamkorligi shakllari deganda, albatta, oila bilan ta‘lim muassasasini
bog‗lab turuvchi ko‗prik, ya‘ni vosita sifatida mahallani tushunish kerak. Ta‘lim bilan
tarbiya birgalikda olib borilishi kerak bo‗lgan jarayon bo‗lib, unda mahallaning o‗rni katta.
Ya‘ni shakllariga birinchi galda quyidagilar kiritiladi:
1. "Oila-mahalla-ta‘lim muassasasi"ning hamkorlikdagi faoliyati o‗sha jarayonning
shaklini anglatadi. Ular bir-biriga uzviy bog‗liq. Ana o‗sha shaklning ish usullari turli xil
ko‗rinishga ega. Hamkorlikda o‗tkaziladigan tadbirlar har tomonlama puxta, shuningdek,
qatnashchilarning yoshiga mos pedagogik va psixologik jihatdan uyg‗unlashgan, mantiqan
teran, qiziqarli, ko‗rgazmali, ayniqsa ta‘sirchan, ommabop, amaliy jihatdan qisqa va lo‗nda,
estetik jihatdan jozibali bo‗lishi kerak.
2. Hamkorlikda amalga oshiriladigan tadbirlar mahalla xududidagi barcha yoshlar va
turli toifadagi fuqarolarni qamrab olishi hamda ularning qiziqish va intilishlariga mos
bo‗lishi lozim.
3. Hamkorlikda o‗tkaziladigan tadbirlar "Ota-onangga rahmat!", "Odobingga balli!",
"Sog‗ tanda sog‗lom aql", "Qizlar ibosi", "Bir yigitga qirq hunar oz", "O‗g‗lim - posbonim",
"Hayot - ustoz, xalq - muallim", "O‗zbekiston - Vatanim mening!", "Milliy burch va
mas‘uliyat", "Oila etikasi", "Oila tinch - mahalla tinch", "Askarlik - yigitlik maktabi", "Oila
baxti - Vatan baxti", "Sport va oilam", "Oilamiz an‘analari", "Vatan ostonadan boshlanadi",
"Biz kimmiz?" kabi mavzularda bo‗lishi mumkin. Bundan tashqari, turli mavzularda boshqa
tadbirlarni o‗tkazib turish zarur. Masalan, "Namunali oilalar", "Ota - oila ustuni, ona - oila
charog‗boni", "Uch avlod uchrashuvi", "Kasbim - faxrim mening", "Inson va tabiat", "Inson
va salomatlik", "Inson va huquq", "Oila va nikoh", "Oila - muqaddas tushuncha", "Oilaviy
an‘analar", "Mahalla va oila ma‘naviyatining mustahkamligi", "Ota va ona - oila tayanchi",
"Oilada sharqona sadoqat", "Farzand - oila faxri" va shu kabi mavzularda bo‗lishi maqsadga
muvofikdir.
Ota-onalar majlisi, Qizlar klubi, Orasta qizlar to‗garagi, Saxovatli bolalar harakati va
boshqa jamoat tashkilotlari faoliyatidan maqsadli foydalanish "Oila-mahalla-ta‘lim
muassasasi" hamkorligi samaradorligini oshirishga qaratilgan asosiy omillardan hisoblanadi.
Bularning barchasi hamkorlikning shakllanishidir "Oila-mahalla-ta‘lim muassasasi"
hamkorligini amalga oshirish usullari keng qamrovli hisoblanadi. Ta‘lim muassasalari bilan
fuqarolarning o‗zini o‗zi boshqarish organlari qoshida ota-onalarning yosh avlodni
tarbiyalash bo‗yicha huquqiy, ma‘naviy-ahloqiy va fiziologik bilimlarini oshirish maqsadida
tashkil etilgan "Ota-onalar universitetlari"ning hamkorlikdagi faoliyatining talab darajasida
olib borilishi, "Oila-mahalla-ta‘lim muassasasi hamkorligi ishlarining samaradorligini
oshirishga ijobiy ta‘sir ko‗rsatadi.
Ta‘lim muassasalari bilan fuqarolar yig‗inlarida tuzilgan "Ota-onalar universiteti"ning
o‗zaro hamkorligini kuchaytirishga qaratilgan tadbirlarni hayotiy misollar bilan
mustahkamlagan holda munozara, muloqot, uchrashuv, ko‗rik-tanlovlar shaklida
59
o‗tkazilishi, shuningdek, taniqli olimlar, namunali oilalar, iqtidorli, ijodkor ota-onalar va
bolalar, san‘atkorlar, yozuvchi, shoirlarni taklif etish ijobiy samara beradi.
Ta‘lim muassasalari jamoatchilik kengashlari bilan "Ota-onalar universiteti"ning
faoliyati natijadorligini oshirishda quyidagi mavzularni keng qamrab olish mumkin:
- barkamol avlodni tarbiyalashda hamkorlikning ahamiyati;
- yoshlar tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlar;
- sog‗lom va ma‘naviy boy shaxsni tarbiyalashda oilaning o‗rni;
- yoshlarni oilaga psixologik tayyorlash;
muloqot psixologiyasi hamda shaxslararo munosabatlar masalalari;
- bola shaxsini shakllantirishda ota-onaning o‗rni;
- oilada bolani o‗z ishini rejalashtirish va iqtisodiy tejamkorlikka o‗rgatish;
- yoshlarda tabiatga va ekologiyaga munosabatni shakllantirish;
- yoshlarni kasb-hunarga yo‗naltirish;
- oila, o‗smir va qonun hamda boshqalar.
"Oila-mahalla-ta‘lim muassasasi" hamkorligi jamoat kengashi a‘zolari mas‘ulligida
tizimli ravishda profilaktik tadbirlarning amalga oshirilishi voyaga yetmaganlar o‗rtasidagi
nazoratsizlik va qarovsizlik, surunkali dars qoldirish va ma‘naviyatimizga zid bo‗lgan
ma‘naviy taxdidlar, diniy aqidaparastlik va "ommaviy madaniyat"ning salbiy illatlaridan
himoya qilishga qaratilgan hamkorlik ishlarini kuchaytirishda ijobiy natija beradi.
Yosh avlodni tarbiyalashda mahalla va ta‘lim muassasasining o‗zaro hamkorlikdagi
ishtiroki muhim ahamiyatga ega. Xususan, mahallalarda yosh oilalar, kam ta‘minlangan,
noto‗liq yoki boquvchisini yo‗qotgan oilalar bilan ishlash, hulqi og‗ir, voyaga yetmagan
holda pul topish bilan shug‗ullanayotgan yoki turli ishlarga jalb etilgan, muntazam darslarga
qatnashmaydigan farzandlarning ota-onalari bilan suhbatlar o‗tkazib borish, o‗tkaziladigan
turli sayllar, uch avlod uchrashuvi, otalar maktabi, onalar maktabi, ma‘naviyat exsoni kabi
seminar-treninglar, davra suhbatlari, uchrashuvlar tashkil etish muhim ahamiyat kasb etadi.
Fuqarolar yig‗inlari tomonidan ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda farzandlari
tarbiyasi bilan shug‗ullanmaydigan ota-onalar, profilaktik hisobda turgan farzandlar
tarbiyasiga salbiy ta‘sir ko‗rsatuvchi ota-onalar, oila turmush munosabatlari doirasidagi
huquqbuzarliklar sodir etganliklari uchun profilaktik hisobda turganlarni aniqlash hamda
ular bilan profilaktik-tarbiyaviy ishlar olib borish lozim bo‗ladi.
"Oila-mahalla-ta‘lim muassasasi" hamkorligida Jamoat kengashining quyidagi uslubiy
asoslari orqali oila-mahalla-ta‘lim muassasalari hamkorligining samaradorligi va
natijadorligini ta‘minlashga erishish mumkin:
ota-onalarning farzandlar tarbiyasidagi o‗rni, majburiyati, mas‘uliyati va farzandlar
bilan o‗zaro munosabatlarini mustahkamlashga ko‗maklashish;
ta‘lim muassasalaridagi ta‘lim-tarbiya sifatini o‗rganish va ularni yanada
takomillashtirishga oid tadbirlarni amalga oshirish;
qonunchilik talablaridan kelib chiqib ta‘lim muassasalariga yaqin hududlarda alkogolli
va tamaki mahsulotlari sotilishiga yo‗l qo‗ymaslik bo‗yicha jamoatchilik nazoratini
o‗rnatish;
ta‘lim tizimidagi islohotlar haqida ota-onalar va keng jamoatchilikning uzviy
ma‘lumotga ega bo‗lishlarini ta‘minlash;
o‗quvchi-yoshlarning zararli odatlar yo‗liga kirishiga sabab bo‗layotgan omillarga
qarshi manzilli profilaktik tadbirlarni amalga oshirish;
ta‘lim-tarbiya jarayonini hamda ushbu sohaga oid normativ-huquqiy hujjatlarni
takomillashtirish yuzasidan takliflarni belgilangan tartibda tegishli davlat organlariga
kiritish.
60
Barchasini hamkorlikda olib borishda fuqarolar yig‗ini raisi, diniy ma‘rifat va
ma‘naviy-ahloqiy tarbiya masalalari bo‗yicha maslahatchi, ma‘sul kotib, "Mahalla posboni"
jamoat tuzilmasi rahbari, fuqarolar yig‗inlarining tegishli faoliyat yo‗nalishlari bo‗yicha
komissiyalar, ko‗cha boshilar va ta‘lim muassasalarining birgalikda olib borayotgan ishlari
muhim hisoblanadi.
2. Fuqarolar yig‗inlari bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan ishlar:
• voyaga yetmaganlar va yoshlarning ma‘naviy, ahloqiy, huquqiy, estetik, jismoniy,
mehnat tarbiyasida ishtirok etish, ularda sog‗lom turmush tarzini shakllantirishga
ko‗maklashish, ta‘lim-tarbiya jarayonida amalga oshirilishi kerak bo‗lgan masalalarni
muhokama qilishda ta‘lim muassasalari bilan birgalikda qatnashib, oqilona yechimlar
topishda faollik ko‗rsatish, bola huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta‘minlash
bo‗yicha davlat dasturlari va xududiy dasturlarning amalga oshirilishida ishtirok etish;
• voyaga yetmaganlar va yoshlarning hisobini yuritish, 9-sinf bitiruvchilarini kasb-
hunar kollejlari va akademik litseylarga joylashtirish jarayonida ta‘lim muassasalari va ota-
onalarga ko‗maklashish, akademik litsey, kasb-hunar kolleji o‗quvchi-yoshlarini ish bilan
ta‘minlash masalalarini hal etish, ayniqsa, qishloq joylarida ularning mehnat va o‗qish
sharoitlarini yaxshilashga ko‗maklashish, yoshlarni tadbirkorlik faoliyatiga yo‗naltirish;
• vakolatli davlat organlari bilan hamkorlikda voyaga yetmaganlar va yoshlarning
huquqiy bilimlarini oshirish orqali ularni O‗zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va
qonunlariga xurmat ruhida tarbiyalash, ular ongiga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan
keng qamrovli islohotlarning mazmun va mohiyatini chuqur singdirish, ularning
jamiyatdagi yangilanishlar yo‗lini keng qo‗llab-quvvatlashi va ushbu jarayonlardagi ijtimoiy
faolligiga erishishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;
• ota-onalar o‗rtasida ta‘limning uzluksizligi, ta‘limning majburiyligi haqida targ‗ibot-
tashviqot ishlarini olib borish, ta‘lim muassasalari bilan hamkorlikda mashg‗ulotlarga uzrli
sabablarsiz kelmayotgan yoki muntazam ravishda qatnashmayotgan o‗quvchilarni aniqlab,
o‗qishga qaytarishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish, ta‘lim va fuqarolar yig‗ini
tizimidagi yutuqlar va islohotlar haqida ota- onalarning keng ma‘lumotga ega bo‗lishlarini
ta‘minlash, shuningdek, bu borada fuqarolar yig‗inlari qoshidagi "Ota-onalar universitetlari"
faoliyatini kuchaytirish;
• jamoat kengashi va Ota-onalar kengashi bilan birgalikda ta‘lim muassasalaridagi
ta‘lim-tarbiya sifatini o‗rganish va ularni yanada takomillashtirishga doir tadbirlarni amalga
oshirish;
• voyaga yetmaganlar va yoshlar o‗rtasida nazoratsizlik, qarovsizlik, huquqbuzarlik va
boshqa g‗ayriijtimoiy xatti-harakatlarning, "ommaviy madaniyat"ning salbiy ta‘sirlarini
oldini olish hamda bunga imkon tug‗diruvchi sabablar va sharoitlarni aniqlash hamda
bartaraf etish choralarini ko‗rish;
• ichki ishlar organlarining profilaktik hisobida turgan barcha toifadagi shaxslar va
voyaga yetmaganlarning yashash tarzi va xulq-atvorini muntazam ravishda o‗rganib borish,
jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan yoki ixtisoslashtirilgan o‗quv-tarbiya
muassasalaridan qaytib kelgan voyaga yetmaganlar va yoshlarning ijtimoiy-pedagogik
reablitatsiya qilinishi va moslashuviga ko‗maklashish;
• voyaga yetmaganlar va yoshlarning milliy ma‘naviyatimizga zid bo‗lgan salbiy
illatlar hamda turli ekstremistik oqim a‘zolari ta‘siriga tushib qolishlarini oldini olish, ularga
diniy mazhablar va sektalar, aqidaparastlikning salbiy ta‘sirini to‗g‗ri anglab yetishiga ota-
onalar orqali ta‘sir ko‗rsatish, ulug‗ ajdodlarimizning tarbiyaviy o‗gitlarini singdirib
borishga keng jamoatchilikni safarbar qilish;
61
• o‗quvchi-yoshlar orasida turli milliy mentalitetimizga zid bo‗lgan salbiy holatlarning
oldini olish hamda profilaktik nazoratda turuvchi o‗quvchilarni tarbiyalashda ota-onalar,
mahalla, huquq-tartibot idoralari va nodavlat tashkilotlarining hamkorligini kuchaytirish;
• o‗zlarining jamiyatga zid xatti-harakatlari bilan farzandlari tarbiyasiga salbiy ta‘sir
ko‗rsatuvchi yoki ular tarbiyasi bilan shug‗ullanmayotgan ota-onalar, notinch oilalar,
voyaga yetmaganlarni turli huquqbuzarliklar sodir etishga undovchi shaxslar, yoshlar ongini
zaharlab, ularni turli diniy ekstremistik g‗oyalar ta‘siriga tushishlariii ta‘minlash maqsadida
mazkur yo‗nalishdagi tashkilotlarga a‘zo bo‗lishga da‘vat etuvchi shaxslar, yoshlarga
qonunga xilof ravishda diniy ta‘lim beruvchilar, konstitutsiyaviy tuzumga qarshi turli
axborotlarni tarqatuvchi shaxslarni aniqlash hamda ular bilan profilaktik-tarbiyaviy ishlar
olib borishda ichki ishlar organlari bilan hamkorlik qilish;
• voyaga yetmaganlar va yoshlar o‗rtasida ma‘naviy barkamollikni targ‗ib qilish, ularni
mahalla xududida istiqomat qilayotgan taniqli shaxslar, soha mutaxassislari, olim va
san‘atkorlar, ziyolilar imkoniyatlaridan foydalanib fan, madaniyat, san‘at to‗garaklariga jalb
etish;
• fuqarolarning o‗zini o‗zi boshqarish organlari xuzuridagi yoshlar bilan ishlash
komissiyalarining faoliyati samaradorligini yanada oshirish;
• voyaga yetmaganlar va yoshlarni tadbirkorlik faoliyati sub‘ektlariga, shu jumladan
usta-hunarmandlarga biriktirish orqali ularni kasbga yo‗naltirish, ularning tadbirkorlik
qobiliyatini rivojlantirish, bozor iqtisodiyoti tamoyillarini o‗rganishlari va o‗z sohasining
yetuk mutaxassislari bo‗lib yetishishlariga ko‗maklashish;
• voyaga yetmaganlar va yoshlar o‗rtasida sog‗lom turmush tarzini keng targ‗ib qilish,
ularni jismoniy tarbiya va sport bilan shug‗ullanishga keng jalb qilish, sportning ommaviy
va milliy turlarini, xalq o‗yinlarini rivojlantirishga qaratilgan ishlarni tashkil etish;
• voyaga yetmaganlar va yoshlarning tibbiy madaniyatini oshirishga qaratilgan keng
ko‗lamli targ‗ibot ishlarini olib borish, ular o‗rtasida profilaktika, sanitariya-gigiena
tadbirlarining amalga oshirilishiga ko‗maklashish;
• farzandlariga ma‘naviy-ahloqiy tarbiya berishda ijobiy natijalarga erishayotgan,
namunali oilalarni rag‗batlantirish (minnatdorchilik xati yoki e‘lon qilish orqali, ko‗rik-
tanlovlar o‗tkazish) va ularning hayot tajribasini ommalashtirishga qaratilgan tadbirlar
o‗tkazish;
• oila quradigan yoshlarning oila, jamiyat oldidagi burchi va mas‘uliyatini anglab
yetishlari, "mustahkam oila" g‗oyasining amaliy ifodasini ta‘minlash maqsadida targibot-
tashviqot ishlarini olib borish, yigit va qizlarni oila qurishga ruhiy-ma‘naviy jihatdan
tayyorlashga ko‗maklashishda ular bilan mahalladagi faollarning alohida suhbatlashishi,
oilaviy ajrimlarning oldini olish bo‗yicha targ‗ibot ishlarini tashkil etish, oilaning
muqaddasligi va jamiyatning asosiy bo‗g‗ini ekanligini yoshlar ongiga singdirishga
qaratilgan tashviqot ishlarini amalga oshirish (bunda mahalladagi namunali oilalar
tajribasidan foydalanish);
• "Bir bolaga yetti qo‗shni ota-ona" mavzusidagi ma‘naviy- ma‘rifiy tadbirlarning
mazmun-mohiyatini keng targ‗ib etish;
• ta‘lim muassasalari va mahallalarda "Oila - muqaddas tushuncha", "Oilaviy
an‘analar", "Mahalla va oila ma‘naviyatining mustahkamligi", "Ota va ona - oila tayanchi",
"Oilada sharqona sadoqat" mavzularida suhbatlar va savol-javob kechalarini tashkil etish;
• erishilgan yutuqlar, amalga oshirilgan ishlarni ommaviy axborot vositalari (radio,
televidenie, matbuot sahifalari) orqali keng yoritib borish.
Fuqarolar yig‗inlarida "oila - mahalla - ta‘lim muassasasi" hamkorligini quyidagi
tizimga muvofiq amalga oshirish maqsadga muvofiq:
62
3. Ta‘lim muassasalari bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan ishlar:
- ta‘lim muassasalarida ahillik, ijodiy muhit, millatlararo totuvlikni mustahkamlash, bu
maqsadga erishish uchun zaruriy shart- sharoit va imkoniyatlar yaratish;
- ta‘lim muassasalarida "Ichki tartib qoidalari" va "Odob-ahloq qoidalari" talablariga
to‗liq rioya etilishiga erishish;
- ta‘lim berishning ilg‗or pedagogik texnologiyalarni joriy etish, xorijiy tillarni o‗qitish
sifatini oshirish, axborot-kommunikatsiya vositalaridan unumli foydalanish bo‗yicha shart-
sharoitlar yaratish;
- huquqiy tarbiyani doimiy reja asosida o‗quvchi-yoshlar, ota-onalar, mutaxassislar va
jamoatchilikning faol ishtirokida amalga oshirish;
- tarbiya jarayonining barcha ishtirokchilari orasida milliy mafkurani targ‗ib qilish,
aqidaparastlik, diniy ekstremizm va milliy taraqqiyotimizga zararli boshqa g‗oyalarning
kirib kelishiga qarshi murosasiz kurashishni tashkil etish;
- ta‘lim-tarbiya jarayonida turli xil chalg‗ituvchi vositalar (qo‗l telefonlari,
videotasmalar, internet tarmog‗idagi ma‘lumotlar, kompyuterdagi o‗yinlar)ning zararli
oqibatlari haqida doimiy va keng targ‗ibot-tashviqot ishlarini olib borish;
- hozirgi murakkab sharoitda yosh avlod ongi va shuuriga ta‘sir etish uchun
bo‗layotgan ma‘naviy taxdidlarga nisbatan muntazam tarbiya va tegishli mashg‗ulotlar
yordamida mafkuraviy immunitet hosil qilish;
- ta‘lim muassasalarida o‗quvchilarning yoshiga mos ravishda sog‗lom g‗oyalarni,
milliy g‗oya tamoyillarini singdirishga tabaqalashtirilgan holda yondashish va bu faoliyatni
uzluksiz tarzda olib borish;
yoshlarni mustaqil fikrlashga o‗rgatish, ularni vatanparvarlik, milliy istiqlol
g‗oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash;
- o‗quvchi-yoshlarning bo‗sh vaqtlarini to‗g‗ri tashkil etish, ayniqsa sport bilan
shug‗ullanishlari, qiziqishlariga mos bo‗lgan to‗garaklarda shugullanishlari uchun shart-
sharoitlar yaratish;
- o‗quvchi-yoshlarda kitobxonlik, mutolaa madaniyati, badiy adabiyotga muhabbatni
zamon talablarini e‘tiborga olgan holda shakllantirish;
- o‗quvchilarning imkoniyatlari va qiziqishlarini inobatga olib, ularni turli sohalar
bo‗yicha kasb-hunarga yo‗naltirish, ularning biror bir aniq kasb-hunarni egallashi uchun
poydevor yaratish, bunda otalarning rolini kuchaytirish maqsadida "Otalar majlisi"ni
o‗tkazib borish hamda uzluksiz va tizimli yondashishni tashkil etish ( maktabgacha ta‘lim -
umumiy o‗rta ta‘lim - o‗rta mahsus kasb-hunar ta‘limi - oliy ta‘lim);
o‗quvchilarni jamoat ishlarida faol ishtirok etish ko‗nikmalarini shakllantirish orqali
islohotlar va jamiyatni ma‘naviy yangilash jarayonlarining faol ishtirokchisi ruhida
tarbiyalash;
- bola tarbiyasi namunali yo‗lga qo‗yilgan oilalar tajribasini tegishli muassasalar
hamkorligida o‗rganish va ota-onalar majlislarida ommalashtirish tajribasini yo‗lga qo‗yish;
- maktabga (kasb-hunar kollejlari va litseylarga) surunkali kelmaydigan o‗quvchi-
yoshlarni ta‘lim muassasalari va mahalla faollari hamda hamkor Kengashlar yordamida
o‗qishga jalb etish;
- o‗qishni va ishlashni xoxlamaydigan, huquqbuzarlik sodir etishga moyil voyaga
yetmaganlarni ro‗yxatga olib, ularga tegishli tashkilotlar bilan birgalikda zarur choralar
ko‗rib, jamoat kengashida muhokama qilish;
- tarbiyasi og‗ir yoshlar, farzandlar tarbiyasiga bee‘tibor ota- onalar bilan muntazam va
alohida ishlash, ularga pedagogik maslahatlar berib borishni tizimli tashkil etish;
63
- imkoniyati cheklangan bolalarni tuman, shahar tibbiyot-pedagogik komissiyasi orqali
mahsus maktab-internatlarga joylashtirishga ko‗maklashish;
- ota-onasiz qolgan (chin yetim), ota-onalarining qaramog‗idan turli sabablarga ko‗ra
mahrum bo‗lib qolgan bolalarni voyaga yetmaganlar o‗rtasida nazoratsizlik va
huquqbuzarlik profilaktikasi guruhi inspektorlari orqali tegishli "Mehribonlik uylari"ga
joylashtirishga ko‗maklashish;
- o‗quvchilarni milliy qadriyatlarga tayangan holda oilaviy hayotga tayyorlash;
- ta‘lim muassasalarida o‗tkaziladigan barcha tarbiyaviy, ma‘naviy-ma‘rifiy, madaniy-
ommaviy va sport tadbirlarining mahallalar, jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda olib
borilishiga erishish;
- iqtidorli, ijodkor o‗quvchilarni rag‗batlantirish ishlarini mahalla hamkorligida amalga
oshirish;
- bolalarning o‗z o‗quv muassasasi hududini toza, ozoda saqlash va obodonlashtirish
(ta‘lim muassasalari atrofidagi qarovsiz yotgan yerlarda mevali bog‗lar yaratish) ishlariga
jalb etish, hasharlar tashkil etish;
hamkorlikda olib borilgan ijobiy ishlarni ommaviy axborot vositalari orqali keng
yoritib borish va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |